Sana: Sinf: 5-”F” Fan: Adabiyot Mavzu



Yüklə 0,93 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#138957

Sana: Sinf: 5-”F” Fan: Adabiyot

Mavzu:

O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”asari qahramonlari tahlili”

Darsning maqsadi:


Ta’limiy maqsad:
O’quvchilar bilan asar qahramonlarini tahlil qilish.
Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarda Onaga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish.

Darsning turi:Yangi tushuncha,bilim hosil qilish

  • Darsning turi:Yangi tushuncha,bilim hosil qilish
  • Darsning metodi: Noan’anaviy, guruhlarda ishlash, “Tarmoq” usuli, “Bingo” usuli
  • Darsning jihozi: Darslik, texnik vositalar, rangli rasmlar, mavzuga oid ko`rgazmali vositalar

Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O`tilgan mavzuni so`rash 5 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
4. Yangi mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
5. O`quvchilarni baholash 3 daqiqa
6. Uyga vazifa 2 daqiqa

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

  • Test savollari
  • 1. O’tkir Hoshimov qachon qayerda tug’ilgan?
  • A. 1941-yil Toshkentda B. 1942-yil Toshkentda C. 1943-yil Samarqandda D. 1944-yil Buxoroda
  • 2. O’tkir Hoshimovning romanlari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
  • A. “Ikki eshik orasi” B. “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”
  • C. “Odamlar nima derkin”, “Bahor qaytmaydi” D. “Ikki karra ikki- besh”, “Nur borki soya bor”
  • 3. O’tkir hoshimovning hikmatlar to’plami qanday nomlangan?
  • A. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” B. “Tushda kechgan umrlar”
  • C. “Odamlar nima derkin” D. “Ikki karra ikki- besh”
  • 4. O’tkir hoshimovning dramasining nomi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?
  • A. “Qatag’on” B. “To’ylar muborak”
  • C. “Odamlar nima derkin” D. A va B
  • 5.Dunyoning ishlari qissasida kim to’g’risida hikoya qilinadi?
  • A. Otalar to’g’risida B. Onalar haqida
  • C. Bolalar haqida D. A va B

III. Yangi mavzu bayoni:

III. Yangi mavzu bayoni:

Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat.

Biroq ularning barchasida men uchun aziz odam- onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o’z ko’zim bilan ko’rganman. Faqat ba’zilarining ismi o’zgardi xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bolan onamga bog’langan.

Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o’xshaydi.

Bas, shunday ekan bu asar sizlarga bag’ishlanadi aziz Onajonlar!

Muallif

O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissa, oqsoqol adibimiz, O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, «...dostondek o'qiladi. Uni o'qib o'z onalarimizni o'ylab ketamiz...»

Shu o'rinda qissadagi «Gilam paypoq» hikoyasiga diqqat qilaylik. Unda ona o'z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor. Ona qattiq shamollab qolgan o'g'ilchasini shosha-pisha «Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o'lib qoladi!» degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uviga yuguradi. Bola darddan biroz yengil tortgach, o'z sog'lig'ini xavf ostiga qo'ygani — oyog'ini sovuqqa oldirgani ma'lum bo'ladi.

Asardagi «Alla» deb nomlangan bob ham nihoyatda ta'sirchanligi bilan kishini rom etadi. Alla inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo'shiq, u vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir. Yozuvchi bu ezgu qo'shiqni ilohiy kuchga ega boigan, ko'ngilni eritadigan ohang sifatida ta'riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o'qish qiyin.

«Qarz» hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan. Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo'shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O'tgan yili ularga tufli olib bergan bo'lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko'ylak sovg'a qiladi. O'g'illariga esa «qarz oluvdim, qarzimni uzyapman» deb bahona qiladi.

  • «Qarz» hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan. Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo'shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O'tgan yili ularga tufli olib bergan bo'lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko'ylak sovg'a qiladi. O'g'illariga esa «qarz oluvdim, qarzimni uzyapman» deb bahona qiladi.

Qissaning «Iltijo» deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to'lab bo’lmas qarz ekani nihoyatda ta'sirchan ifodalanadi. Chunki onalarimizning hayotdagi o'rni beqiyosdir. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo'ladi, parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo'msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg'ularini g'oyat samimiy tasvirlay oladi

Dunyoda hech qanday chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu ona mehri!

Dunyoda hech qanday chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu ona mehri!

Alloh Onani shunday

yaratgan!

O’tkir Hoshimov

SAVOLLAR:

SAVOLLAR:

1.”Haqqush”hikoyasi

2.”Qarz”hikoyasi

3.”Gilam paypoq” hikoyasi

4.”Alla” hikoyasi


"BINGO"

Ilhaq

Nilufar

Qirg’iz ayoli

Hakima aya

Hoji buvi

Is’hoq

"BINGO"

V. O’quvchilarni baholash: VI. Uyga vazifa.52-54 betlarni o’qish


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə