Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim



Yüklə 11,13 Kb.
tarix05.01.2023
ölçüsü11,13 Kb.
#98251
tarbiya-WPS Office


Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket boʻlmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil etishda oʻquvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.

Jazo berish metodlari – bu oʻquvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, oʻzini gunohkor deb bilish hissini uygʻotishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham hilma-xil boʻlib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish xatti-harakatlarni jamoa oʻrtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.

Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq boʻlib, oʻquvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chogʻida salbiy xatti-harakatning sabablari uning jamoaga yetkazadigan zarari, oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish lozim.

Jazo berish oʻquvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham oʻquvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi, sha’nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak.

Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, oʻzaro bir-biriga ta’sirini hisobga olgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan boʻlsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi.

Oʻyin, oʻquv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, koʻrgazmali, oʻquv qurollari badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slaydo, shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuygʻu, xulq-atvor tarkib toptiriladi. Oʻquvchining turli koʻrinishdagi faoliyati uyushtiriladi.

Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan foydalanishga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish oʻquvchilarning ma’naviy kamol topishiga olib keladi.

Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.

1. Tarbiya jarayonining asosini, ijtimoiy hayotining obyektiv talablarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etgani bois tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarni chuqur oʻrganishni talab etadi.

2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga koʻra ish koʻrilayotganligiga ham bogʻliq. Tarbiya tamoyillari yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisidir.

3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari oʻzaro oʻhshash jihatlariga koʻra uch guruhga boʻlinadi. Tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan tarbiya vositalari metodlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.


Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:

Metod – lotincha metodos so’zidan olingan bo’lib, tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot tushunchalarini anglatadi. O’qitish va tarbiyalashning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki yo’llari, uslublari, vositalari majmui tushuniladi.

Tarbiya metodlari – metod lotincha metodos – yo’l so’zidan olingan. Metod tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so’zi keng ma’noda muayn maqsadga erishish yo’li tushuniladi.

Rag’batlantirish – talabaning namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, devoriy gazetada talaba to’g’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish, ota-onasining nomiga tashakkurnoma yuborish.

Mashq - bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq atvor qoidalarini bajarishga oatlantirish

Jazolash – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish.

English:


Method – It is derived from the Latin word methods, which means research, theory and teaching. It is understood that a set of tads of the inner paths that are specific to the real processes of instruction and upbringing as a scientific concept, the term “method” is broadly understood as a means of achieving a specific goal.

Teaching methods – the way to achieve the educational goal. When applying to school practice, the methods are influenced on the consciousness, will, emotions and behavior of these pupils.

Incentive – give exemplary behavior to student’s behavior, award certificate with honorary diploma, give a briefcase on the poster to send a photo to a special board on behalf of his parents.

Exercise – balanced and comprehensive organization of children’s activities, their adaptation to compliance with ethical standards and conduct rules.

Punish – negative attitudes towards behavior and behavior of the pupil.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz?

2. Tarbiyaning qanday metodlari bor?

3. Rag’batlantirish metodi nima va uning turlari mavjud?

4. Jazolash metodi va uning turlarini tushuntirib bering.

5. Tarbiya jarayonida nima uchun metodlar qo’llaniladi?

6. Shaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metodlari va usullariga qaysilar kiradi?

7. Tarbiya usullari nima?

9. Tarbiya vositalariga nimalar kiradi?

10. Xalq pedagogikasida qo’llaniladigan tarbiyaning umumiy metodlari qaysilar?

11. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar qaysilar?

12. Mashq va o’rgatish metodlari qanday?

13. Jazolash metodlariga nimalar kiradi?


Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 592 b.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent: Sharq, 1997.

3. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b.

4. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. «Ma’rifat gulshani» gazetasi, 6 (11) – 2007 yil.

5. To’raqulov X.A. Kamolot sari. Jizzax, 2007, 181-182 betlar.

6. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshkent: Fan, 2006, 250 bet.

7. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 8-jild, 270 bet.

8. Quronov M. Otalar kitobi.



9. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika. Toshkent: Fan, 2006, 284 bet.

10. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.
Yüklə 11,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə