Shayx muhammad sodiq muhammad yusufning elektron kutubxonasini yaratish


I BOB. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING YARATGAN ASARLARI TAHLILI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə6/27
tarix25.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
BMI Ubaydullayeva Dilafruz 691-17

I BOB. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING YARATGAN ASARLARI TAHLILI

1.1.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hayoti, ijodi va faoliyati


Yetuk alloma, mujaddid, mufassir, muhaddis, faqih, mutafakkir, murshid, zohid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘z zamonasida islom olamining yirik namoyandasi, ulkan arbob, SSSR Oliy Kengashining xalq deputati, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining sobiq muftiysi, mustaqil O‘zbekistonning birinchi muftiysi, ko‘plab xalqaro ilmiy muassasalar, diniy tashkilotlarning a’zosi, o‘zbekzabon xalqlarning diniy rahnamosi bo‘lgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1969 yili Buloqboshi qishlog‘idagi o‘rta maktabni tugatgach, 1970 yili Buxorodagi Mir Arab Madrasasiga o‘qishga kirdi. U paytda madrasadagi o‘qish 7 yillik bo‘lgan. Shayx Muhammad Sodiqni o‘sha kungacha hosil qilgan bilimi asosida bir yo‘la 5-bosqichga olishdi. Natijada u madrasani 3 yilda tamomladi. Uni darsda, ilmda ilg‘orligidan madarasadagi talabalar «peshqadam» deb atashardi. Muhammad Yusuf domla ham farzandining yaxshi ilm olishi, taqvoda mustahkam bo‘lishi uchun bor kuchini sarfladi. Hatto o‘g‘lini boshqalar oraqali maxsus kuzatib bordi. Shayx Muhammad Sodiq 1973 yili madrasadan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti (Oliy Ma’had)ga o‘qishga kirdi. Qabul imtihonidan yuqori baholarda o‘tgan Muhammad Sodiq institutga ham bir yo‘la 3-bosqichga qabul qilindi va uni ham 2 yilda a’lo baholarga bitirdi. U 1975 yili «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalida faoliyat boshladi. 1976 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining yo‘llanmasi bilan Liviyaning Tripoli shahridagi «Islomiy da’vat fakulteti» nomli dorulfununga o‘qishga kirdi. Shayx Muhammad Sodiq Liviyada butun dunyodan kelgan talabalar orasida ham eng tirishqoq va eng iste’dodli talaba sifatida namoyon bo‘ldi. U 1980 yili Liviya oliygohini eng yuqori ball bilan imtiyozli tamomlab, talabalar orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi va dorulfunun tarafidan moddiy mablag‘ bilan mukofotlandi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xaqidagi ma’lumotnomaga to‘xtalib o‘tsak, 1980 yilda o‘qishni tamomlab, Liviyadan O‘zbekistonga qaytib kelgach, quyidagi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatganlar:

  • 1981 yili Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi; 

  • 1982 yili Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektor muovini;

  • 1984 yili Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori vazifalarida ishladi. U institutda 1981 - 1989 yillar mobaynida tafsir, hadis, ulumi Qur’on, aqida fanlaridan dars berdi.

  • 1989 yili 6 fevralda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi muftiysi bo‘ldi;

  • 1989 yil dekabr oyida SSSR Oliy Kengashining xalq deputati etib saylandi;

  • 1993 yil iyun oyida muftiylik lavozimidan iste’foga chiqdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy faoliyatlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltirildi. Ilk maqolalari 1975 yili «Sovet sharqi musulmonlari» nashriyotida ishlagan kezlari nashr qilina boshlagan. 1991 - 1993 yillari «Tafsiri Hilol» nomli Qur’oni Karim tafsirining 28 - 30-juzlari hamda «Poklik iymondandir» kitobi, 1992 yili «Iymon» va «Shoyadki taqvodor bo‘lsak», 1997 yili «Islom musaffoligi yo‘lida» asarlari chop qilindi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘z yurtida 2001 - 2015 yillar orasida keng miqyosda ilmiy faoliyat olib bordi. Ko‘plab kitoblar, ovozli hamda tasvirli yozuvlarda ilmiy suhbatlar, mav’izalar, turkum darslar, ma’raka-yig‘inlardagi ma’ruzalari, xalqaro internet sahifasidagi 25000 dan ortiq turli mavzulardagi savol-javoblari bilan xalqning diniy savodi oshishiga, kishilarning sof Islomni anglashiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ilmiy asarlari sababli xalq orasidagi ko‘plab ixtilof va tortishuvlar barham topdi, hanafiy mazhabi mustahkamlandi, xatarli fitnalarning oldi olindi, qanchadan-qancha adashgan insonlar to‘g‘ri yo‘lni tuta boshladi, musulmonchilikdan bexabar odamlar o‘z musulmonchiligiga qaytdi, el orasida tinch-totuvlik, do‘stlik ruhi taraldi. Uning rahbarligida xalqaro internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sof islomiy sahifaga ilk bor asos solindi. Ushbu islom.uz sayti o‘zbek tilidagi eng faol va a’zosi eng ko‘p sahifa hisoblanadi. Islom.uz portali asosida turli yo‘nalishlardagi yigirmadan ortiq mustaqil sahifa yaratilib, ularning har biri o‘z mavzusida eng boy va eng faol saytlarga aylandi. U to‘qqizta hadis to‘plami tarjimasidan iborat «Oltin Silsila» hamda katta «Islom qomusi» loyihalari asoschisidir.
Ko‘p yillar davomida Toshkent islom instituti, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasida ishlab kelgan. So‘nggi yillarda islom ma’rifatiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar bilan shug‘ullangan. “Imon”, “Ixtiloflar haqida”, “Din nasihatdir”, “Sunniy aqidalar”, “Hadis va hayot”, “Tafsiri hilol”, “Oltin silsila” hadislar to‘plami kabi ko‘plab kitoblarning muallifi bo‘lib, mazkur asarlarning aksariyati turli tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan. Shayx hazratlari nafaqat diniy, balki ma'rifiy, tarixiy, axloqiy, ijtimoiy mavzularda 100 dan ziyod kitoblar yozgan. Uning hikmatli asarlari, suhbatlari, televideniye va matbuotdagi chiqishlari yurtimizdagi har bir xonadonga kirib borgan.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari rus tiliga ham tarjima qilinib, chop etilgan. «Тафсир Хилал »(Толкование Корана),« Хадисы и джизн »,« Иман, ислам, Коран »,« Суннитские верования »,« Дифференциация: принципы и решения »,« Васатия - образ жизни »», « Открытое послание »,« Истина о сути гадания »,« Заем и связь с ним вопросы »kabi kitoblar shular jumlasidandir.
Shuningdek, olimning asarlari ingliz, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yaqinda turk tiliga ham tarjima qilinib, nashrga tayyorlandi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblari keng ilmiy asosga ega bo‘lib, qo‘shni mamlakatlar, Rossiya va Yevropada ham o‘rganilmoqda.
Alloma juda qiyin va murakkab davrda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bo‘lib, diniy qadriyat va an'analar qayta tiklanishiga katta hissa qo‘shgan. Islom olamida ma'lum va mashhur bo‘lgan “Adabul mufrad”, “Muxtasarul Viqoya”, “Mazhablar – birlik ramzi”, “Mazhabsizlik – islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid'at” kabi kitoblarni o‘zbek tilida sharhlab, xalqimizga dinimizning asl arkonlarini yetkazgan.
Muftiy vazifasida u kishi xalqaro miqyosda ham keng faoliyat yuritib, ko‘plab islom mamlakatlari bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga erishgan.
O‘sha davrda butun sobiq Ittifoq bo‘yicha har yili bor-yo‘g‘i 20-30 kishi hajga borar edi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning sa'y-harakatlari natijasida sho‘ro hukumatining musulmonlarga nisbatan siyosati o‘zgarib, masjid va madrasalar ochilgan, haj ziyoratiga boruvchilar ko‘paygan. 1990 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 500 nafar musulmon ilk bor Toshkent shahri orqali haj ziyoratiga borishga muvaffaq bo‘ldi.
U kishining dunyo musulmonlari o‘rtasidagi obro‘-e'tibori juda baland edi. Bu ulug‘ vatandoshimiz Butundunyo mutafakkir ulamolari uyushmasining Ijroiya qo‘mitasi a'zosi, Butunjahon musulmon ulamolari xalqaro uyushmasi, Butundunyo Islom uyushmasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning, Iordaniya qirollik akademiyasining ham a'zosi edi. U kishi Misr Arab Respublikasining “Nil lavri” oltin nishoni, shuningdek, Rossiya, Liviya va boshqa davlatlarning ko‘plab yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgandi.
Davlati rahbari tashabbusi bilan islom dinining asl mohiyatini targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga qaratilgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning turli tillarda chop qilingan asarlari yosh avlod uchun ulkan tarbiya va ibrat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qator xalqaro islom tashkilotlari, jumladan:
- Makka shahridagi Islom olami uyushmasining ta’sis majlisi a’zosi;
- Dunyo tasavvuf uyushmasi a’zosi;
- Dunyo musulmonlar ulamolari kengashi a’zosi;
- Islomobod shahridagi Butundunyo islom uyushmasi a’zosi;
- Dunyo masjidlari uyushmasi a’zosi;
- Iordaniyadagi Oli Bayt tashkilotiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a’zosi hisoblangan edi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga atab quyidagi shahar, ko‘chalarda masjid va madrasalar qurilgan. Bular quyidagilar:

  • Koreya Respublikasining Kojedo shahrida uning nomiga masjid qurilgan.

  • Checheniston poytaxti Grozniydagi ko'chalardan biriga uning nomi berilgan.

  • Qozogʻistonning Chimkent shahrida uning nomiga masjid qurilgan.

  • Moskva viloyati Balashixa tumanida shayx nomi bilan ayollar va erkaklar madrasasi tashkil etilgan.

  • Toshkent shahrining Chilonzor tumanida uning nomi bilan masjid qurilgan.

1.2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning asarlari klassifikatsiyasi



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə