Spetsifik fermentlar


) R-Regulyator gen; 2) O-Operator gen; 3) S-Struktur gen



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə12/21
tarix08.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#116061
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
1) R-Regulyator gen; 2) O-Operator gen; 3) S-Struktur gen.

Repressiya va induktsiya mexanizimining umumiy ko’rinishi



Struktur genlar hosil bo’ladigan oqsillarning birlamchi qurilishini belgilaydi. DNK molekulasiga komplementar ravishda hosil bo’lgan mRNK ribosomaga yetib oqsil sintezi uchun matrisa vazifasini bajaradi.

Hamma repressorlar operonning operator qismi bilan bog’lanib, ma’lum mRNK ning transkriptsiyasini va oqsilni sintezini (blokada qiladi) tormozlaydi. Operator bilan bog’lanishi repressorning konformatsiyasiga bog’liq. Repressor bo’lishi mumkin: Faol repressor va nofaol repressor.

Faqat faol holda repressor operator bilan kuchsiz bog’ hosil qilib, mRNK va oqsilning sintezini (tormozlab) blokirovka qiladi.

Nofaol holda esa operator bilan bog’lana olmaydi. Repressorni faolligini inaktivlovchi moddalar – induktor deyiladi. Nofaol holatdan faol holatga keltiruvchi moddalar – korepressorlar deyiladi.

Korepressor va induktorlarga oziqa moddalar va modda almashinuvining oxirgi mahsulotlari kiradi. Bunda repressor orqali hujayralarda oqsil sintezini tezlashtirish yoki sekinlashtirish kerakligi haqida signal keladi.




11.3. Repressiya mexanizmi – sintez to’xtashi

Laktozaning fermentlar ta’sirida parchalanishi repressiyaning konsentrat-siyasini ya’ni miqdorini kamaytirib, glyukoza hosil bo’lishiga olib keladi. Glyukozaning parchalanishidan qandaydir metabolit hosil bo’lib, ATF dan sAMF ning hosil bo’lishini kamaytiradi. sAMF (defesitligi)ning muhitda yetishmasligi (BAKg ya’ni KgFO) KgFO – katabolik genni faollovchi oqsil bilan bog’lanishini kamaytiradi, bu esa RNK-polimerazaning promotor bilan bog’lanishini qiyinlashtiradi. Butunlay laktozaning muhitdan o’chirilishi, uning repressorga bo’lgan ta’sirini kamaytiradi. Natijada repressor faol bo’lib qoladi.

Repressor korepressor bilan birikib [ RK ] kompleksini hosil qilib operonning operator qismi bilan bog’lanib, transkriptsiyani (tormozlaydi) blokada qiladi. Natijada oqsil sintezlanmaydi sintez to’xtaydi.

B
oshqa operonlar – salbiy (repressorlar) va ijobiy (sAMF-KgFO kabi) boshqaruvchilarga javob beradilar. Bakteriyalarda o’ziga xos xususiyati mRNK ning yashash vaqti juda qisqa (ular tez parchalanib ketadilar), bu ularning oqsil naborini (to’plamini) tashqi muhitning keskin o’zgarishiga tezda moslashish imkonini beradi. Jumladan – oziqlanish sharoiti, kimyoviy va fizikaviy omillarga moslashadi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə