Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodi


-yil yanvar-iyun oyi Namangan viloyati statistikasi



Yüklə 56,68 Kb.
səhifə14/16
tarix20.10.2023
ölçüsü56,68 Kb.
#128845
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bozor muvozanati maksimal va minimal narxlar-hozir.org

2020-yil yanvar-iyun oyi Namangan viloyati statistikasi





Hajm,


O’tgan yilga nisbatan o’sish sur’ati, %


mlrd.so’m


Xizmatlar – jami


3 904,80


101,2


shu jumladan:






Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari


238,9


111,6


Moliyaviy xizmatlar


687,9


130,7


Transport xizmatlari


709,5


97,2


shu jumladan: avtotransport xizmatlari


652,2


99,2


Yashash va ovqatlanish xizmatlari


72,6


79,4


Savdo xizmatlari


1 292,60


99


Ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlar


98,2


87,7


Ta'lim sohasidagi xizmatlar


177,3


114,6


Sog'liqni saqlash sohasidagi xizmatlar


71,9


80,2


Ijara xizmatlari


85,4


111,2


Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar


94,3


90,4


Shaxsiy xizmatlar


225,8


86,1


Me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar


57,2


59,2


Boshqa xizmatlar


93,2


89


1-jadval

Yuqordagi 1-jadvalni izohlaydigan bo’lsak, pandemiya davrida Namangan viloyatidagi xizmat ko’rsatishdagi o’tgan yilga nisbatan farq qildi.

2020-yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasining rivojlanishi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020-yil yanvar-iyun oylarida ko'rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 904,8 mlrd. so’mga teng bo’ldi. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 101,2 % ni tashkil etdi.

Ko'rsatilgan bozor xizmatlarning tarkibida savdo xizmatlari (33,1 %), transport xizmatlari (18,2 %), moliyaviy xizmatlar (17,6 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi (6,1 %) ustunlikka ega. Ya’ni aholi ehtiyoj sezgan xizmatlar onlayn savdo, dastavka xizmati hamda aloqa va axborotlash xizmatlari yuqori o’rin to’tgan bo’lsa, yashash va ovqatlanish xizmatlari darajasi o’tgan yilga nisbatan qariyib 20% dan ortiqqa kamaygan. Bunga sabab oshxona, kafe, restaran hamda mehmonhonalarni faoliyat olib borishlari ta’qiqlab qo’yildi. Jadvalni ko’zdan kechirib chiqadigan bo’lsak me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarga bo’lgan extiyojlar qariyib 40% dan ziyodga kamaygan. Chunki aholini o’sha vaziyatdagi ehtiyoji asosan birlamchi ehtiyojga qaratilgan bo’lib, oziq-ovqat hamda sog’lik masalasi birinchi navbatda turardi. Chunki bu paytdagi ishsizlik soni ham oshib borayotgandi.

Bundan tashqari, pandemiya davrida odamlar uchun eng zarur birlamchi extiyojlardan biri bu tibbiy niqob bo’ldi. Pandemiya davrining boshida niqoba bo’lgan talab kutilganidan ham ziyoda oshib ketdi. Natijada tibbiy niqoblarni xukumat tomonidan tibbiy anjomlar ro’yxatidan chiqarishga majbur bo’lindi. Chunki tibbiy anjomlarni sihlab chiqarish uchun maxsus ruxsatnoma yoki sertifikatlar talab etilardi. Bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonalar sanoqli edi hamda aholini ehtiyojini qondirib bera olmasdi. O’sha davrda kuniga 3 000 000 dona yuz niqoblari ishlab chiqarildi. Ya’ni birlamchi tovarga aylangan maskaga bo’lgan talab va taklif
narxi hamda hajmi shu darajada oshdiki, iste’molchilar o’zlarini birlamchi maxsulotlarini sotib olish uchun bozorga borishlari zarur edi, buning uchun yuz niqobi talab etilar edi, yani, birlamchi extiyojlarni qondirish vositasiga hamda sog’liqni saqlovchi vositaga aylanib qolgandi.


Xulosa
Men mana bu mavzuni o’rganishim davomida shuni anglab yetdimki Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida shuni ta’kidlash zarurki, bozor iqtisodiyotda doimo talab va taklif mavjud bo’lib, ular doimo vaqtlar o’tishi bilan muntazam o’zgarib turadi. Yani bozor muvozanati va muvozanat narx doimo o’zgarib turadi. Bunga asosiy sabablar talab va taklif omillari tasir etib turadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tmoqchi bo’lgan davlatlarning asosiy maqsadi bozor muvozanati narxini iloji boricha saqlab qolishga harakat qiladi.


Avvallari biz ko’rib o’tganmizki bozor muvozanatiga yoki bozor narxiga faqat talabga ta’sir etuvchi omillar, taklifga ta’sir etuvchi omillar yoxud inflyatsiya darajasi ta’sir ko’rsatardi. Lekin shunday bir kutilmagan xavf-hatar yoki favqulodda holatlar ham bozor muvozanatiga jiddiy ravishda o’z ta’sirini o’tqazmasdan qolmas ekan. Yuqorida bir necha holatlarni ko’rib o’tdik, ya’ni, pandemiya tufayli iste’molchilarning ikkilamchi tovarlarga bo’lgan ehtiyoji va ularning talabi umuman tushub ketganini ko’rishimiz mumkin. Hattoki quyi qatlam aholi vakillari mana shu pandemiya davridan sog’ omon o’tib olishlari ularning birlamchi talabi bo’lib qolgandi. Mana shunday vaziyat yuz berganida aholi ehtiyojlarini qondirish uchun davlat bozor iqtisodiyotiga aralashadi, ya’ni, aholini quyi qatlamlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat dodatsiya narxlarini o’rnatdi.


Yüklə 56,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə