Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-diagramma. Korxonaning 2015-2017 yillarda moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix29.11.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#143371
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
parrandachilik korxonalarida xarajatlar hisobi va auditi samarqand

2-diagramma. Korxonaning 2015-2017 yillarda moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlari 
 
 


III-bob. Parrandachilik korxonalarida xarajatlar auditini tashkiliy va 
metadalogik jihatlari
3.1 Parrandachilik korxonalarida xarajatlar auditining manbalari va audit 
o'tkazish ketma-ketligi 
Parrandachilik korxonalarida xarajatlar auditini o’tkazishda audit qilish 
uchun manba bo’lib korxonaning quyidagi xujjatlari hisoblanadi . 
-Korxonaning moliyaviy hisobotlari 
-Xarajatlarni hisobi yuritiladigan hisob registrlari
-Xarajatlar schotlarini analitik va sintetik hisobi
-Schyot-fakturalar
-Nakladnoylar va boshqa xarajatlarga aloqador boshlang’ich hujjatlar
Audit qilish jarayonida boshlang’ich hujjatlar schot fakturalar yoppasiga 
tekshiriladi . 
Parrandachilik korxonalarida xarajatlar auditini rejalashtirish jarayoni audit 
rejasi, audit dasturi va vaqt byudjeti kabi audit ishchi qog'ozlarini ishlab chiqish 
bilan yakunlanadi. Bu ishchi qog'ozlar ikki maqsadga xizmat qiladi: 
1) auditorning belgilangan standartga asosan ishlayotganligini asoslash; 
2) audit tekshiruvida qatnashayotgan xodimlaming ishini rejalashtirish va nazorat 
qilish. 
Audit rejasi - mijoz faoliyat tarmog'i va audit strategiyasi yuzasidan 
auditoming umumiy ma’lumotidir. 
,,
Auditni rejalshtirish” deb nomlangan № 3 
AFMSga asosan audit rejasida auditorlik tashkiloti auditni o'tkazish muddatlari, 
hisobot va xulosasinini tuzishni nazarda tutishi shart. Audit rejasida, odatda, 
quyidagilar to'g'risida batafsil ma’lumot keltirilgan bo'ladi: 
1) mijoz, xaqida umumiy ma’lumot — uning tarkibiy tuzilishi, faohyat tarmog'i; 
2) auditning maqsadi (aksiyadorlar taklifi bilan o'tkaziladigan audit, maxsus 
maqsadlami ko'zlagan audit va boshqalar); 


3) audit xizmatiga qo'shimcha ravishda boshqa turdagi xizmatlar (sohq, konsalting) 
ham ko'rsatilishi kutilayotgan bo'lsa, ulaming turi va ko'lami; 
4) audit tekshiruvini o'tkazish uchun zaniriy vaql hajmi; 
5) mijoz xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar; 
6) audit tekshiruvida qatnashadigan xodimlarga nisbatan talablar; 
7) audit riski va muhimlik darajasi bo'yicha ma’lumot. 
Parrandachilik korxonalarida audit rejasi quyidagi ko'rinishida bo'ladi va 
audit tekshiruvini boshlashdan oldin ishlab chiqiladi. Ammo tekshiruv jarayonida, 
Audit rejasi 
Auditning umumiy rejasi 
Tekshiriladigan tashkilot 
Audit davri kishi soatlar miqdorida 
Auditorlik guruhining rahbari 
Auditorlik guruhining tarkibi 
Rejalashtirilgan audit nski 
Rejalashtirilgan jiddiy lik darajasi 
Rejalashtirilgan ishlar turi o’tkazish davri 
Bajaruvchi 
Eslatma 
Mijoz faoliyati bilan tanishish 
Ichki nazorat tizimini baholash 
Audit dalillari 
Jiddiy lik va risk darajasini aniqlash 
Auditorlik tanlash 
Audit dasturi 
Auditni bevosita o'tkazish jarayoni va h.k. 
Auditorlik guruhi rahbari , auditorlik tashkiloti rahbari kutilmagan 
vaziyatlaming yuzaga kelishi yoki ichki nazorat tizimining haqiqiy holati ma’lum 
bo'lganda, audit rejasiga zaruriy o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 

Auditni 
rejalshtiiish” deb nomlangan № 3 AFMSning 31 bandiga ko‘ra andit dastnri - audit 


rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda ro’yobga chiqarish 
uchun zarur bo‘lgan auditorlik amallar mazmunining batafsil ro'yxatini o‘z, ichiga 
oladi. Audit dasturi moliyaviy hisobotning har bir elementini tekshirish uchun 
amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni va buning uchun zaruruiy vaqt hajmini 
belgilagan holda, butun audit tekshiruvining batafsil loyihasini ifodalydi.
Tekshiruvning har bir bosqichi o'z yakuniga yetgach, ish yakunlangan sana shu 
ishni nihoyasiga yetkazgan auditorning ismi sharifi va haqiqatda ketgan vaqt audit 
dasturida ko‘rsatilishi lozim. Shunday qilib, audit dasturi audit rejasining yanada 
batafsil ko'rinishi bo'lgan holda, tekshiruvni rejalashtirish va uni nazorat qilishi 
uchun juda samarali vosita hisoblanadi. Audit dasturi tekshiruvni o'tkazish uchun 
kerakli xodimlaming zaruriy sonini ko'rsatadi va nazoratchilarga tekshiruvning har 
bir bosqichini nazorat qilish va yo'naltirishga xizmat qiladi. Audit dasturining 
umumiy tuzilishi quyidagi ko'rinishida bo'ladi. 
Dasturga audit tekshiruvi yuzasidan batafsil yo'riqnomalarni kiritish 
tekshiruvning zaruriy bosqichlari e’tibordan chetda qolib ketishining oldini oladi. 
Batafsil yozma yo'riqnomalaming keltirilishi nisbatan tajribasiz bo'lgan 
auditorlarga, katta auditorlaming ortiqcha yordamisiz ham o'z ishini nihoyasiga 
yetkazishiga yordam beradi. O'z navbatida, katta auditorlar ham asosiy e’tibomi 
yuqori darajadagi tahliliy qobiliyat va chuqur mulohaza talab etuvchi bosqichlarga 
qaratishlariga imkon yuzaga keladi. 
Audit rejasi tekshiruvning yakuniy maqsadini ifodalaydi. Audit dasturi esa 
shu maqsadlarga yetish uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan bosqichlami 
ko'rsatib beradi. 
Har bir audit tekshiruvi jarayonida, vaziyatdan kelib chiqib, o'ziga xos 
muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu vaziyatda tekshiruvga javobgar 
shaxsning muhim vazifasi, ayni shu vaziyatga mos keluvchi audit protseduralarini 
ishlab chiqishdan iborat. Audit tekshiruvini boshlashdan oldin tuzilgan audit 
dasturi faqatgina dastlabki ko'rinishdagi dastur hisoblanadi. Mijoz ichki nazorat 
tizimining haqiqiy holati va boshqa bir qator vaziyatlar ma’lum bo'lgan holda, bu 
dasturga zaruriy o'zgartirishlar kiritilishi lozim bo'ladi. Sifatsiz ichki nazorat tizimi 


sabab ishonchsiz buxgalteriya ma’lumotlariga yoki ichki audit shtabiga ega 
bo'lmagan korxonada, bunday xususiyatlarga ega korxonaga nisbatan, ko'proq 
hajmdagi tekshiruvlar o’tkaziladi va u quyidagicha tartibda bo’ladi: 
Auditning umumiy dasturi 
Tekshiriladigan tashkilot 
Audit davri 
Kishi - soatlar miqdori 
Audit guruhi rahbari 
Audit guruhi tarkibi 
Audit riski 
Rejalashtirilgan jiddiylik darajasi 
Korxonadagi buxgalteriya hisobi, ichki audit tizimi va moliyaviy 
hisobotlarning holatini tekshirish: 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə