Sanaat geografiyasi pa’ninin’ obekti ha’m predmeti joba


Oziq-ovqat sanoatining go’sht va go’sht maxsulotlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə43/47
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#147012
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
2a geo 412 Нурполат[1]

Oziq-ovqat sanoatining go’sht va go’sht maxsulotlari ishlab chiqarish tarmog’i axolining kundalik extiyojlari uchun go’sht, kalbasa, qazi, dudlangan sho’shqa go’shti, kotlet, ragu mol va qo’y yog’lari, ilik yog’i va xokazolar tayorlab byeradi. O’zbekistonning sut sanoati korxonalarida sarig’ qizitilgan sariyog’, pastyerlangan sut, qaymoq, suzma, muzqaymoq, brinza, pishloq va boshqa maxsulotlar ishlab shiqarildi. Bu sanoattarkibida 9 ta korxona bo’lib, ularning eng yiriklari Toshkent va Samarqand joylashgan.
Un-tegirmon sanoati respublikadagi qadimgi sanoat tarmoqlaridan xisoblanadi. 1956 yilda “O’zdontayorlov” negizida respublika don maxsulotlari vazirligi tuzildi. 1992 yildan “O’zdonmaxsulot” konsyerni, 1994 yildan davlat aktsiyadorlik korporatsiyasi tarkibida Farg’ona, Quva, Yangiyo’l un kombinatlari, Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy shaxarlarida ush navli un tortadigan zavodlar qurildi. Keyingi yillarda yana 22 ta korxona qurildi. Jizzax, Oxanganron, Qo’qon, Qarshi, Asaka, Jomboy, Taxiatosh shaxarlarida qurilgan un-tegirmon kombinatlari Shularga misol bo’la oladi. Mustaqillik yillarida Oqoltin, Do’stlik, Oqtosh, Yakkabog’ don maxsulotlari kombinatlari qurildi. Xozirgi paytda “O’zdonmaxsulot” korporatsiyasi tarkibida 9 navli un, manniy yormasi ishlab shiqariladigan 52 zavod bor. Ularning 17 tasi zamonaviy texnologik uskunalar (asosan SHvesariyaning “Byullyer A5” firmasi) bilan jixozlangan. Respublikada un-tegirmon sanoati bilan birgalikda non pishirish xam rivojlangan. Respublikamizning barsha shaxarlari, tuman markazlari va ayrim qishloq axoli manzilgoxlarida non kombinatlari, non zavodlari ishlab turibdi. Qand-shakar sanoati. Respublikaning o’zida qand lavlagi yetishtirish imkoniyati kengligi tufayli 1995 yilda Turkiya firmalari bilan xamkorlikda Xorazm viloyatining Xozarasp tumanidan qand-shakar zavodi qurilishi boshlandi. Zavod 1998 yildan maxsulot byera boshladi.
O’zbekistonda qandalot sanoatiga aloqador 60 dan ortiq korxona bor. Tarmoqning eng yirik korxonalaridan Toshkentdagi “O’rtoq qandolot fabriksi”, Yangiyo’ldagi “Lazzat” qandalot-ashitqi birlashmasi, Farg’ona va Samarqand qandalot fabrikalaridir. Samarqandda O’rta Osiyoda Yagona shoy qadoqlash fabrikasi joylashgan. O’zbekistonda tamaki maxsulotlari xam ishlab shiqariladi. Tarmoqda Toshkent va Samarqand tamaki fabrikalari, Urgut va Samarqand tamaki fyermentatsiyalash zavodlari mavjud. Toshkent tamaki (yillik quvvati 7,42 mlrd. dona papiros va filtyerli sigaret ishlab shiqaradi), Samarqand tamaki fabrikalari maxsulot ishlab shiqarmoqda. Ular Buyuk Britaniyaning “BAT” kompaniyasi bilan xamkorlikda maxsulot ishlab shiqarmoqda.
Ushbu mavzu yuzasidan quyidagi muammolar eshimini toping:
- Mustaqillik yillarida Respublikamiz oziq-ovqat sanoatida qanday o’zgarishlar yuz berdi?
- Sizningsha Respublikamizda oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish uchun nimalarga asosiy e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq?
- Oziq-ovqat sanoatida qurilgan qo’shma korxonalardan qaysilarni bilasiz?

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə