Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#135240
1   2   3   4   5
Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv Ermatov Doniyor

Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo’jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o’zaro bog’liq bo’lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo’jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o’zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta‘sir etadi.
1494 yilda Italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to’g’risidagi traktatida» (lot. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o’zida
«bermoq» va «ega bo’lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va
«ega bo’lmoq» schyotlarning summalarining yig’indisi o’zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikki yoqlama yozuv vositasida schyotlar o’rtasidagi paydo bo’lgan o’zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o’tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo’ladi.

Oddiy buxgalteriya provodka(o’tkazma)si deb, ma‘lum bir xo’jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.

Murakkab buxgalteriya provodka(o’tkazma)si ma‘lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə