Sh. Sh. Shodmonov


Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari bo‘yicha



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

1.2. Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari bo‘yicha
nazariy tadqiqotlaming kuchaytirilishi
Pul — rivojlangan bozor xo‘jaligining zarur elem enti b o ‘lib, 
konyunktura holati va iqtisodiy siklning borishiga doimiy hamda jiddiy

ta ’sir ko'rsatadi. Pul tizimi xalq xo'jaligi organizmida «moddalar
12


almashuvi»ni ta’minlaydi, katta hajmdagi tovarlar 
vu pul 
massasi hara- 
kitini bilvosita ifodalaydi, davlat moliyasi va kredit kanallari orqali 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishini rag'batlantiradi.
Pul tahlilini faollashtirish bu mavzudagi nashrlar sonining keskin 
o ‘sishi, pul-kredit muammolari bilan shug'ullanuvchi iqtisodchilar 
doirasining kengayishi, pul mexanizmining faoliyatiga e ’tiborning ku- 
chayishi, pulni modellashtirish usullarini ishlab chiqish va hokazolarda 
namoyon bo‘ladi. Pul haqidagi fan eng dinamik va ommaviy iqtisodiy 
fanlardan biriga aylandi.
G ‘arb mamlakatlarida iqtisodiy nazariyaning II jahon urushidan 
keyingi rivojlanishi pulning faoliyat ko'rsatish muammolariga qiziqish- 
ning tobora o ‘sib borishi uchun xarakterlidir. Bu sohadagi tadqiqotlar- 
ning jonlanishi XX asrning 50-yillarida boshlangan bo‘lib, «pul renes- 
sansi» yoki «pulni takroran kashf etish» deb nomlangan. U paytda 
g‘arb mamlakatlarining pul-kredit tizimi ikkinchi jahon urushini moliya- 
lashtirish uchun pul emissiyasi va ssuda kapitali bozoridan keng foyda- 
langan davlat budjet organlari vasiyligidan chiqa boshladi. Markaziy 
banklar ko'proq mustaqillikka ega bo‘ldi va pulning xarid qobiliyatini 
mustahkamlash uchun shiddatli vositalardan foydalana boshladi. Biroq 
moliya-kredit tizimini to‘liq barqarorlashtirishning uddasidan chiqilmadi. 
G ‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligi pul muomalasining surunkali 
yetishmasligiga duch kelgan bo‘lib, bu inflatsiya bosimining vaqti- 
vaqti bilan kuchayishi, ssuda kapitali bozorining beqarorligi, foiz stav- 
kalarining keskin tebranishi, valuta muammolari va hokazolarda na­
moyon bo'Idi. Shunday qilib, pul muammolariga g‘arb nazariyotchilari 
ko‘rsatgan kuchli e’tibor asoslangan hisoblanadi.
Bugungi kunda pul va pul siyosatining nazariy muammolari g‘arb 
iqtisodiy fikr namoyondalari o ‘rtasida qizg‘in munozaralar va raqobat 
maydoniga aylangan. Chunki xo‘jalik rivojlanish sur’atini rag‘batlantirish 
va iqtisodiy konyunkturani kundalik boshqarish vositasi sifatida pulni 
tezkor qo‘llashni ifodalovchi 
keyns
yondashuvi va pul sohasidagi avto- 
matik bozor stabilizatorlari harakatini qiyinlashtiradigan iqtisodiyot- 
dagi ziddiyatlar va disproporsiyalarni qoralovchi 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə