Saidova Mohinur Jonpulatovna, Ibrahimova Mohichehra Furkat Qizi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix05.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125625
  1   2   3   4
261-263



261 
8.
Saidova Mohinur Jonpulatovna, Ibrahimova Mohichehra Furkat Qizi.
Improve Pupils' 
Knowledge and Personal Qualities Through Educational Tools in Elementary Mathematics Classes

Middle European Scientific Bulletin Volume 8, January 2021, 173 
9.
M.J. Saidova.
Directions and Content of Educational Information 
European journal of issn 
2660-9630.
 Vol. 12 (2021)
 
10.
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, Karimova Kamola Komilqizi.
The Use of Information 
Technology in Solving Problems in Mathematics Lessons in Elementary School
. European Journal of 
Life Safety and Stability (2660-9630).
 Vol. 12 (2021)
 
11.
M.J. Saidova.
 The Use of Various Forms in Teaching Future Primary School Teachers Through 
Distance Learning
. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences (EJHSS)
 Vol. 5 (2022): EJHSS

103–107. 
12.
K. Qosimova|, S. Matchonov va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., 2009 
13.Gaffarova T. va boshqalar. O‘qish ktobi . 2- sinf uchun. T., 2018. 
14.Umarova M., Hamroqulova X. O‘qish kitobi. 3- sinf uchun. T., 2016. 
SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL 
O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI 
O‘. Mustafoyeva, 
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
 
Annotatsiya: 
Usbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini 
shakllantirishda sinfdan tashqari o‘qish darslari samaradorligini ta’minlovchi intеrfaol mеtodlardan 
foydalanish, o‘qitishning noan'anaviy usullarini qo‘llash juda muhimligi ta’kidlab o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: 
dars, bilim, ko‘nikma, malaka, mustaqil o‘qish ko‘nikmalari, sinfdan tashqari o‘qish, 
interfaol usullar. 
Boshlang‘ich ta’limda sinfdan tashqari o‘qish darslari samaradorligini ta’minlovchi intеrfaol 
mеtodlardan foydalanish, o‘qitishning noan’anaviy usullarini qo‘llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan 
tashqari o‘qish darslarida uyushtiriladigan o‘yinlar ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lmasdan, ta’limiy 
xaraktеrga ega bo‘lishi, o‘rganilayotgan asar mavzuni o‘zlashtirishga, asar yuzasidan ta’limiy va 
tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim. Intеrfaol usullardan 
o‘rinli, o‘quvchilarning 
qobiliyatlarini hisobga olgan holda foydalanish lozim. Rixsixon Ubayxo‘jaеva “Ilg‘or pеdagogik 
tеxnologiyaning juda ko‘p usullari mavjud bo‘lib, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ular sеminar 
darslar, konfеrеntsiya darslari, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkvеyn”, “BBB”(Bilar 
edim, bilishni xohlayman, bilib oldim), “Dеbatlar”, “Tanqidiy tafakkur” va boshqalarni ko‘rsatadi. Bu 
usullardan o‘quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanilsa, juda yuqori 
natija va samara beradi. 
Maktablarda qo‘yilayotgan eng muhim talablardan biri shaxsning ijodiy sifatlarini rivojlantirishdir. 
Shuning uchun o‘qitish jarayoni samarali usullar asosida tashkild etish bilimlarni mustahkam egallashga, 
ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yеngishga o‘rgatadi, bilim olishga qiziqishni kuchaytiradi. Lеkin 
o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘otish uchun ular ma’lum darajada boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishi 
lozim. Bu bilimlar zahirasini suhbat usulida yaratish mumkin. 
Noan’anaviy shaklda tashkil etilayotgan sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning jamoa 
bo‘lib kichik guruhlarda faoliyat ko‘rsatishi ko‘nikmalarini shakllantiradi, mustaqil fikr yuritish, fikrni 
erkin ifodalash, boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o‘z 
fikrini ilgari surish, uni dalillash, fikrlarni umumlashtirish va xulosalashga o‘rgatadi. Interfaol metodlar 
o‘quvchilarda o‘quv materialini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish bilan birga, unda ehtiyojni ham yuzaga 
keltiradi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kichik guruhlarda 
ishlash”, “6x6x6”, “Lahzada aql charxi”, “Qarorlar mojarosi” (qaror qabul qilish texnalogiyasi) kabi 
interfaol usullardan va ta’limiy o‘yinlaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrini jamoa 
bilan maslahatlashishga o‘rgatdi, muammolarni hal qilishda ishtirok etish maylini yuzaga keltirdi. 
4-
sinfda “Fasllar ko‘rki” mavzusini o‘rganishda interfaol usul “Klaster”dan foydalaniladi. 
O‘quvchilar o‘qigan asarlari: Rauf Tolibning “Gullar va shamol” ertagi, Abdurahmon Akbarning 
“Osmonning ko‘zi”, N. Ostonovning “Bahor”, T. Adashboyevning “Navro‘z”, “Boychechak” , Z. 
Diyorning “Binafsha” she’ri asosida “Bahor” mavzusida klaster hosil qiladi. Bu quyidagi ko‘rinishda 


262 
bo‘ladi. O‘quvchilar “Klaster” da yozgan so‘zlarini o‘qigan asarlari yoki yodlagan she’rlaridan misollar 
keltirib izohlaydi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə