Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/122
tarix29.11.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#143073
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

tarixiy asosi
ta’lim-tarbiya masalalarini turli
tarixiy davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni xamda turli
pedagogik nazariyalar xaqidagi ma’lumotlardan iborat bo`lib, ular zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin xisoblanadi. Hozirgi
pedagogik texnologiyalar turli davrlarda boshlangan ishlar, olib borilgan taxlillar,
chiqarilgan xulosalar, mutafakkirlar bildirgan fikr-muloxazalarning rivojlantirilishi
asosida paydo bo`lib, takomillashib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning tarixiy
asosi uning o`ziga xos ildizlarini tashkil qilishini xisobga olgan xolda ularni
bilish va chuqur o`rganish kelgusi rivojlanish yo`llarini belgilashda muxim
axamiyatga ega.


16
Yuqorida aytilgan va boshqa asoslar umumlashtirilsa, har bir pedagogik
texnologiyaning o`z nazariy va amalii asoslari kelib chiqadi. Ular aloxida
maqsad, vazifalari, mazmuni, shakl, usul, vositalariga muvofiq belgilanadi.
Pedagogikada, o‘qitish texnologiyalari bilan biiga ta’limiy texnologiyalar ham
o‘rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektini bildirsa, o‘qitish
texnologiyasi jarayonga aloqador deb hisoblanadi, ya’ni ular orasida hali ham aniq
farqlar beigilanmagan.
Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ulaming
axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo'lishi lozim.
Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlaming
o‘zlashtirilishini, harakatlaming reflektivligini aks ettiradi va o‘z kasbiy faoliyatini
shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya Ta`lim beruvchiva talaba faoliyati bilan belgilanadi.
Faoliyatning bunday turlariga ko‘ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi
aniqlanadi.
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi:
-
konseptual asos,
-
ta’lim jarayonining mazmuni
-
texnologik jarayondan iborat bo‘ladi.
Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning:
- falsafiy,
- psixologik,
- ijtimoiy-pedagogik
- didaktik asoslashlami qamrab oladi.
Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining:
- umumiy va aniq maqsadlari,
- o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi.
Texnologik jarayon:
- o‘quv jarayonini tashkil etish,
- Ta`lim beruvchifaoliyati,
- talaba faoliyati,
- o‘quv jarayonini boshqarish usullari,
- o‘quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.
Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalami qanoatlantiradigan
mezonlarni belgilaydilar:
-
Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning
mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o‘zaro bog‘likligi,
yaxlitligani o‘z ichiga oladi.


17
-
Boshqaruvga asoslanganligi pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri.
U o‘quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash,
undagi o‘qitish metodlari va vositalari bilan o‘zgartirib turishdan iborat bo‘ladi.
-
Samaradorlik mezoni pedagogik texnologiyaning ta’lim jarayonining
konkret sharoitlarida olinadigan yo`qsak natijalami ko‘zda tutadi.
-
Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda
pedagogik texnologiyalami boshqa o‘quv yurtlarida qo‘llash imkoniyati
tushuniladi. Shunday qilib, oliy maktabda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi
murakkab va doimiy harakatdagi tizimni tashkil etadi. Bu tizimda bo‘lg‘usi
o‘qituvchining texnologik tayyorgarligi alohida o ‘rin tutadi. U bo‘lg‘usi
pedagogning intellektual rivojlanishi, faol o'qishi, ijodiy shaxsning rivojlanishi,
tafakkuming kasbiy yo‘nalganligini idrok qilish, o‘quv-bilish faoliyatini tashkil
etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillami amalga oshirish bilan bog‘langan.
Bo‘lg‘usi pedagogning texnologik tayyorgarligi, oliy o ‘quv yurtida
pedagogik texnologiyalami amalga oshirishni talab qiladi.
Pedagogik texnologiya fanining quyidagi asosiy tushunchalari mavjud:
1. Texnologiya – biror ishda mahoratda, jarayonda qo’llaniladigan yo’llar,
usullar majmuasi.
2. Pedagogik 
texnologiya

pedagogik 
va 
texnologik 
yondashuvlar
integrasiyasidir.
3. Pedagogik loyihalash – yaratilgan modelni dastlabki va yakuniy ko’rinnishda
ishlab chiqish va uni amaliy qo’llash darajasiga yetkazishdan iborat.
4. Pedagogik tizim –bir biribilan o’zaro bog’langan mo’ayyan munosabatda
bo’lgan elementlar bilan tasvirlangan yahlit ta’lim tizimidir.
5. Pedagogik innovasiya – pedagogik jarayonga yangilik kiritish.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə