«Bilim» axborot-kutubxona markazi



Yüklə 342,54 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.07.2018
ölçüsü342,54 Kb.
#59044


«Bilim»  axborot-kutubxona markazi 

Axborot-bibliografiya bo’limi 

 

 

 



Sanalar    labirintida 

Isaak Nyuton 

(1643-1727) 

375 yilligiga bagishlangan 

 

                                         



 

 

E S L A T M A 



 

 

 



Toshkent – 2018 


 

Isaak Nyuton - (

ing


 Sir Isaac Newton) Ingliz fizigi 

va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak 

Nyuton  tarixdagi  eng  mashhur  olimlardan  biri. 

Nyuton 


1643 

–yil 


4-yanvarida 

Angliyaning 

Linkolnshir  shahrida  fermer  oilasida  tug’ildi.  U 

Kembrij  universitetining  matematika  fakultetiga 

o’qishga  kirdi  va  uni  1665-yil  tamomladi.  O’sha  yili 

chuma epidemiyasi kasalligi keng tarqala boshladi va 

bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada 

universitet  yopildi.  Keyinchalik  Nyuton  o’z  shahri 

Linkolnshirga qaytdi. 1668 yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so’ng u 

Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga  boshchilik qila boshladi. 1672 

yilda  u  London  Qirollik  jamiyatining  a’zosi  qilib  saylandi,  1703  yilgacha  esa  uning 

prezidenti  bo’ldi.  Isaak  Nyutonning  ilm-  fanga,  xususan  matematika,  fizika  faniga 

qoshgan  hissasi  benihoyat  ulkandir.  U  fizika  va  matematika  fanlariga  juda  ko’plab 

qonunlarni  va  teoreyalarni  kiritdi.  Harakat  va  tortishish  qonunlarini,  butun  olam 

tortishish qonuni, yorug’lik qonuniyatlari, yorug’likning tarqalishi ni o’rgandi. Nyuton 

matematik hisoblarni qo’llab ko’p asrlik muammo bo’lgan koinotdagi samoviy jismlar 

harakati  muammolarini  hal  etdi  .  Yerning  tortish  kuchi  borligini  isbotladi, 

Aytishlaricha  uning  bu  boradagi  izlanishiga  sabab:  daraxt  tagida  o’tirganda  boshiga 

olma  tushgani  ekan.  O’zi  kashf  qilgan  butun  olam  tortishish  qonunini  Nyuton 

muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U 

ishlab  chiqqan  mexanika  va  fizikaning  asosiy  vazifalari  zamonasining  ilmiy 

muammolari bilan uzviy bog’langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik 

asboblarning  kamchiliklarini  bartaraf  qilishga  qaratilgan  edi.  ―Yorug’lik  va 

ranglarning  yangi nazariyasi‖ (1672) nomli optikaga  oid  qarashlarini  bayon  qildi.  Bu 

ish qizg’in bahsga sababchi bo’ldi. Nyutonning yorug’lik tabiati haqidagi korpuskulyar 

qarashlariga  ingliz  olimi  R.Guk  qarshi  chiqdi.  U  vaqtda  Nyuton  yorug’lik 

haqidagikorpuskulyar va to’lqin tasavvurlarni o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a surdi. 

1704-yilda  nyuton  o’zining  ko’plab  mehnati  natijasida  yozgan  ―Optika‖  deb 

nomlangan  kitobini  chiqardi.  Unda  yorug’likning  xususiyatlari,  uning  tarkibi, 

umuman olganda bu kitob optikaga bag’ishlangan edi. Nyutonning optika sohasidagi 

tajribalaridan  biri,  u  quyosh  nurini  shisha  prizma  orqali  qorong’i  xonaga  o’tkazib 

spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug’lik tarkibida 7 xil rang 

mavjud  ekan.  Nyuton  barcha  sayyoralar  quyosh  atrofida  aylanishini  ilmiy  ravishda 

isbotlab,  Keplerning  sayyoralar  harakati  haqidagi  qonunlarini  tasdiqladi.  Nyuton 

matematika  faniga  ko’plab  qonunlar  kiritdi,  masalan,  kombinatorika  elementlari, 

guruhlash,  yoki  sonlarni  o’rnini  almashtirishdagi  usullar  soni  va  hokazolarni  fanga 

kiritdi.  Aytishlaricha,  Nyuton  yoshligidan  o'ta  kamgap  inson  bo'lgan  ekan.  hech 

qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush ko'rmas ekan.

 

NYUTON  (Newton)  Isaak  (1643.4.1,  Vulstorp  —  1727.31.3,  London; 



Vestminsterda  dafn  etilgan)  —  ingliz  olimi,  hozirgi  zamon  tabiatshunosligi 

asoschilaridan  biri. London  Qirollik jamiyati a’zosi (1672 yildan) va uning prezidenti 




(1703 yildan). Kembrij un-tini tugatgan (1665). Ilmiy ishlari uchun unga lord unvoni 

berilgan (1705). 

Nyuton  mexanika  va  astronomiyaning 

nazariy  asoslarini  yaratdi,  butun  olam 

tortishish  qonunini  ochdi,  differensial  va 

integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, ko’zguli 

teleskopii  kashf  qildi.  U  optikaga  oid  muhim 

eksperimental  ishlar  muallifi.  "Yoruglik  va 

ranglarining  yangi  nazariyasi"  asarida  (1672) 

yorug’likning korpusku-lyar tuzilishi haqidagi 

gipotezani  ilgari  surgan.  Nyuton  "Optika" 

asarida  (1674)  yorug’lik  aberratsiyasi,  interferensiya,  yoruglikdagi  dispersiya, 

difraksiya,  yorug’likning  qutblanishi  va  boshqa  hodi-salarni  yoritgan.  U  birinchi 

boʻlib  yorug’likning  to’lqin  uzunligini  o’lchagan.  Nyuton  "Natural  filosofiyaning 

matematik  negizlari"  ("Negizlar";  1687)  Nyutonning  eng  muxim  ilmiy  asari 

hisoblanadi. U bu asarida o’zidan ilgari o’tgan olimlar (G.Galiley, R.Dekart, I.Kepler, 

X.Gyuygens,  R.Guk,  E.  Gatey  va  boshqalar)  hamda  o’zi  erishgan  ilmiy  natijalarni  

umumlashtirgan  va  klassik  fizikaning  asosi  bo’lgan  Yer  va  osmon  mexanikasi 

sistemasini  yaratgan  va  osmon  jismlarining  harakat  nazariyasini  ishlab  chiqqan; 

klassik mexanikaning asosiy tushunchalari — massasi va zichligiga ekvivalent bo’lgan 

materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent boʻlgan harakat miqdoriga va kuchning har 

xil turiga ta’rif bergan; o’zining 3 mashhur "aksioma yoki harakat qonunlari": inersiya 

qonuni (Nyutonning birinchi qonuni), ta’sir va aks ta’sir konuni (uchinchi qonuni)ni 

ta’riflagan. 

Nyuton  barcha  sayyora  va  kometalarning  quyoshga,  yo’ldoshlarning  esa 

sayyoralarga ular orasidagi masofa kvadratiga teskari boʻlgan kuch bilan tortishishini 

asoslab bergan. U butun olam tortishish qonunidan Kepler qonunlari kelib chiqishini 

isbotlagan. Nyuton bu asarida Oy harakatining o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirgan, 

shuningdek,  Yer  shakli  va  uning  harakatiga  oid  xususiyatlarni  aniklagan.  U 

gidrostatika  va  gid-rodinamikaning  ba’zi  masalalarini  qayta  ishlab  chiqqan;  muhit 

(gaz va su-yuqlik)dagi jism harakatini shu muhitning aralashish tezligiga bog’liq holda 

tekshirgan. 

Nyuton  ilgari  surgan  tabiatshunoslik  masalalari  butunlay  yangi  matematik 

usullarni ishlab chikishni talab etardi. U differensial va integral hisob asoslarini ishlab 

chiqqan,  differensial  va  integral  hisobning  o’zaro  teskari  harakterga  ega  ekanligini 

kashf qilgan, cheksiz qatorlar sohasida yangilik yaratgan.  Nyuton va undan mustaqil 

ravishda  G.Leybnits  tomonidan  yaratilgan  differensial  hisob  va  integral  hisob  mat. 

taraqqiyotida yangi bosqich bo’ldi. Nyuton binomi formulasini ixtiyoriy ko’rsatkichga 

umumlashtirgan,  hisoblash  mat.si  sohasida  tenglamalarni  taqribiy  yechish  usuli  va 

interpolyasiya formulasini topgan. Uning algebra va geom.ga oid boshqa ishlari ham 

muhim. Nyuton fizika va kimyoning ko’p sohalariga katta ta’sir ko’rsatdi. Ba’zi optik 

va kimyoviy hodisalarni tushuntirishda Nyuton mexanik modellardan foydalandi. 




 

Adabiyotlar: 

 

Nyuton Isaak (1643-1727) [Matn] // Bolalar ensiklopediyasi / Tuzuvchilar N. 

Abdiyev,  I. Abdullayeva, M. Abdullayeva va boshq. – 3nashri. – Toshken: O’zbekiston 

Milliy ensiklopediyasi, 2007. – B. 345-346. -  ISBN 978-9943-07-013-4 

 

Isaak Nyuton (1643-1727) [Matn]  // Yosh fizik entsiklopedik lug’ati : o’rta va 

katta yoshdagi maktab o’uvchilari uchun / Maxsus muharrirlar: A. A. Abdurazzokov, 

E. N. Nazirov. – Toshkent: O’zbek Sovet Entsiklopediyasi Bosh redaktsiyasi, 1989. - B. 

215-216. –5-89890-009-X 



        И. Ньютон (1643-1727).  О началах механики. Об оптике [Текст] / Г. 

М.  Голин,  С.  Р.  Филонович    //  Классики  физической  науки    (с  древнейших 

времен до начала ХХ в.) : справочное пособие. -  Москва: Высшая школа, 1989. – 

С. 143-145. – ISBN 5-06-000058-3  



Ньютон  Исаак  [Текст]  /  Ю.  А.  Храмов  //  Физики:  биографический 

справочник. – 2-е изд., испр. и доп. – Москва: Наука. – С. 199-200.  



 

Ньютон  [Текст]  /  П.  С.  Кудрявцев  //  Курс  истории  физики:  учебное 

пособие для студентов. – 2-е изд., испр. и доп. – Москва: Просвещение, 1982. – 

448 с., ил.                           

Ma’lumotlar: 

Isaac Newton 

[electron resursi] // Vikipediya, ochiq ensiklopediya. - URL:

 

https://uz.wikipedia.org/wiki/Isaac_Newt



 

Isaak Nyuton (1643-1727)

 [electron resursi]. -URL: http://hozir.org/isaak-

nyuton-1643-1727.html

 

 

 



 

                                                   



 

   

Yüklə 342,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə