|
Statistika va ekonometrika
|
səhifə | 3/4 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 10,03 Kb. | | #154423 |
| 5 – Мавзу. Статистика кўрсаткичлари-hozir.org (1)3. Mutlaq ko`rsatkichlar
Mutlaq ko`rsatkichlar o`rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o`xshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki belgilarning ko`lami, soni, hajmi, darajasi, makon va zamonda taqsimlanish sonini ifodalaydi. Ular ayrim hodisa yoki belgilar uchun va ularning to`plami uchun hisoblanadi. Birinchi holda mutloq miqdorlar bevosita statistik kuzatish natijasida shakllanadi, masalan: ro`yhatga oilingan shaxsning yoshi, ma`lum ishchi ishlangan soati, u ishlab chiqargan mahsulot miqdori va h.k. Ikkinchi holda ular kuzatish materiallarini qayta ishlash, guruhlash, jamg`arish natijasida yuzaga chiqadi.
Mutloq miqdorlar turli o`lchov birliklarida ifodalanadi. O`rganilayotgan hodisa yoki belgilarning tabiati va hisoblashda ko`zlangan maqsadga qarab ular natura shaklida, shartli natura birliklarida hamda pulda o`lchanadi. Bir jinsli va hilli hodisalarni hisoblashda natura birliklari qo`llanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan gaz mol uzunlik birligida (m, km), qazib olingan ko`mir og`irlik birligida (kg, t), gaz esa hajm birligida (m3, km3), qurilgan uy sathi yuza birligida (m2), hudud maydoni esa km2 da, ekin maydoni gektarda (ga) o`lchanadi. Murakkab hodisalar, masalan, tubinalar, dona va quvvat birligida (ot kuchi yoki kvt) hisoblanadi. Ammo natura birliklari hodisalarni jismoniy miqdorini aniqlab ularning sifatini hisobga olmaydi. Bir jinsli yurli sifatga ega bo`lgan hodisalar to`plami shartli natura birliklarida o`lchanadi. Buning uchun biror muhim belgi bu hodisalar asosida tuzilgan shartli birli qilib olingan hodisaga aylatirish koeffitsiyentlari tuzilib chiqiladi, so`ngra ayrim hodisalar jismoniy miqdorini ularga ko`pyatirib olingan natijalar jamlanadi.
4.Nisbiy ko`rsatkichlar
Mutloq miqdorlar beqiyos umumlashtirish kuchiga ega, ammo ularni alohida yakka holda qaralsa, voqeaning rivojlanishi yoki harakteri haqida hech qanday ma`lumot bermaydi. Buning uchun mutloq ko`rsatkichlar bir-bir bilan taqqoslanishi lozim.
Taqqoslash statistik ko`rsatkichlarni shakllantirishning muhim usulidir. U solishtirilayotgan hodisalar va belgilarning o`xshashlik tomonlari va farqlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslashning turli yo`llari va shakllari mavjud (6.4-tarh).
Dostları ilə paylaş: |
|
|