Sh. Sh. Shodmonov


Pulning tabiatini tushunishga bo‘Igan turlicha



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

1.3. Pulning tabiatini tushunishga bo‘Igan turlicha
konseptual yondashuvlar
Hozirgi raqobat kurashi tobora kuchayib borayotgan sharoitda 
pulning mohiyati, pul muomalasi va uning qonuniyatlarini ilmiy-nazariy 
jihatdan o'rganish, tahlil etish va ommaga yetkazish nafaqat iqtisodiyot 
uchun, balki hayot uchun ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Pulning ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatidagi mohiyatini iqtisodiyot 
nazariyasida to'plangan boy ilmiy yondoshuvlarni tahlil qilish asosida 
o'rganishga to'g'ri keladi.
Chunki pul to'g'risidagi nazariyada turlicha yondashuvlar va qa- 
rashlar mavjud bo'lib, ular o'rtasida umumiylik yo'q. G 'arb iqtisod- 
chilarining pul ta ’rifi haqidagi asarlarida doimo tadqiqot obyekti, uning 
mohiyati va shakllari, tashqi belgilarini yetarlicha aniq tushunmaslik 
seziladi. Xususan, pulning konseptual tabiati ko'pincha turli tarixiy 
davrlarda pulning muayyan shakllari haqidagi masalalar bilan almashadi. 
Birinchi o'ringa turli pul agregatlarini loyihalashtirish muammolari, 
pul to'lovlari zaxirasining elementlar tarkibi haqidagi muammolar 
chiqadi.
Shu sababli, uning to'g'ri mazmunini ko'rsatib berish uchun pul 
to'g'risidagi asosiy nazariyalarni o'rganib, tahlil etiladi.
Pulning mohiyati haqidagi nazariyada uch asosiy yo'nalishni ajratib 
ko'rsatish mumkin: metallistik, nominalistik va miqdoriy.
15


M etallistik pul 
nazariyasi pulni qimmatbaho metallar, oltin va 
kumush 
b ila n
izohlaydi va XVI—XVIII asrlarda kapital dastlabki 
Jam g'arilishi davrida 
rivojlangan, bu nazariya namoyondalari (Angliyada- 
U. Stafford, 
T. Men, D. Nors; Fransiyada- A. Monkreten) tangalarning 
ycm irilishiga 
qarshi chiqib, metallaming barqaror muomalada bo‘lishini 
yoqlab 
chiqishdi. Ular pullarning mohiyatini asl metallaming ijtimoiy 
xususiyatlari emas, balki tabiiy xususiyatlari bilan bog‘lashgan, pullarga 
ytimoiy, ishlab chiqarish munosabati sifatida qarashmagan, balki ularni 
buyum deb bilishgan. Shuning uchun ular pullarning to ‘laqonli 
tangalarni talab qiladigan funksiyalarini, ayniqsa, jahon puli va xazinalar 
funksiyalarini mutloqlashtirishgan.
Nominahstik pul nazariyasi XVII—XVIII asrlarda pul muomalasi 
to'la qiymatli bo‘lmagan tangalar bilan olib borilganda shakllandi. 
Nominalizmning birinchi namoyondalari ingliz J. Berkli, J. Lokk va 
J. Styuartlar bo'lishgan. Ularning nazariyasi uchun pullar — bu faqat 
tovarlar ayirboshlanishiga xizmat qiladigan ideal hisob birliklari, m ah­
sulot, davlat hokimiyatining natijasi, pulning asosiy vazifasi to‘lov 
vositasi vazifasidir deb tushunish xarakterli edi, nominaUstlar pullarni 
texnik almashuv quroli sifatida o‘rganib, uning qiymat tabiatini to‘hq 
inkor qilishgan.
Fikrimizcha, nominalistlarning pul tartib o‘rnatishdan iboratligi 
haqidagi fikri mutlaqo noto‘g‘ri, chunki haqiqatda pul stixiyaviy ravishda 
kishilarning xohish-irodalariga bog'liq bo‘lmagan holda davlat paydo 
bo'lgunga qadar, ayirboshlashning rivojlanishi jarayonida paydo bo‘ldi. 
Pulning mohiyatini uning to‘lov vositasi vazifasidan keltirib chiqarishga 
urinish ham asossizdir
1929— 1933-yillardagi iqtisodiy tanazzul davrida nominalizm yanada 
rivojlandi va oltin standartidan voz kechishni oqlash uchun nazariy 
asos sifatida tanildi. J.M. Keyns («Pul haqida traktat», 1930-y.) oltin 
pullarni «yovuzlik qoldiqlari», «Aravaning beshinchi g‘ildiragi», deb 
e’lon qildi1. Oltinga nisbatan elastikroq bo'lgan qog‘oz pullarni u ideal, 
deb hisoblaydi va ular jamiyatning doimiy gullab-yashnashini ta’min- 
lashlari kerak, deb ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarning oltinni muomaladan 
siqib chiqarishiga u pulning oltindan ustunligi va nominalizmning 
g‘alabasi sifatida qaraydi.
Shunday qilib, nominalizmning barcha ko‘rinishlariga bir xil kam- 
chiliklar xosdir: pulning tovar sifatidagi kelib chiqishini tan olmaslik,

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə