Statistika va ekonometrika



Yüklə 10,03 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü10,03 Kb.
#154423
  1   2   3   4
5 – Мавзу. Статистика кўрсаткичлари-hozir.org (1)


5 – Мавзу. Статистика кўрсаткичлари

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “STATISTIKA VA EKONOMETRIKA” KAFEDRASI DOTSENTI B.X. MAMATKULOV TOMONIDAN “STATISTIKA” FANIDAN “TASVIRIY STATISTIKA KO’RSATKICHLARI” MAVZUSIDA TAYYORLANGAN MA’RUZA

REJA:


  • 1. Statistik ko`rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati.

  • 2. Statistik ko`rsatkichlarning turlari va tasnifi.

  • 3. Mutlaq ko`rsatkichlar.

  • 4. Nisbiy ko`rsatkichlar.

  • 5. Nisbiy ko’rsatkichlarning turlari.

  • 6. Nisbiy ko`rsatkichlar orasidagi bog`lanishlar

1. Statistik ko`rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati


  • 1. Statistik ko`rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati

  • Xodisa va jarayonlarni statistik tasvirlashda yuqorida ko‘rib chiqqan metodlarimiz bilan bir qatorda raqamli tasvirlash metodlari keng qo‘llaniladi. Sonli ma’lumotlar qatorini tasvirlash statistik ko‘rsatkichlar orqali amalga oshiriladi.

  • Statistik ko‘rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. Masalan, I.P.Suslovning fikricha statistik ko‘rsatkichlarni statistika tushunchalar emish N.Soatov statistik ko‘rsatkichni o‘rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir deb hisoblaydi.

  • Merestini fikricha statistik ko‘rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchimiqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko‘pchilik qo‘shiladi.

Statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o‘rganilayotgan hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:


  • Statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o‘rganilayotgan hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:

  • 1) iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko‘rsatkichlar iloji boricha o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy tushunchalar bilan bog‘liqligi;

  • 2) ko‘rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama to‘liqligi;

  • 3) boshlang‘ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo‘yicha ularni taqqoslash mumkinligini va ishonchliligini ta’minlash;

  • 4) hodisa va predmetlarni o‘rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi bo‘laklarga bo‘lmoq, uni ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil qilish.Ma’lumki, o‘rganilayotgan predmetni xayolan bo‘laklarga bo‘lish tahlil deyiladi;

  • 5) tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash;

  • 6) induktsiya va deduktsiyani ta’minlanish, ya’ni ko‘rsatkichlarni hisoblashda fikrni yakkalikdan umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash.

  • Ko`rsatkich so`zi quyidagi lug`aviy ma`nolarga ega: 1) ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, ishora;

  • 2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.

  • Falsafiy jihatdan statistik ko`rsatkich o`rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me`yoridir. Hodisaning sifati bilan miqdorining o`zaro bog`liqligi, ajralmas birligi uning me`yori deb ataladi. «Me`yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegel - sifat aniqligiga ega bo`lgan miqdor..., u ma`lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog`langan». Statistik ko`rsatkichlar me`yor ekanligiga ishora qilib, Gegel yozgan edi: «Statistikada qo`llanadigan sonlar faqat o`zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. Quruq raqamlar bilan ishlash ... oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi, u na nazariy va na amaliy jihatdan diqqatga sazovor emas».
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə