Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


-BOB. O‘LCHASH VOSITALARI VA TIZIMLARI



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

1-BOB.
O‘LCHASH VOSITALARI VA TIZIMLARI 
1.1. O‘lchash haqida umumiy ma’lumotlar 
O‘lchashlar inson faoliyatining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, hayotimizni 
o‘lchashlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtijoy juda qadim 
zamonlarda, insonlarning kundalik hayotidagi ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. 
Kishilar o‘zaro tovar ayirboshlashda, hisob-kitob ishlarini bajarishlarida biron 
narsaga asoslangan o‘lchovlardan foydalanishgan.
Eng qadimgi o‘lchash birliklari – 
antropometrik
, ya’ni insonning muayyan 
a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan.
Ko‘pchilik xalqlarda, shu jumladan bizning xalqimizda ham uzunlik 
o‘lchovi sifatida inson tanasining biron a’zosiga, asosan, oyoq va qo‘lga moslikka 
asoslangan o‘lchash birliklari qo‘llanilgan. Masalan, barmoq, gaz, tutam, qarich, 
quloch, fut, dyum kabilar. 
Quyida ayrim birliklarning ta’rifini keltirib o‘tamiz: 
Barmoq
– o‘rta barmoqning eniga mos uzunlikdir (ba’zida 
angusht
deb ham 
yuritiladi).
Gaz
deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda aniqlangan: 
1)
uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan qo‘l yelkasigacha bo‘lgan masofa; 
2)
yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ko‘krak o‘rtasigacha 
yoxud burun uchigacha bo‘lgan masofa; 
3)
yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ikkinchi yelkagacha 
bo‘lgan masofa. 
Dyuym
– golland tilida 
katta barmoq
degan ma’noni anglatadi, bu birlik 
asosan Rossiya, g‘arb mamlakatlarida ishlatilgan. 
Milya
– lotin tilida 
ming qadam
degan ma’noni bildiradi, bu birlik Rossiya, 
Angliya, AQSh mamlakatlarida hamda xalqaro dengizchilik ishlarida qo‘llanilgan. 
Ba’zi bir o‘lchovlar tabiatda mavjud narsalarga taqqoslash asosida hosil 
qilingan. Masalan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida keng 
qo‘llanilib kelinayotgan o‘lchov birligi 
karat
(ushbu so‘z «nuxotcha» ma’nosini 
anglatadi), tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan o‘lchov birligi 
gran
(«bug‘doy doni» 
ma’nosini bildiradi) shular jumlasidandir. Vaqt o‘lchovi birliklari tabiat 



hodisalariga asoslanib hosil qilingan. Shunday o‘lchovlardan biri yerning o‘z o‘qi 
atrofida bir marta to‘liq aylanishining vaqt birligi sifatida qabul qilinishidir, bu 
birlikni biz 
sutka
deb ataymiz. Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida 
qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida 
yil, oy, soat
tushunchalari ishlatilgan. 
Keyinchalik Yerning o‘z o‘qi atrofida to‘la bir marta aylanishiga ketgan vaqtning 
1/86400 qismi sekund nomini olgan.
Ayrim o‘lchash birliklari kishilar tomonidan sun’iy ravishda hosil qilingan. 
Masalan, rus knyazi Svyatoslav Yaroslavich belidagi oltin kamaridan uzunlikning 
namunaviy o‘lchash vositasi sifatida foydalangan (1070 yillarda). Tarixiy 
ma’lumotlarga ko‘ra knyaz davriy ravishda bozor rastalarini oralab yurib, turli 
mato sotuvchilarining o‘lchovlarini kamari bilan taqqoslab turgan. Agar ular 
orasidagi tafovut belgilanganidan ortib ketsa, sotuvchini shafqatsiz jazolagan. 
Italiyada ham bu borada muayyan tartib belgilangan edi (o‘rta asrlarda). 
Cherkov va butxonalarda aniq sondagi marvarid donalari saqlanib, ulardan 
sochiluvchan (dispers) moddalarning hajm va massa birliklarini hosil qilishda 
foydalanganlar. 
Vaqt o‘tishi bilan savdo – sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi 
mobaynida o‘lchovlarga aniqlik kiritish, yangiliklarini hosil qilish, o‘zaro 
solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o‘nlab yangi va mukammalroq 
o‘lchash birliklari hosil bo‘la boshlagan. Asta – sekin xalqlararo, davlatlararo 
o‘lchash birliklari ta’sis etilgan (Yer meridianining qirq milliondan bir ulushi 
bo‘yicha – «metr», bir kub detsimetr suvning temperaturai 4 
o
C bo‘lgandagi 
massasi – «kilogramm» va hokazolar). 
Metrologiya fanining rivojlanishida Sharq mamlakatlarida, jumladan 
Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashab o‘tgan olimlarning o‘rni beqiyos 
ahamiyatga ega. VIII – XI asrlarda yashab ijod qilgan, ko‘plab fanlarning 
rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shishgan vatandoshlarimizdan al-
Xorazmiy, Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo 
Ulug‘beklar ana shunday buyuk va butun dunyo tan olimlardandir. Ular tomonidan 
o‘lchovshunoslik va o‘lchov birliklariga oid asarlar meros qilib qoldirilgan. 
Jumladan, al-Xorazmiy (783-850 y.y.) o‘zining “O‘lchashlar haqida” risolasida 



uzunllik, yuza, hajm kabi kattaliklarni hisoblash va o‘lchash usullari, ularni amalda 
qo‘llash tartiblari haqida ma‘lumotlarni berib o‘tgan. “Quyosh to‘g‘risida” nomli 
asarida esa vaqt yuqori aniqlikda o‘lchash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 
Buyuk allomalarimizdan biri bo‘lgan al-Farg‘oniy (taxm. 798 – 865 y.y.) 
tomonidan 861-yilda yaratilgan Nil daryosi sathini ko‘tarilishini o‘lchashga 
mo‘ljangan stah o‘lchash asbobi usha davr uchun olamshumul kashfiyot bo‘lgan 
edi. Ushbu asbobning qo‘llanilishi mamlakat miqyosida va kishilarning kundalik 
hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. Asbob yordamida daryo suvining sathi doimiy 
nazorat etib borilgan va shunga mos ravishda ekiladigan ekinlarning turlari 
tanlangan, mamlakat aholisiga solinadigan soliqlar miqdorini belgilash ishlari ham 
asbob ko‘rsatishiga asoslangan holda olib borilgan. Bu asbobning puxtaligi va 
o‘lchash aniqligi hozirgi zamonaviy o‘lchash asboblaridan juda kam farq qiladi. 
Metrologiya fanining, shuningdek o‘lchashlar sohasidagi bilimlarning 
rivojlanishida G‘arb olimlari va boshqa mamalakatlar olimlarining ham o‘rni 
hissasi kattadir. Ana shunday olimlar qatoriga italyan olimlari A.Volta va 
L.Galvani, lfniyalik fizik X.Ersted, rus olimi D.I.Mendeleyev, rus injener olimi 
O.M.Dolivo-Dobrovolskiy, rus fizigi A.G.Stoletov va boshqalarni kiritish mumkin.
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o‘lchamlarini 
muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat 
jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya 
yuzaga keldi. 
Metrologiya so‘zi ikkita grek so‘zi 
мефсон – o‘lchov
va
логож – fan
degan 
so‘zlarni anglatib, 
o‘lchovlar to‘g‘risidagi fan, o‘lchovshunoslik
demakdir. 
Metrologiya fani qadimiy fanlar qatoriga kiradi, chunki ushbu fanga oid 
dastlabki bilimlar juda qadim zamonlardayoq, insonlarning o‘lchashlarga bo‘lgan 
ehtiyojlari natijasida paydo bo‘la boshlagan.
Metrologiya fani shug‘ullanadigan masalalarga quyidagilar kiradi: 
1.
O‘lchashlarning umumiy nazariyasi; 
2.
Kattaliklarning birliklari va ularning tizimlari; 
3.
O‘lchash usullari va vositalari; 
4.
O‘lchashlarning aniqligini topish usullari; 



5.
O‘lchashlar birligi va o‘lchash vositalarining bir xilligini ta’minlash asoslari; 
6.
Etalonlar va namunaviy o‘lchash vositalari; 
7.
Etalon yoki namunaviy o‘lchash vositalaridan ishchi o‘lchash vositalarga 
birliklarning o‘lchamlarini uzatish usullari. 
O‘lchashlar haqidagi fan sifatida metrologiya asosan fizik kattaliklar bilan 
shug‘ullanadi. Nofizik kattaliklarni baholash ishlari metrologiya shug‘ullanadigan 
masalalarga kirmaydi.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə