Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 420,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.05.2023
ölçüsü420,02 Kb.
#114264
1   2   3   4
ijtimoiy-pedagogika-faniga-zaruriyat-va-uning-ahamiyati

 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
993 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi: 
Birinchidan, bugungi kunda ta’lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba’zi 
natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish 
yo‘llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga 
jamiyatdagi munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini 
uyg‘otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo‘lgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining 
o‘ziga xos ob’ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini, o‘zligini 
anglashi, hayotiy-axloqiy me’yorlarni o‘zida mujassam etishi jamiyatda shu 
ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan 
hamnafas yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi 
alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta’lim-tarbiyaning o‘zi ijtimoiy hodisa va 
pedagogik jarayondir. 
Ikkinchidan, ba’zi jamiyat a’zolarining ongidagi ma’naviy bo‘shliqning 
ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish 
kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik 
tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson 
shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy 
nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining 
biologik va sub’ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o‘z-o‘zini tarbiyaga olish, sharoitga 
moslashish, ma’lum ob’ektga yo‘naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini 
tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta’sir imkoniyatlari 
o‘zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qzini 
anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g‘ururini paymol 
qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda 
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, 
tafakkurini ijobiy tomonga o‘zgartirish ijtimoiy- ma’rifiy jarayonlar bilan bog‘liq 
bo‘lib. Uni ilmiy jihatdan o‘rganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning 
tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar o‘zbekistonlik olimlarning diqqat 
e’tiborini ham o‘ziga tortmoqda. 
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda 
davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari
yoshlarning ma’naviyatida ro‘y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, 
tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil 
O‘zbekistonda kechayotgan ma’naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni 
«pedagog so‘zi» bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo‘lib 



Yüklə 420,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə