Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati


Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari



Yüklə 93 Kb.
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü93 Kb.
#129793
1   2   3   4   5   6
Ichimlik suvi tarkibi va uning sifatiga qo’yiladigan talablar

Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari.
Suv manbalarining gigiyenik ta’rifi va ulardan foydalanishning asosiy sanitariya qoidalari
Suv manbalari yog‘in suvlari, er osti va ochiq suv havzalariga bo‘linadi. Yog‘in suvlaridan xo‘jalik ehtiyojlari hamda ichish uchun faqat o‘ziga suv manbalari bo‘lmagan joylarda foydalaniladi. Yog‘in suvlari har xil tuzlar kamligi tufayli juda yumshoq bo‘ladi. Atmosfera havosi toza joylarda yog‘in suvlari tarkibida organik moddalar, patogen mikroblar kam uchraydi. Lekin sanoat rivojlangan shaharlarda yog‘in suv tarkibida ko‘p miqdorda har xil kimyoviy birikmalar, organik moddalar, radioaktiv elementlar va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Er osti suvlari. Qor-yomg‘ir suvlari qisman qayta havoga ko‘tariladi, bir qismi ochiq suv havzalariga qo‘shilsa, yana bir qismi g‘ovak yerlar orqali asta-sekin sizilib yerga shimiladi. Suv o‘tkazmaydigan jismlar (loy, granit, yaxlit-yaxlit ohaktoshlar) ning birinchi qatlami ustida to‘plangan suv, yer osti suvlarining birinchi qatlamini hosil qiladi, ana shu suv yer osti suvi deb ataladi.
Mahalliy sharoitlarga qarab yer osti suvlari 1-2 m dan to bir necha o‘n metrgacha qalinlikda bo‘ladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlam qiyaligi bo‘ylab yer osti suvlari balanddan pastga oqadi, tabiiy suzilish jarayonida muallaq zarrachalar va mikroblardan tozalanib, mineral tuzlar bilan boyiydi. Yer osti suvlari tiniq, sal-pal rangli, ular qancha chuqur joylashsa, ularda erigan tuzlar miqdori shuncha oshib boradi. Mayda donali jinslar bilan qoplangan yerlarda 5-6 m chuqurlikdagi yer osti suvlarida deyarli mikroblar bo‘lmaydi.
Tuproq axlat va chiqindilar bilan ifloslangan joylarda yer osti suvlarining kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar bilan zararlanish xavfi tug‘iladi. Tuproq qancha chuqur ifloslansa va yer osti suvlari qancha yuzada bo‘lsa bu xavf shuncha ko‘p bo‘ladi.
Yer osti suvlari gigiyenik talablarga deyarli javob beradigan joylarda shaxta quduqlari va parmatruba quduqlari suvlaridan keng foydalaniladi. Odatda, yer osti suvi kelib turadigan shaxta quduqlaridan bir sutkada 10 dan 10 m3 gacha suv olishi mumkin.
Yer osti suvlari suv o‘tkazmaydigan jinslar qatlami ostidagi sohaga o‘tib ketishi mumkin. Bu uchastkada ular qatlamlararo suvga aylanib, suv o‘tkazmaydigan bo‘shliq bilan suv o‘tkazmaydigan qatlam o‘rtasiga joylashib oladi. Qatlamlararo suvlar 15 m dan bir necha yuz metrgacha chuqurlikda bo‘ladi.
Qatlamlararo suvlar doimiy mineral tarkibga ega. Ular odatda gigiyenik talablarga to‘la javob beradi. Tarkibida tuzi ko‘p, juda qattiq, sho‘r, achchiq-sho‘r, ftor, temir, vodorod sulfid yoki radioaktiv moddalarga boy suvlar ham uchraydi. Qatlamlararo suvlar yer ostida uzoq masofada oqqanligi, usti esa suv o‘tkazmaydigan bir yoki bir necha qatlamlar bilan qoplanganligi tufayli (bu qatlamlar suvni ifloslanishdan saqlab turadi) bakterial jihatdan toza bo‘ladi, uni odatda qaynatmasdan ham ichsa bo‘ladi. Qatlamlararo suvlar doimiy yoki katta (soatiga 1,0 dan 2000 m3 gacha va bundan ortiq) debitga ega bo‘lganligi, shuningdek, sifati yaxshiligi tufayli uncha katta bo‘lmagan va o‘rtacha vodoprovod tarmoqlarini suv bilan ta’minlaydigan eng yaxshi manba hisoblanadi.
Yer osti suvlari yer yuziga o‘z-o‘zidan chiqishi mumkin. Bo’lar bo’loqlardir. Relef tushganda (masalan, tog‘ning yon-bag‘ri, chuqur soylar) yer osti suvi saqlanadigan tegishli qatlam yorilib ketsa, yer yuziga yer osti suvlari ham, qatlamlararo suvlar ham chiqib ketishi mumkin. Ko‘p hollarda bo’loq suvining sifati yaxshi bo‘ladi. Bu bo’loqqa suv kelib turadigan qatlamga va kaptaj (bo’loqni o‘rab turgan inshoot) ning qanday qurilganligiga bog‘liq.
Yer osti suvlaridan foydalanishda ularni ifloslanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

  • Quduq bor joy o‘sha yerning relefidan yuqori va tuproqni ifloslantiradigan manbalardan iloji boricha olisroqda bo‘lishi kerak

  • U botqoqlanib qolmasligi yoki toshib ketmasligi lozim.

  • Quduqdan foydalanishda uning atrofidagi maydon tuprog‘ini ifloslanishdan muhofaza qilish zarur.

  • Quduq yoki kaptaj devori suv o‘tkazmasligi kerak. Er yuzasidagi suvlar suv saqlanadigan qatlamga yoki quduqqa inshootlar devori yaqinidan va shu devor orqali sizib o‘tib ketmasligi uchun quduq devorlarining yuqori qismi atrofiga paxsa kamar qilinadi.

  • Suv olinadigan quduq yoki kaptaj og‘zi berk turishi va ularga tashqaridan iflos narsalar tushmasligi kerak.

Ko‘p tajribalar shuni ko‘rsatdiki, yer osti suvlari tuproq orqali filtrlangandagiga qaraganda quduq yomon qurilganda, qopqog‘i bo‘lmaganda yoki har kim o‘z chelagida suv olaverganida mikroblar bilan ko‘proq zararlanadi.
Qishloq joylarida shaxta quduqlari quriladi. Ular uchun baland yerdan, quduqni ifloslantirishi mumkin bo‘lgan manba (masalan, hojatxona) dan, agar u quduqdan pastda bo‘lsa, kamida 20-30 m naridan, agar hojatxona quduqdan yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda kamida 80-100 m naridan joy tanlanadi. Quduqni kovlaganda ikkinchi suvli qatlam (30 m chuqur) gacha etib borish kerak. Shaxta qudug‘ining tubi ochiq qoladi, yon devorlari esa suv o‘tkazmaydigan modda, ya’ni beton halqa yoki yoriqsiz yog‘och bilan mahkamlab chiqiladi Quduq devori yer sathidan kamida 0,8 m baland turshi zarur. Paxsa kamar qilish uchun quduq atrofi chuqurligi 0,7-1 m qilib kovlanadi va uni yaxshi pishitilgan loy bilan to‘ldiriladi.Quduqning yer ustki qismi atrofiga paxsa kamar ustiga 2 m radiusda qum solinadi va quduqdan suv olganda to‘qiladigan suv oqib ketishi uchun quduqdan atrofiga qarab nishab qilib, tosh g‘isht yoki beton yotqiziladi. Suv chiqarishning eng yaxshi usuli – nasoslardir. Nasos o‘rnatiladigan quduqlar «og‘zi» berkitilgan bo‘lib, tashqaridan ifloslanmaydi, ulardan suv tortib chiqarish engillashtirilgan. Chig‘ir g‘altak yoki chakar yordamida suv olinadigan quduqlar og‘zi qopqoq bilan berqiladigan bo‘lishi kerak. Hamma suv oladigan quduqlar atrofi 5 m radiusda g‘ov qilinadi.
Yer osti dan suv olish uchun shaxta quduqlaridan tashqari har xil turdagi truba quduqlaridan foydalaniladi. Bunday quduqlarning afzalligi shundaki, ular har qanday chuqurlikda, devori suv o‘tkazmaydigan trubadan qilingan bo‘ladi, suv nasos bilan yuqoriga chiqariladi. Yer osti suvi ko‘pi bilan 6-8 m chuqurlikda joylashganda debiti soatiga 0,5-1 m3 ga etadigan diametri kichiq bo‘lgan trubadan quduqlar quriladi. Chuqur truba quduqlaridan aksari oziq-ovqat va sanoat korxonalari, sut-tovar fermalari, sovxozlar va aholi yashaydigan joylardagi vodoprovod tarmoqlarini suv bilan ta’minlashda foydalaniladi.
Ochiq suv havzalari. Qor-yomg‘ir suvlari joylardagi tabiiy nishablardan oqib, ochiq suv havzalari, anhorlar, daryo va ko‘llarni hosil qiladi. Ochiq suv havzalariga qisman yer osti suvlari ham qo‘shiladi.
Barcha ochiq suv xavzalari qor-yomg‘irlardan va aholi yashaydigan joylardan oqib chiqadigan qor suvidan ifloslanib turadi. Suv havzasining aholi yashaydigan qismi hamda sanoat korxonalaridan oqib chiqadigan suvlar kelib quyiladigan joylari ayniqsa yomon ifloslanadi. Epidemiologik jihatdan barcha ochiq suv havzalarining suvi xavfli hisoblanadi.
Yuzadagi suvlar bir oz mineralizatsiyalashgach, yumshoq, biroq oqmaydigan ko‘llar va suv omborlarida suv bug‘lanishi tufayli tuz miqdori birmuncha oshib ketishi mumkin. Ochiq suv xavzalari uchun suv sifatining o‘zgarib turishi xosdir. U mavsumiy, xatto ob-havoga qarab, masalan, yomg‘irdan keyin ham o‘zgara boradi. Deyarli uzluksiz har xil iflos narsalar tushib turshiga qaramay, ko‘pchilik ochiq suv havzalarida suv sifati buzilishi sezilmaydi. Chunki bunday havzalarda o‘z-o‘zini tozalash tabiiy – fizik-kimyoviy va biologik jarayonlarga doimiy amal qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. K. SH. Baltaeva, SH. T. Iskandarova, N. S. Tadjibaeva, M. I. Xasanova. Sanoat gigienasi va sanitariyasi. Farmatsevtika va tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. - T., 2010 y.


  2. Yüklə 93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə