Sutni qayta ishlash va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü3,44 Mb.
#161615
1   2   3   4
1000

1000

1000

Sutni tozalash sharoiti va usullari

  • Qabul qilingan sut tabiiy chiqindilar (mikroorganizmlar) va mexanik iflosliklardan yo‘qotish maqsadida tozalanadi.
  • Bunday tozalash og‘irlik kuchi yoki bosim va markazdan qochma kuchlar yordamida xarakatlanuvchi separator-sut tozalash jixozlarida olib boriladi. Fil’trlash paytida sut metall va matodan tayyorlangan fil’tr to‘siqlarining qarshiligiga dosh berishi kerak. Suyuqlik fil’tr to‘siqlaridan o‘tgach, bu to‘siqlarida sut tarkibida bo‘lgan chiqindilar ushlab qolinadi. Shuning uchun xar 15-20 minutdan so‘ng fil’trdagi chiqindilar ajratib olinadi. Sutni mexanik chiqindilardan tozalash uchun bosim ostida ishlaydigan sut tozalash apparatlari qo‘llaniladi. Sutning qanchalik effektli tozalanishi shu bosimga bog‘lik bo‘ladi. Tozalash jixoziga sut 2×105 Pa bosimda kelib tushadi.

Sut tarkibida sut plazmasi va begona chiqindi zarrachalari bo‘ladi. Mana shu zarrachalar zichligi orasidagi farq xisobidan bu jixozlarda sutni tozalash amalga oshiriladi. Begona chiqindilarning zichligi sut plazmasiga qaraganda katta, shuning uchun ular markazdan qochma kuch ta’sirida baraban devoriga kelib tushadi. Separator – sut tozalash jixozida sutni tozalash quyidagicha olib boriladi. Tozalash uchun keltirilgan sut jixozning markaziy trubasi orqali likopcha ushlagichga kelib tushadi. So‘ngra sut likopcha ushlagich va likopchalar oralig‘idagi bo‘shliqdan o‘tadi va likopchalar orqali yuqoriga ko‘tariladi xamda baraban qopqog‘idagi teshikdan chiqadi. Sutni tozalash jarayoni likopcha ushlagichda boshlanib likopchalar orasidagi bo‘shliqlarda tugaydi. Bu jixozlarda sutdagi mexanik chiqindilarning yanada ko‘proq cho‘kmaga tushirish uchun sut 30-450C xaroratda tozalanadi Xozirgi paytda sutning uzluksiz isitib beruvchi plastinkali isitgichlar qo‘llaniladi.

Sutni sovutish.

  • Sutni sovutish.
  • Korxonaga kelib tushgan sut xarorati 100 0C gacha bo‘ladi. Yangi sog‘ilgan sut tarkibida aloxida bir bakteritsid moddalar bo‘ladiki, bu moddalar faqatgina sut tarkibidagi bakteriyalar faoliyatini to‘xtatib qolmasdan, balki ularni yo‘qotadi. Lekin bunday bakteritsid moddalar yuqori xaroratga chidamsiz bo‘ladi. Agar sut tezda sovutilmasa ular oson yo‘qoladi. Natijada sovutilmagan sutda uni achitishga olib keluvchi mikroorganizmlar tez ko‘payadi. Shuning uchun korxonaga keltirilgan sutni sovutish maqsadga muvofiqdir.
  • 320 0C xaroratda 10 soat ichida sutning kislotaliligi 2,8 baravar oshadi va bundagi bakteriyalar soni shuncha ko‘payadi. Xarorati 1200 C gacha sovutilgan sutda 10 soat davomida kislotalilik va bakteriyalar soni o‘zgarmaydi.
  • Saqlash paytida sut sifati pasayishining oldini olish maqsadida u 4-50C xaroratgacha tezda sovutiladi.
  • Sutni sovutish uchun plastinkali sovutgich qo‘llaniladi.
  • Bunda sovutuvchi sifatida suv, tuzli eritma yoki sovuq suv ishlatiladi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya