Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv


Buxgalteriya hisobi schyotlari–



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#135240
1   2   3   4   5
Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv Ermatov Doniyor

Buxgalteriya hisobi schyotlari–aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo’yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish usulidir.
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo’lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo’ljallangan schyot bo’lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig’i va ko’payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo’yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo’ljallangan schyot bo’lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig’i va ko’payish schyotining krediti bo’yicha, kamayish esa debet bo’yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog’lik bo’lgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog’lik bo’lgan passiv schyotning saldosidan chegaraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo’lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balansli schyotlar deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo’yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo’lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo’lgan, aktivlarni bori va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo’ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o’zaro bog’lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
Sintetik schyotlar xo’jalik mablag’lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko’rinishidagi ma‘lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo’ljallangan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə