Amaliy mashgulot. Ravish soz turkumi, uning leksik-grammatik xususiyatlari



Yüklə 30,09 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü30,09 Kb.
#145290
4-amaliy mashg\'ulot mavzusi


4-AMALIY MASHGULOT. RAVISH SOZ TURKUMI,
UNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‘linadi. Yasama ravishlar qo‘shimchalar qo‘shish, asos qismni juft va takror qo‘llash yoki ikki asosni biriktirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Tuzilishiga ko‘ra ravishlarning sodda, qo‘shma, juft va takroriy turlari farqlanadi. Ikkinchi qismida -p, -m, -s, -ch tovushlarini orttirish orqali takroriy ravishlarning yasalishiga e’tibor bering: sal-pal, oz-moz, ora-chorada, ora-sirada kabi.


1-Topshiriq. Berilgan ravishlarni tub va yasama ravishlar nomi ostida ikki guruhga ajrating. Ertalab, yillab, do‘stlarcha, qahramonona, fidokorona, taxminan, majburan, hamisha, doim, ataylab, galma-gal, oldin-ketin, birin-sirin, ustma-ust, do‘stona, sekin-sekin, oz-oz, yoppasiga, noilojlikdan.
1-mashq. Gaplardagi ravishlarni toping va ularning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang. 1. Bu voqea huddi kechagina bo‘lgandek, ammo darrov uch yil o‘tibdi. 2. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. 3. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo‘rtib ketishibdi. 4. Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan-o‘zi yurib ketyapti. 5. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim. 6. Ulardan biri akamning qayerdaligini so‘ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini aytdim. 7. Ertalab chiqib ketasan, yarim kechada qaytasan.
2-TOPSHIRIQ.
RAVISH YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR USTIDA ISHLASH.
2-mashq. Berilgan ravishlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Eskicha, yangicha, o‘zicha, yillab, qahramonona, qatorasiga, erkakchasiga, saharlab, vijdonan, bolalarcha.
-cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‘shimchalari ot, sifatga qo‘shilib ravish yasaydi.
3-mashq. Berilgan so‘zlarni hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin yoki mumkin emasligini ayting. Tubdan, to‘satdan, qo‘qqisdan, rostdan, birdan, kechalari, avvallari, so‘ngra, kechasi, jo‘rttaga. Bu kabi ravishlarda -dan, -ga kelishik, -(s)i egalik qo‘shimchalari asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi kunda ajralmas holga kelgan. -i, -si egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi. Bunday so‘zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘qotgan. Masalan: 1. Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. 2. Kunduz kunlari aniq ko‘rinadi. 3. Tuni bilan mijja qoqmadi. 4. Bu yerlarning yozi juda so‘lim.


3-TOPSHIRIQ.
RAVISHLARNING MA’NO TURLARI YUZASIDAN
4-mashq. Berilgan so‘zlarni holat, payt, o‘rin, miqdor-daraja ravishlariga ajratishga harakat qiling.
Astoydil, birin-ketin, bafurja, qalban, ertalab, saharlab, ataylab, atayin, qat’iyan, qishin-yozin, qisman, bexosdan, ichkari, tashqari, olg‘a, ko‘p, oz.


5-mashq. Ravishlarning ma’nosiga ko‘ra turlarini jadval asosida bo‘ling va tushuntiring.

Ravishlarning ma’no turlari

So‘rog‘i

Holat ravishi




O‘rin ravishi




Payt ravishlari




Miqdor-daraja ravishlari




Maqsad-sabab ravishlari






6-mashq. Ravishlarni ajrating. Ularning yasalishiga e’tibor bering va turini ayting.
1. Shu payt uydan – yotog‘imizdan bolalar ham birin-ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. 2. O‘rtancha botir qo‘rqmadi, jim turdi. 3. Uzoqdan – kun botish tomondan, g‘ira-shira uchqun ko‘rinib qoldi. 4. Bular piyoda asta-sekin o‘rdaga bordilar. 5. Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so‘ng uning tarxini yaxshilab qog‘ozga chizajagini aytdi.


7-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Payt ravishlarining tagiga chizing va ularga izoh bering.
1. Keyin u yoqqa o‘tamiz, – deb o‘ng tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. 2. Jiydazordan hozirgina keldim. 3. Ertaga chigit ekishni boshlaymiz. 4. Uni buguncha tinch qo‘y. 5. Yolg‘on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman. 6. Yarim kechadan keyin Solmon otaning uyqusi butunlay qochdi. 7. Erta-indin rejani to‘ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi. (Yo‘ldosh Sulaymon). 149-mashq. Berilgan so‘zlar orasidan payt ravishlarini toping, ular ishtirokida gaplar tuzing. Asta-sekin, jim, endi, orqada, hozircha, yangicha, so‘ngra, bittalab, dastlab, qishin-yozin, uzun-uzun, eson-omon, erta-indin.


8-mashq. Ravishlarni topib, tagiga chizing.
1. Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqirilib, katta ziyofat berilibdi. 2. Bu gaplar amirzoda qulog‘iga borib yetganiga aslo shubha qilmasa ham bo‘ladi. 3. G‘uvillab uchayotgan bo‘ron ichida yigitlar naridan-beri xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g‘ildiraklarga namat yopishdi. 4. Hozir mol-jon o‘rtada inim, Buxoroga yetib olaylik, u yog‘i bir gap bo‘lar. 5. Avval oyog‘imdan kishanlarni olib qo‘yishlariga buyruq bering, – istehzoli kulib qo‘ydi Namoz.
Yüklə 30,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə