Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü167,5 Kb.
#110697
  1   2
17-ma\'ruza. Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash



Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash
Suyuqlik va gazlar miqdorin o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Vaqt oralig‘i t1 — t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi ifodaga muvofiq bajaradi:
 
bu yerda, Q — vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda mikdori; g — vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi.
Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi.
Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga — porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir.
Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotatsion, porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi.
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va porshenli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 1-rasmda ovalsimon shesternyali hisoblagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.

 


1– rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi
Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternyaning bir marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (1-rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakfti yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya yetaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana yetaklovchi bo‘lib qoladi. Shesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. Shartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ish bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).
G azsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotatsion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi 2-rasmda GKF turidagi diafragmali hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan.
Diafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning ikki kamerasi (I va II) ma’lum sikl bo‘yicha gazga to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6 orqali klapanlar 3—4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlar bekilganda II kameraga o‘tadi.
Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi diafragmani o‘ng tomonga suradi, II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori bir porsiya bo‘lib, teshik 5 orqali sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma’lum oraliqqa kelganda, richag 6 pastki klapanlarni berkitadi. Endi gaz II kameraga yig‘iladi va diafragmani chapga surib I kameradagi gazni teshik 5 orkali sarfga chiqaradi. Diafragma ma’lum oraliqqa surilganda richag 6 endi yuqori klapanlarni yopadi, gaz I kamerada yig‘iladi. Shunday qilib, kameralardan teng miqdoragi gaz porsiyalari ma’lum sikl bo‘yicha sarfga chiqib turadi. Richagning har bir sikldagi harakati hisoblagich 7 ko‘rsatkichida hisoblanib turadi.
Rotatsion hisoblagich (3-rasm). ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga mo‘ljallangan. Bu asbobda o‘lchov 8 raqami ko‘rinishidagi ikkita rotor I yordamida bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Hisoblagichga gaz to‘rli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar hisoblagich kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini k o‘rsatuvchi hisoblash mexanizmi bilan bog‘langan. Hisoblagichning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar orasidagi kamera orqali aniqlanadi.
Rotatsion hisoblagichlar 40...40 000 m3/soat sarfni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi. Ish bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 va 6,4 mPA. Shartli o‘tish diametrlari 50...1200 mm. Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm suv ust. dan oshmaydi.
Suyuqlik miqdorini o‘lchaydigan tezlik hisoblagichlari harakatdagi oqimning o‘rtacha tezligini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
Suyuqlik miqdori oqim harakati tezligi bilan quyidagi nisbat orqali bog‘langan:
Q=vo‘rt·S

Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə