«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə13/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasb-hunar to‘g‘risida
2. XI asrning buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib kasb-hunar to‘g‘risida
3. Ibn Sino kasb-hunar to‘g‘risida
4. XX asrning etuk ma’rifatparvari Abdulla Avloniyning kasb-hunar haqidagi fikrlari
5. «Avesto»da yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishga oid qarashlari.
6. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to‘g‘risida
7. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida kasb-hunar haqida
3-mavzu. Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari
Reja:
1. Kasbning psixologik mohiyatini ochishda fanlararo integratsiyaning mohiyati.
2. Kuzatish, suhbat, intervyu
3. Varaqalar, testlar, tarjimai hol
4. Eksperiment, mehnat mahsulini tahlil qilish va boshqalar.


Tayanch so‘zlar: kasb psixologiyasi, Stenford-Bine shkalasi, metodlar, sotsiogramma, anketalar, empirik (amaliy) metodlar, ijodiy faoliyat.


1. Kasbning psixologik mohiyatini ochishda fanlararo integratsiyaning mohiyati.
Metod so‘zi – yunoncha methodos bo‘lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo‘l, usul so‘zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo‘llaniladi. Ushbu mavzuda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashdagi qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so‘z boradi.
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud:
1. Longityud
2. Kesimli
Longityud metodi – ma’lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko‘ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o‘rganishni nazarda tutadi. Kesimli metod – ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o‘tayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o‘tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo‘llaniladi. Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro‘ orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot usulari kelib chiqishiga ko‘ra umumpsixologik ko‘rinishga ega, lekin spetsifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o‘z navbatida shakllanib bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo‘llash o‘ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo‘llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqotlar metodlarining to‘liq tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma’lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro‘yxati beriladi.
Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi.
1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya’ni tashkiliy metodlar.
2. Dalillar to‘plash, ilmiy ma’lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar (usullar).
3. Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari
4. Interpretatsion metodlar (usullar).
Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi:
1. Sub’ektiv metodlar (o‘zini o‘zi kuzatish);
2. Ob’ektiv metodlar (kuzatishning xar xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so‘rovnomalar).
Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikatsiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o‘tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o‘z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko‘pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o‘lchash, tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə