Sanoat pechlari


-rasm. Elektro filtrning sxemasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə16/17
tarix26.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#107026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Sanoat pechlari

13-rasm. Elektro filtrning sxemasi.
Ho‘l inertsion kul tutgichlar (12-rasm; b) ham inertsiya kuchidan foydalanish asosida ishlaydi. Forsunka orqali yuboriladigan suv qobiq devorlarida yupqa parda hosil qilib to‘xtovsiz oqib turadi va kulni yuvadi.
Tutilgan kul va kir suv qurilmaning pastki qismidan, tozalangan gaz esa yuqori qismidan atmosferaga chiqib ketadi. Bunday turdagi kul tutgichlarda tutun gazlarining tozalanish darajasi 85 – 90 % yetadi. Elektr filtrlarda gazlarning yuqori kuchlanishli tok ta’sirida ionlashishidan hosil bo‘lgan zaryadlarni ajratish xususiyatidan foydalaniladi (13-rasm).
Changli gaz po‘lat silindr (musbat qutb) va nixrom sim (manfiy qutb) o‘rtasida hosil bo‘lgan elektr maydonidan o‘tadi. Yuqori kuchlanishli elektr maydon ta’sirida tutun gazlari ionlashadi. Kulning asosiy massasi manfiy zaryadlanib silindr devoriga tortiladi, kulning ozroq qismi musbat zaryadlanib simga tortiladi. Elektrofiltrni vaqti vaqti bilan silkitib(kuchlanish ajratib qo‘yilib) elektrofiltrlar kuldon tozalanadi. Elektr energiyasining sarfi katta emas (1000 m3 gazga 0,15 KVt) , lekin yuqori kuchlanish (90 ming V gacha) elektrofiltrlar bilan ishlashda nixoyatda extiyot bo‘lishni talab etadi. Kombinatsiyalangan kul tutgichlar ikki bosqichli bo‘lib, ko‘p hollarda batareyali siklondan ( birinchi bosqich) va elektrofiltrdan (ikkinchi bosqich) tashkil topgan bo‘ladi. Kul tutgichlarning samaradorligi tozalik koeffitsienti orqali baxolanadi:

 = Sk/S0100%,


Bu yerda Sk, S0 – mos ravishda kul tutgichdan keyingi va kul tutgichdan oldingi gazlardagi kul miqdori.


Suv tayyorlash asoslari


Qozonlarga suv tayyorlab berishdan asosiy maqsad qozonga uzatiladigan suvni qayta ishlash yo‘li bilan uning fizik xossalarini yaxshilash, qozon agregatining ish unumini va samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat. Ma’lumki , tabiatdagi suvda turli-tuman kimyoviy elementlar va ularning tuzlari erigan holda uchraydi. Bularga erigan gazlar (kislorod va karbonat angidrid ), mineral tuzlar, organik moddalar, qattiq (qum) zarralar kiradi. Suvda erigan gazlar metallni tezda zanglatadi, qattiq zarralar issiqlik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi, erigan kalptsiy va magniy tuzlari suvning qaynash jarayonida qozon devorlarida qasmoq hosil qiladi.


Qozon agregatlarida ishlab chiqarilgan bug‘ iste’molchidan kondensat xolida qaytadi, lekin kondensat miqdori odatda, ishlab chiqarilgan bug‘ miqdorlaridan oz bo‘ladi. Kondensat isrofi mashinasozlik korxonalarida 20 % ni, kimyo sanoatida 40 % ni, neftni qayta ishlash zavodlarida 50% ni tashkil qiladi. Isitish qozonlarida kondensatni iste’molchidan qaytmasligi bir necha foizdan 100% gacha o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari suvning ma’lum bir qismi (5-7%) barabandan puflab chiqariladi. Kondensat va suv isroflari qo‘shimcha suv bilan to‘ldiriladi. Bu suv qozon agregatiga yuborilishdan oldin tegishli tarzda tayyorlanadi. Dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan suvni qo‘shimcha suv, kondensat va qo‘shimcha suv aralashmasini ta’minlash suvi, qozon konturida aylanayotgan suvni qozon suvi deyiladi.
Qozon agregatining mo‘’tadil ishlashi ta’minlash suvining sifatiga bog‘liqdir.
Suvning sifatini quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar tavsiflaydi: tiniqlik, muallaq zarralar miqdori, quruq qoldiq, tuz miqdori, oksidlanuvchanlik, qattiqlik, ishqorlilik, erigan gazlar (CO2 va O2) miqdori. Tiniqlilik suv tarkibidagi muallaq mexanik zarralar va kolloid aralashmalar bilan tavsiflanadi, muallaq zarralar miqdori esa suvni qattiq erimaydigan aralashmalar bilan ifloslanish darajasini belgilaydi. Muallaq zarralar miqdori mg/l da belgilanadi. Quruq qoldiq – bu suvni qaynatib bug‘lantirib va 110 – 120 S da quritilgandan so‘ng qolgan qoldiq. Qoldiq tarkibida suvda erigan mineral va organik moddalar bo‘ladi. Suvdagi kation va anionlarning umumiy miqdori suvdagi tuz miqdorini belgilaydi. Oksidlanuvchanlik suvdagi organik aralashmalarning kontsentratsiyasini belgilaydi. Suvning qattiq yoki yumshoqligi uning tarkibidagi kalptsiy va magniy tuzlari (Ca(HSO32, Mg(HSO3)2, Ca SO4, Mg SO4, Ca Cl2,Mg Cl2 va x.k.) miqdori bilan belgilanadi.
Qozon agregatining ishlashida qozon suvida muntazam ravishda zararli aralashmalar to‘planib boradi. Suvda erigan aralashmalar (tuzlar) bug‘ hosil bo‘lish jarayonida cho‘kmaga tushadi va qozonning ichki yuzasiga quyqa va shlak tarzida o‘tirib, issiqlik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi, bu esa devorning o‘ta qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Suvning qattiqligini pasaytirish (yumshatish) uchun qozonlarga suvni uzatishdan avval, unga soda, natriiy fosfat, ayrim hollarda boshqa tuzlar qo‘shiladi.
Suvdagi kalptsiy va magniy kationlari fosfatlarning ionlari bilan bog‘lanadi va kam eriydigan tuzlar hosil qilib qozon tubiga cho‘kadi va suv yumshaydi.
Qattiq mexanik aralashmalardan suvni tozalashda tindirish, filtrlash usullaridan keng foydalaniladi. Qozon barabanida suvning aralashmalar bilan ifloslanishi natijasida ko‘pik hosil bo‘ladi. Ko‘pik parchalari suv yuzasiga qalqib chiqib, o‘zi bilan birga zararli araashmalarning ko‘p qismini ilashtirib chiqadi. SHunday qilib, tuzlarning maksimal kontsentratsiyasi qozon suvining yuqori qatlamlarida hosil bo‘ladi. Suvning yuqori qatlamlarini yo‘qotish uchun barabanga qator teshiklar bor quvur joylashtiriladi va shu quvur orqali yuqori qatlamdagi suv olinadi (puflanadi).
Barabandan puflab chiqarilagan suv separatorga yuboriladi. Separatorda suv qaynaydi va uning bir qismi bug‘ga aylanadi, bug‘ esa qurilmaning umumiy tizimiga o‘tadi. Tozalash suvining qolgan qismi texnik kanalizatsiyaga tushirib yuboriladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə