Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

ко ‘p asrlik iqtisodiy
fik r tarixi orqali
o'tadi. Biroq bu sohadagi ulkan tadqiqotlarga qaramay, 
pul tabiati masalalari hozirgacha qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. 
Bugungi kunda pulning nima ekanligi va takror ishlab chiqarish aloqalari 
tizimida qanday o ‘rin tutishi haqidagi aniq ilmiy tasaw ur yo‘q. Pulning 
ta ’rifi haqidagi nazariy munozaralar zamonaviy adabiyotlarda ularning 
«empirik to‘lidirish» masalalari bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Bunday 
holat urushdan keyingi yillarda ro‘y berayotgan pul-kredit mexanizmi 
strukturasidagi jiddiy o‘zgarishlar bilan asoslanadi. To‘lov aylanmasida 
naqdsiz hisob-kitob va kredit bitimlarining har xil turlari tobora keng 
tarqalmoqda, ular banknotalar hamda boshqa naqd to ‘lovlari o ‘rnini 
' bosmoqda va yangi to ‘lov vositalariga ehtiyojni qisqartirmoqda. Pul 
muomalasi va pul kapitalini jamg‘arish sohasi o ‘rtasidagi chegaralar 
qisqarib ketmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda keng tarmoqli bank-kredit institutlarining 
mavjudligi faol muomalada bo‘lgan pullarni tezlik bilan jamg‘armalarga
/
14


aylantirish va buning aksi bo'lgan jarayon uchun keng imkoniyatlar 
yaratmoqda. Bunga moliyaviy yangiliklar jarayoni, oxirgi yillarda yangi 
pul bozori vositalari va gibrid bank schyotlarining paydo bo‘lishi xizmat 
qiladi, bu yerda pul bir vaqtning o'zida daromad keltiradi va tovarlar 
uchun hisob-kitob vositasi bo'lib xizmat qila oladi. Bularning barchasi 
pul tushunchasining aniqligini pasaytirib, pul va «pul emas» o'rtasidagi 
chegaralami yo'q qiladi.
Kompyuter texnikasi va zamonaviy telekommunikatsiya vositalari 
tizimini keng qo'llagan holda bank operatsiyalari va hisob-kitoblarni 
amalga oshirish texnologiyasining o'zgarishi xuddi shu yo'nalishda davom 
etmoqda. To'lovlami amalga oshirishning mehnat sig'imini qisqartirish 
hisob-kitoblarni tezlashtiradi, pul massasiga ehtiyojni kamaytiradi. Shu 
sababli ko'plab mualliflar «cheksiz va naqd pulsiz jamiyat» paydo bo'lishi 
istiqbollarini jiddiy muhokama qiladilar, bu ham pul ta’rifi haqidagi 
mulohazalarga dolzarblik baxsh etadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə