Sanaat geografiyasi pa’ninin’ obekti ha’m predmeti joba



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə42/47
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#147012
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
2a geo 412 Нурполат[1]

O’simlik moyi ishlab chiqarish sanoatida shigitdan moy olinadi. Bu sanoat tarmog’i respublika oziq-ovqat sanoatining 40% maxsulotini byeradi. Respublika o’simlik moyi ishlab chiqarishda. MDX da Rossiya va Ukrainadan keyingi ushinshi o’rinda turadi.
Xozir O’zbekistonda deyarli barsha zavodlir ekstraktsiya usulida moy ishlab shiqaradi. Guliston, Namangan, Urgansh, Farg’ona, Andijon, Kattaqo’rg’on, Yangiyo’l, Qo’qon , Toshkent, Denov moy kombinatlari tarmoqning eng yirik korxonalaridir.
Konsyerva zavodlarida murabbo, meva kompotlari, qiyom, sharbatlar, ziravor qo’shib sirkalangan sabzavot va boshqalar tayorlaydi. O’zbekistonda konsyerva sanoati 30 yillardan rivojlandi. Yangiyo’l konsyerva zavodi Toshkent konsyerva zavodi ishga tushirildi. Samarqandda konsyerva zavodi qurildi, Namangan konsyerva zavodi kengaytirildi. Urushdan keyingi yillarda Farg’ona, Andijon, Shaxrisabz va boshqa shaxarlarda o’nlab konsyerva zavodi ishga tushirildi.
Konsyerva maxsulotlari ishlab chiqarishda “Uo’bekbirlaShuv” ning o’rni xam katta. O’zbekbirlaShuv tizimida 28 konsyerva zavodi bor. Respublikamizdan Gyermaniya, Polsha, Italiya, Malaziya, Yaponiya kabi mamlakatlarga turli meva va sabzavotlar konsyervalari, pomidor pastasi, mayiz eksport qilinadi. Xar yili 35 mln. shartli banka konsyerva, 1450 tonna quritilgan meva shetga shiqariladi. Respublika konsyerva sanoati yiliga 12 mlrd shartli banka konsyerva maxsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Respublikada xar yili 1mlrd. shartli banka meva-sabzavot konsyerva, ko’plab meva qoqisi, jumldan mayiz quritadigan sabzavot tayorlanmoqda.
Respublikamizda Mo’ynoq shaxridagi baliq konsyerva zavodi o’lkamizdagi ko’llardan tutilgan baliq asosida ishlaydi.
Respublikada tayorlanadigan uzum sharoblari 70 dan ortiq oltin, kumush va bronza mevalarini olgan.
Xozirgi paytda katta sharob zavodlari Toshkent, Samarqand, Namangan, Qo’qon, Kitob, Urgansh, Nukus, Denov, Yangiyo’l va boshqa shaxarlarda ishlab turibdi. Toshkentda shampan sharoblari, Denovda rom ishlab shiqaradigan zavodlar bor. 1997 yilda respublikada 5,4 mln. d.l. aroq va likyer-aroq maxsulotlari, 7,1 mln. d.l. uzum vinosi, 7,5 mln. butilka shampan vinosi, 127 ming d.l. konyak ishlab shiqarildi.
O’zbekistonda pivo va alkogolsiz ishimliklar ishlab chiqarish ansha rivojlangan. Pivo Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Samarqand, Namangan, Buxoro va boshqa shaxarlardagi, Shuningdek Urgansh, Qarshi, Denov, G’ijduvon xamda Ushqo’rg’ondagi “O’zbekbirlaShuv” tizimiga qarashli pivo zavodlarida tayorlanadi. Pivo tayorlash bo’yisha eng yirik korxona bo’lgan Qibray pivo va spirtiz ishimliklar kombinatida pivo, pepsi-kola, limonad va boshqa ishimliklar ishlab shiqariladi. Tarmoq yiliga 17,7 mln. d.l. pivo, 19,2 mln. d.l. alkogolsiz ishimliklar, 380 mln. dona minyeral suv ishlab shiqaradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə