Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan 1-kurs maktabgacha ta’lim sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish. Mustaqil ish mavzusu



Yüklə 20,33 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü20,33 Kb.
#110059
2 mustaqil ish sirtqi uchun


Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan 1-kurs maktabgacha ta’lim sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish.
Mustaqil ish mavzusu: Bolaning rivojlanishi va kaziusga munosabat.
Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan 6-7-8-9-10-chi mavzularni tavsiya etilgan adabiyotlar asosida o‘rganing va quyidagi reja asosida yoriting.
Reja:

  1. Tushunchalar tahlili.

  2. Bolalar aqliy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni aniqlash.

  3. Kaziusga munosabatni yozma shaklda bayon qilish.



3-mustaqil ishning 1-rejasini yoritishda quyidagi na’munadan foydalaning.


Namuna: Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan “Tushunchalar tahlili”


Tushunchalar

Sizningcha bu qanday tushuncha, qanday ma’noni anglatadi?

Qo‘shimcha ma’lulot

Egosentrizm







Ramz







Aql-zakovat







Kristallangan aql







Nativizm







Fonologik xabardorlik








Izoh: Ikkinchi ustunga talabalar tomonidan fikr bildiriladi. “Qo‘shimcha ma’lumot” ustunida esa tushunchaning asl ma’nosi yoritiladi. Tushunchalarni aynan fanimiz doirasida izohlang (internetdan izlab ko‘chirmang!)


2-mustaqil ishni 2-rejasini yoritishda amaliy yondashishingizni so‘rayman. Buning uchun 5 yosh, 7 yosh va 9 yoshdagi bolalarning har biriga bitta mavzuda rasm chizdiring. So‘ngra ularni chizgan rasmlarini solishtirib, aqliy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni yozma tarzda izohlang.
Eslatma: Bolalar rasm chizayotganlarida birga suratga tushing, lekin topshiriqni mustaqil bajarishlarini ta’minlang. Chizilgan rasmlarni hemis platformasiga joylang.

2-mustaqil ishni 3-rejasida quyidagi kazius bilan tanishib chiqing va o‘z munosabatingizni bildiring.
Kazius: “Mashgulotda”
Tarbiyachi o‘zining 25 nafar o`rta guruh tarbiyalanuvchilariga “Mening oilam” mavzusida savollar berardi. Mashgulotda tarbiyachining savoliga javob berish turgan Azizning “r” harfini “y” talaffuz qilishini eshitgan bolalar birdaniga kulib yuborishdi.
Bu holatdan soʻng Aziz qizarib ketdi va koʻziga yosh keldi.
Kazius boʻyicha savol va topshiriqlar:
1. Vaziyatni tahlil qiling.
2. Bu vaziyatda siz tarbiyachi sifatida nima qilasiz?
3. Sizningcha bu holat kelib chiqishiga nimalar sabab bo‘ldi?
Adabiyotlar ro`yxati:



  1. M. Teresa, Mc. Devitt, Jeanne Ellis Ormord. Child development and education. Pearson; 7 edition February 7, 2019, 800 pages.

  2. Nishanova Z.T., Kamilova N.G`., Abdullayeva D.U., Xolnazarova M.X. “Rivojlanish psixologiyasi”. Darslik. – Т.: “Print 25” nashriyoti, 2019-yil

  3. G`oziyev E.G`. “Umumiy psixologiya”. O‘quv qo‘llanma. 1-2-tom. 2009.


4. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida, 14 kattalikda, Microsoft Wordda yozing.
1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 15 ball.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, jumladan, bolaning aqliy rivojlanshidagi o‘zgarishlarni amaliy-ijodiy yondashib to‘liq yoritsa, 10-25 ball bilan baholanadi.

  2. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 6-10 ball qo‘yiladi.

  3. Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 4-5-6 ball qo‘yiladi.

  4. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo‘lsa, 3-4 ball qo‘yiladi.

f)Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.

  1. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.

  2. Topshirish muddati: 29.04.2023 yil, soat: 23:55.

  3. Men sizga ishonaman va omad tilayman!!!



Fan o‘qituvchisi: Z.S.Teshabayeva.
Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə