Suv, havo, tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi


Suv muhitidagi organizmlarning ekologik guruhlari va ularning tarqalish qonunlari



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#141118
1   2   3   4   5   6   7
. SUV, HAVO, TUPROQ MUHITLARI VA ULARNING IFLOSLANISHI

Suv muhitidagi organizmlarning ekologik guruhlari va ularning tarqalish qonunlari. Suv muhitida organizmlarning bir nechta ekologik gurihlari vakillar: plankton, nekton, bentos, perifiton va heston uchraydi.
Plankton tushunchasi. Suv massasida muallaq holda uchraydigan organizmlar plankton organizmlar deyiladi. Plankton- fitoplankton va hayvonlar planktoni- zooplanktonga bo’linadi. Plankton organizmlar juda ko’p moslashish xislatlari bilan xarakterlanadi, ya’ni:
1. Ularning tanalari kattaligining qisqarishi hisobiga tananing umumiy yuzasining kattalashishi, yalpoq, uzun holga kelishi, turli tikanlar, po’kaklar, o’simtalarning hosil bo’lishi esa, organizmlarning suvda ishqalanishini ko’chaytiradi.
2. Plankton organizmlar tana zichligining kamayishi, ularning tanasidagi skeletni reduksiyalanish (yuqola borishi), hujayra va tanalarda yog’ va gaz pufakchalari hosil bo’lishi natijasida yuzaga kelgan va ular suvning oqimi bilan uzoq masofalarga ketsa, zooplankton vakillari suv qatlamlarida vertikal tarqalish imkoniyatiga ega bo’lib, suvda yuzlab metr pastga tushadi va yuqoriga ko’tarilib turadi.
Organizmlarning plankton va nekton holda yashashga va suvda suzish uchun turli xil moslashishlari ularning suvning chuqur qatlamlariga tushish- chiqishini sekinlashtiradi.
Bentos va perifitton. Bentos organizmlar suv tagidagi loy, tosh va boshqa narsalarga yopishgan, birikkan holda yashaydi. Tananing ostki qismi loy- qoyalarga birikkan bo’lsa, tananing asosiy qismi suv massasi ichida bo’ladi. Shunday guruhlarga ipsimon, lentasimon, yashil, qo’ng’ir, qizil suvo’tlar va gulli o’simlik vakillari kiradi. Bentos hayvonlar vaqti- vaqti bilan bir joydan ikkinchi joyga kuchib yuradi, bularga krablar, dengiz yulduzlari kiradi. Boshqa guruh hayvonlar bir joydan loy yoki tosh ustida yashaydi, bu sedentar guruh organizmlarga mollyuskalar, dengiz tipratikanlari kirsa, yopishib yashaydigan, sessil organizmlarga gubkalar, meshankalar misol bo’ladi. Bentos organizmlar fitobentos va zoobentos guruhiga bo’linadi.
Perfitonni hosil qiluvchi o’simliklar (ko’pchilik suv o’tlar, ayrim gulli o’simliklar) va hayvonlar, kemalar, qayiqlar, suvga botib turgan temir, yog’och ustunlar, qamish, qug’a, daraxt tanalari, shoxlari ustida o’sadi va yashaydi. Suvga botib turgan o’lik va tirik narsalar ustida rivojlangan organizmlar perifiton organizmlar deyiladi.
Bentos va perfiton organizmlarning ma’lum biotopga joylashib turushida bir qancha kuchlar, tashqi muhit omillari ta’sir qiladi; masalan, suvning harakati, turli nekton – hayvonlarning harakati, ularning bentos bilan oziqalanishi, gravitatsion kuchlar, suv sathining pasayib – ko’tarib turushi, suvda kema va qayiqlarning suzushi, to’lqinlar kabi ta’sir kuchlar misol bo’ladi.
Neyston va pleyston suv muhitidagi yana bir ekologik guruh nekton bo’lib, bu guruhga kiruvchi organizmlar juda tez suzish qobilyatiga ega. Ular suvning oqish kuchiga qarshi harakat qila oladi. Nekton guruhiga baliqlar, kalmarlar, delfenlar, akulalar kirib, ularning torpeda, reaktiv ko’rinishda tuzulishi va harakat, muskullari suvning turli qatlamlarida yashashga moslashgan.
Noqulay meteorologik sharoitlar natijasida atmosferada chiqindi gazlar konsientratsiyasi oshib borib, qalin toksik tumanlar hosil bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Toksik moddalarning to’planishi hisobiga og’ir xastaliklardan nobud bo’lish hollari kuzatilmoqda. Havoni ifloslantiruvchilar umumiy toliqshini, ish faoliyatini kamaytirishni, yo’tal, bosh aylanishi, ovozning bug’ilishi, o’pka va ko’zning turli kasalliklarini, organizmning umumiy zaharlanishini, organizmni kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining susayishini keltirib chiqaradi. Yirik shaharlar havosida sanoat tashlamalari, avtomobillardan chiqadigan gazlar: qurum, kul, tugun, changlar o’ziga xos quyosh spektrining ul’trabinafsha qismini atmosferaning quyi katlamlariga etib kelishini qiyinlashtiradi. Masalan, Parij shahridan uncha uzoqda joylashmagan sanoat korxonalari hududlarida ultrabinafsha nurlar 0,3 % ni, uzoqda joylashgan zavod va fabrikalar hududlarida esa 3,0 % ni tashkil qiladi. Ultrabinafsha nurlarning yetishmovchiligi bolalarda raxit va avitaminoz kasalliklarini ri-vojlanishiga sabab bo’lmoqda. Kimyoviy moddalarning inson organizmiga mutagen, konserogen, allergen, aterosklerotik, embriotoksik va hatto jinsiy mutasiya ta’sirlari aniqlan­gan. Pestisidlar muntazam me’yordan 3-4 va 9 marta ko’p ko’llanilgan hududlarda yurak-tomir tizimining kasallanish darajasi 1,2 va 2,2 marta oshganligi ma’lum. O’simliklarni himoya qilishda qo’llaniladigan kimyoviy vositalar bilan jigar va siydik yo’llari kasalliklarining kelib chiqishi o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud. Kelajakda pestisidlarni ishlatish natijasida bolalarning nobud bo’lishi, aholi o’rtasida bron­xit, bronxial astma, avitaminoz va boshqa kasalliklarni keskin ortib borishi bashorat qilinmoqda. Bronxit, bronxial astma, o’pka, yurak-tomir kasalliklarining kelib chiqish sababi ko’p hollarda atmosfera havosining ifloslanishidandir. Atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi XX asrdan e’tiboran tez sur’atlar bilan borganligi qayd etilgan. Katta shaharlarda atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorining har xil bo’lishi shaharlarni ozodaligiga, ko’kalamzorlashtirilganligiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga hamda ularni shahar hududida joylashganligiga bog’liq. Havoning changli yoki tumanli bo’lishi va ularning quyosh radiatsiyasiga ta’siri shahar muhitini o’zgartirib yuboradi, havo harakatini sekinlashtiradi, uning nisbiy namligini kamaytirishi ham mumkin. Shaharni quyuq. tuman bosishi ham xavflidir, chunki tuman tomchilari tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga kirgach, salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, nafas yo’llarining yillik. qavatlarini yallig’lantirib, turli kasallik­larni keltirib chiqaradi. Shunday tumanli kunlarda bemorlarning ahvoli keskin yomonlashadi. Masalan, surunkali bronxit, emfizema, tumov kasalliklariga duchor bo’lgan bemorlar o’zlarini yomon his qiladilar. Atmosfera havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta’sir qiladi. Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faolligiga, tabiatiga, fizik jihatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, havodagi chang tarkibida qo’rg’oshin, margimush, marganes, kadmiy, ftog aerozollari organizmga tushib, surunkali kasalliklarni paydo qiladi. Jumladan, kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinevrit kabi kasalliklar kelib chiqadi. Ayniqsa, radioaktivlik xususiyatiga ega bo’lgan changlar o’ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Radioaktiv changlar naqadar xavfli ekanligini Chernobil fojiasi va Semipalatinsk posligoni asoratlari misolida ko’rish mumkin.
Zaharli bo’lmagan yirik diametrli chang zarrachalariko’z va burunning yillik qavatlariga tushib, ularni
jarohatlaydi, yallig’lanish jarayoni burunda, tomoqda, kekirdakda va bronx naylarida kuzatiladi. Bunday hollar o’tkir va surunkali rinit, laringit, faringit, traxeit,bronxit yoki traxeobronxit, laringotraxit kabi kasallik-
larni keltirib chiqaradi. Nafas yo’llari orqali o’pkagakvarc changlari tushsa, pnevmokonioz kasalligini, elektr
stanciyalardan chiqadigan qurumlar tarkibida 14,9-19,7%atrofida kremniy qo’sh oksidi moddasining bo’lishi esa slikoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Atmosferadagi zararli ko’shimchalar quyoshning ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Yirik shaharlarda quyoshning to’g’ri nurlanishini sekinlashtiradi. Atmosfera havosini ifloslanishi uning elektrik xossalarini, ion tarkibini uzgarishiga olib keladi. Amerika Qo’shma Shtatlarining bir katog shtatlarida o’tkazilgan kuzatish natijalari shuni ko’rsatadiki, barcha tadqiqot o’tkazilgan shaharlarda yashovchi bolalar o’rtasida havosi ancha toza bo’lgan rayonlarda yashovchi bolalardagiga nisbatan o’pka kasalligi ko’p kuzatiladi. Bu hol inson organ izmiga oltingugurt gazi va sul’fatlarning za­rarli ta’siri bilan izoxlanadi. Barcha mamlakatlarda o’pka emfizemasi bilan og’riganlar soni oshib bormoqda, allergik kasalliklar o’smoqda. Buning asosiy sababi, sanoat korxonalaridan chiqdan tashlamalardir. Dunyo bo’yicha insonlarning 10 foizi allergenlar ta’siriga uchragan. Rak — o’tgan asrning kasalligidir. Bu ham atmosfera havosida katta miqdorda kon, cerogen, mutagen va terotogen moddalarning mavjudligi bi­lan borliq..Policiklik aromatik uglevodorodlar (PAU) ham katta xavf turdiradi. Atmosfera havosini koncerogen uglevodorodlar bilan ifloslanishi va sanoat korxonalari, trans­port, shaharsozlikni rivojlanishi o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud. havosi toza qishloq joylarida rak kasalligi bilan kasallanish shaharlardagidan, ayniqsa, katta shaharlardagidan ancha past. O’pka raki bilan kasallanish extimoli ayniqsa, chekuvchi shaharliklarda chekmaydigan qishloq. aholisiga qaraganda 10 marta yuqori.
Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonlarni, kush va hasharotlarni nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi. Ishlab chiqarish korxonalaridan tashlanadigan ftoridlar ta’sirida bir qatog mamlakatlarda asalarilar, qo’ylar, yirik shoxli hayvonlar va uy parrandalarining yoppasiga kirilib ketganligi hisobga olingan. Havo tarkibida ftog koncentraniyasi yuqoriligi inson va hayvonlar tishlarining tez to’kilib ketishiga sabab bo’lib, ularning ovqat hazm qilish organlari va umurtqa suyaklarining kasallanishiga olib keladi. Shuningdek, ulgan hayvonlarni suyib ichki a’zolari urganilganda, ko’pincha nafas olish yullarining shikastlanishi kuzatilgan. Chorva hayvonlarining nasl berish va maxsuldorligini pasayib ketishiga, hasharotlarni, jumladan, asalarilarni kamayishiga, suv havzalarida baliqlarning nobud bo’li­shiga ham havoning ftog birikmalari bilan ifloslanishi sabab bo’lishi mumkin. Veterinariya xizmati xodimlari ma’lumotlariga ko’ra, ko’y va yirik shoxli hayvonlar alyuminiy zavodlaridan chiqadigan ftogitdan zaharlanadi. Ular havo orqali tuproq va o’tloqlarga tushadi. Bunday yaylovlarda boqilgan hayvonlar ftogli kaxeksiya bilan kasallanadi.
1980 yillarning boshlarida qo’shni Tojikistonda alyu­miniy zavodining ishga tushirilishi bilan O’zbekistonning Surxondaryo viloyatiga qarashli ko’pgina tumanlarida ekologik jihatdan tang ahvol vujudga keldi. Zavod atmosferaga ko’p miqdorda ftogli vodorod, uglerod oksidi, oltingu­gurt gazi, azot oksidlarini chiqarib tashlagan. Vodiyning yuqori qismida Tojikistonning O’zbekiston bilan chegarasida joylashgan zavodning chiqindilari tog’dan vodiy tomonga esadigan shamol bilan birga Respublikaning chegaradosh bo’lgan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari hududiga tarqalgan. Ftogli vodorodning chorva mollari va poliz ekinlariga salbiy ta’siri oshib borgan. Zikr etilgan hududlarning ba’zi xo’jaliklarida pomidor, karam, bodring va uzum kabi sabzavot va mevalar hosildorligining kamayishi, ipak qurtidan pilla etishtirishning pasayishi kuzatilgan. Anor va xurmolar sifatiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan, aholi salomatligi yomonlashgan. Shvetsariyada ham ana shunday zavod atrofida boqilgan mahalliy aholi chorva mollarining to’rtdan uch qismi 9 yil mobaynida nobud bo’lganligi ma’lum.
Havoning gaz tarkibining o’zgarishi gigienik nuqtai nazardan xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u nafas yo’llari orqali organizmga ko’prok. kirib qolsa, albatta, kasallik sodir bo’ladi. Shunday gazlar ham borki, ular o’ta zaharli bo’lishiga qaramay, sira hidi bo’lmaydi. Jumladan, is gazini inson seza olmaydi. Ko’pincha shahar havosiga sanoat korxonalari juda ko’p turli xususiyatli hidsiz va hidli gaz aralashmalari chiqarib tashlashi mumkin. Katta industrial shaharlarga kirib kelinganda havo tarkibi, uning musaffoligi buzilganligi seziladi. Ular sanoat korxonalaridan, avto­transport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli gazlardir. Havo tarkibidagi zararli gazlar to’g’idan-to’g’ri nafas yo’llariga kirib, o’pkaning alveolalariga va qonga o’tadi, exud shilliq qavatidagi namliklar bilan birikib, uni yallig’lashi mumkin. O’zbekistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari shuni tasdiqlaydiki, zaharli gazlar ko’pincha yoshi o’tgan kishilarga, shuningdek, yosh bolalarga ancha keskin ta’sir etadi, ularda kasalliklar hiyla og’ir kechadi. Ma’lumotlar shahar aholisi o’rtasida nafas yo’llari kasalliklarini tarqalishi bi­lan atmosfera havosining ifloslanishi orasida uzviy bogliqlik mavjudligini ko’rsatadi. Sanoat korxonalari joylashgan shaharlar aholisi o’rtasida turli kasalliklar ko’plab uchraydi. Shuni ham aytish kerakki, shahar havosi tarkibida zaharli moddalar kam bo’lsa-da, lekin surunkali ravishda mavjudligi turli xastaliklarni kelib chiqishiga olib keladi.

Olimlarning dalillariga ko’ra, shamollatilmagan xonadagi 1 m3 havo tarkibida mikroblar soni 200–300 ming donaga borib qolar ekan. Jumladan, dars boshlashdan oldin 1 m3 sinf havosi tarkibida 300 mikrob borligi aniqlangan. Darsdan keyin esa mikroblar soni 4 ming gacha ko’paygan. Bu hodisa tanaffus vaqtida derazalarni ochib, xonani shamollatish zarurligini ko’rsatadi.

Mikroblar kichik bo’lganligi tufayli biz ularni ko’ra olmaymiz. Ammo ularni ko’z bilan ko’rish qobiliyatiga ega bo’lganimizda edi, ularning kuchli jalaga o’xshab to’rganligini kuzatgan bo’lar edik.

Havoning quruq bo’lishi, quyosh nuri, oziq moddalarning yo’qligi ularning ko’payishiga va rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. Natijada havo tarkibidagi zararli mikroorganizmlar ham kamdan–kam uchraydi. Havodagi mikroblarning oz–ko’pligi har xil usullar bilan aniqlanadi. Kox usuli: Petri kosachasiga 15–20 ml go’sht–pepton agari quyiladi. U qotgandan keyin, uyning burchaklariga va o’rtasiga qopqog’i ochib qo’yiladi. Chang bilan birga kosachaga havodagi mikroblar o’tiradi. Shundan so’ng kosachaning qopqog’i berkitilib, uni termostatga qo’yiladi (+37 daraja). Qancha mikroblar tushgan bo’lsa, shuncha koloniyalar o’sadi yoki hosil qiladi. Shundan keyin havoda mikrob bor–yo’qligini, ularning soni va necha xili mavjud ekanligini taxminan bilish mumkin. Petri kosachasida o’sgan yoki hosil bo’lgan mikroblarning soni bir detsimetr maydonga ko’paytirilib, 1 m3 havodagi mikroblar aniqlanadi. 5 minut ichida 1 detsimetr maydonchaga 10 l havoda bo’lgan mikroblar tushadi.

Masalan, Petri kosachasida o’sgan koloniyalar 25 ta, kosachaning diametri 10 sm. Maydoni r2 (3,14 radius–kvadratiga ko’paytiramiz) 3,14х25=78,5 sm kv. (radius 5 sm). 25 koloniyalar–78,5 sm kv. X koloniyalar–100 sm kv. Proportsiya bilan chiqarsak 32 koloniya 1 m2 da bo’ladi. 32 koloniya 10 l havoda – 1 m kv havoda 100 l. Demak 32 koloniya – 10 l yoki 1000 m kv.–3200. Mikroblarning patogen yoki patogen emasligi laboratoriya hayvonlariga yuqtirib aniqlanadi. Turar joy binosining 1 m2 havosida 500–1000 dona bakteriya bo’lishi uning juda ham ifloslanganligini bildiradi.


Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə