Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Bola Boshqa kishilar bilan



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə13/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Bola Boshqa
kishilar bilan
taqqoslashi
tomonidan
o‘zining atrofidagilaridan
ajralishi
O'zini harakat
subyekti
sifatida
anglashi
Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o'sishi uchungina emas,
balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga
egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi — yurishi tufayli ko‘plab
predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini
≪amal≫da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foydalana
boshlaydi. Bola yurishni o'rgangach, fazoni ham bila boradi.
Kichkintoy bolalar ≪yaqindagi≫ fazoni qo'llarining harakati
yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi.
Bog£chagacha yoshdagi bola ≪uzoqdagi≫ fazoni oriyentirovka qila
boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o'z oyog‘i yordamida masofa
va yo‘na!ish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘1 va oyoqlarining
o'zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o'lchovi o'sadi
hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha
aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.

44.Ilk bolalik davrida etakchi faoliyat.



Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlarning
xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga
harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok
va tafakkur harakatlarining yangi ko'rinishlarini tashkil etadi. 1
yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko‘rib chiqa olmaydi.
U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan
belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga
ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining
egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z biIan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon boladi, endi
u predmetning bolaklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab
idrok eta oladi. 2,5—3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi,
rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni
chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval
shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab
ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bolgan
juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola
rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga
olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha 2,5—3 yoshli bola 5—6 ta shaklni (doira,
kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni
(qizil, olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok
etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi
jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bolishi sababli,
bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq
bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq.
Kattalarning bu yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini
talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4—5
yoshlar hisoblanadi.
Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan
harakatlarga bogliqligi bilan farqlanadi. Bu yoshdagi bolalarda
nutq va tafakkur xususiyatlari o‘z hayotining birinchi yilida
sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan
boglash qobiliyatiga ega boladi. Masalan, u sutli shishani ko‘rishi
bilan xursand boladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning assotsiatsiyasi
murakkablashib boraveradi. Bola bir yoshga tolay deganda,
onasining ko‘chaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini ko‘rib,
xursand boladi. Vrachning tekshirishidan yomon ta’sirlangan
bolalar xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar.
Bola o‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini
aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida o‘zini
to‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi.
Bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan unda

45.Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi.



Kattalar bilan boladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq
ma’lumot oladi. Nutq — bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola
tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini
boshqarish vositasi bolib ham xizmat qiladi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam
boglangandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga
yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan
o‘zaro munosabatda boladi. 0 ‘z navbatida, tafakkurning rivoj-
lanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning
o‘sishiga yordam beradi.
Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini
o‘zlashtirib olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bolgan davr
nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib
topadi. Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim
yoshgacha bolgan davr bolib, bolada bu davrda asosan kattalarning
unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib
boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni
yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan
davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez
bilib oladi.
Bola 2,5 yoshga yetganda savollar
bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi
to‘g‘risida bolsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday
maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risida
(masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga
ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan zamon va umuman
vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga
nisbatan ancha kech paydo boladi. Bola predmetlar bilan
ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bolishi va ularning
xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim
predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi
va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar
hosil boladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2—3 yoshli
bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni
istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib
chiqadi. U hamma joyga ≪tiqiladi≫, kattalarga halaqit berib, ularning
tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi.



46.Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.



Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog'cha yoshi
davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari
bolishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3—4 yosh) kichik maktabgacha
davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4—5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog'cha yoshi), (6—7 yosh) katta maktabgacha
davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida
kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar
olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qolga
kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda oezlashtirib, egallab boradi.
Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan
xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni
egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning
o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga
oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning
mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab
harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va
mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda
ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga
qaratilishi lozim.
Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha
yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter
xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning
asoslari yuzaga keladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan
biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir.
Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola
uzluksiz faoliyat koersatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan
emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bolgan munosabat orqali bola
axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy
munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bola
endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan
holda boladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal
rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini
mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini
qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga
xos xususiyatdir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal
ravishda ortib boradi. 3—7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati
quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
— predmetlarni o‘rganishi;
— individual predmetli o‘yinlar, jamoa sujetli-rolli o'yinlar;
— individual va guruhiy ijod;
— musobaqa o‘yinlari;
— muloqot o‘yinlari;
— uy mehnati.

47.Maktabgacha yosh davrida o`yin faoliyati.



imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha
dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning
yetakchi faoliyati o‘yindir. Bu yoshdagi bolalarning o‘yinlarini
uchga bo'lish mumkin:
1) predmetli o‘yinlar (15—20 minut o‘ynaladi);
2) sujetli-rolli o‘yinlar (30—60 minut o‘ynaladi);
3) qoidali o‘yinlar (1 soatdan 2 kungacha davom etishi mumkin).
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar
davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida
ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning
hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan
bevosita amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu
narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining
xaddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun
mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig‘maydigan
narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi.
Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, haqiqiy
otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi.
0‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalarga
mansub bolgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur
qilish, xomxayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining
barchasi o‘yin faoliyatida aniq boladi. Shuni ham ta’kidlab
olish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish
vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy
va sujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda
ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak,
bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga
bogliqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan
yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida
yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir.

48.Bolaning maktabga psixologik tayyorligi.



Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan,
maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va
ehtiyoj motivi turlicha bolishi mumkin. ≪Menga chiroyli forma,
daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi≫, ≪Maktabda
o‘rtoqlarim ko‘p boladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman≫,
≪Maktabda uxlatishmaydi≫. Bunday motivlarni bolalarga odatda
ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz
bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish
uchun asosiy sabab bola olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar
tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarining singdirilishi
maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bolib xizmat qila
oladi. ≪Men otamga o‘xshagan bolishim uchun o‘qishim kerak≫,
≪Yozishni juda yaxshi ko‘raman≫, ≪0‘qishni o‘rganaman≫, ≪Maktabda
qiyin misollarni yechishni o‘rganaman≫ — bunday motivlar
to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bola oladi.
≪0‘quvchining ichki pozitsiyasi≫ bolaning maktab ta’limiga
tayyorligi ko‘rsatkichi sifatida — psixologik yangi tuzilma bolib,
kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining
o‘zgarishida namoyon boladi.
Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga
tayyor bolmay turib, maktab ostonasiga qadam qo'yishadi.
Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil
kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar
paydo boladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining
va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun
toliq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik
motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining
pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining
ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi,
xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir
so‘z bilan aytganda hali ≪0 ‘quvchi ichki pozitsiya≫sining shakllanmaganligi
maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning
muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foyda
yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishining
neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari
lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning
bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab
boladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida
yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir boladi.
Bunday holatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi
sodir bolib, u 7—8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki
giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga
tayyorlash kerak emas, degan fikr emas, lekin bolaning aqliy
rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina
erishib bolmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga kola, har
qanday taraqqiyot ko'rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka
qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy
jihatdan tayyor bolmay turib, unga harf va raqamlarni yozish,
o‘qish olgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga
sabab boladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolutsiya
taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda
universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki,
neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur
bolgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7—8 yoshda
(aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi.
Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor boladi.



49. Kichik maktab yoshida rivojlanishning umumiy shart-sharoitlari.



Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri,
unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z
mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan
ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga,
shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish
javoniga ega bolish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi
yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuningdek,
uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va
psixologik jihatdan tayyor boladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra,
7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada
rivojlangan boladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psixik
faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab
shakllariga javob beradigan maxsus bolimlari hali toliq
shakllanib bolmagan boladi (miyaning bu qismlari 12 yoshda
rivojlanib boladi). Miyaning boshqaruv funksiyalarini toliq
shakllanib bolmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning
xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida
yaqqol namoyon boladi.

  1. Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarini taraqqiyoti.




Kichik maktab yoshida bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Bu o‘quv faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishi, o‘z-o‘zini
boshqarish, dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzitiv
davr hisoblanadi.
Intellektual refleksiya (o‘z harakatlari va ularning asoslari
mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy tafakkur
shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tuzilmadir.
Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish
va qayta qurish vaziyatida namoyon bo‘ladi.
Bu yosh davrida o‘zini bilish va shaxsiy refleksiya o‘z imkoniyatlari
chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida shakl-
lanadi (≪Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo‘qmi?≫, ≪uni
yechish uchun menga nima halaqit beradi?≫, harakatning ichki
rejasi (ma’lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan
ko‘ra olish ko‘nikmasi), ixtiyoriylik o‘z-o‘zini nazorat qilish ham
rivojlanadi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va
jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor
normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo
munosabatda o‘z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor
normalari o‘zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik hislari
paydo boladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma’naviy, axloqiy
(o‘rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Lekin
shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy
jihatdan barqaror

51.Kichik maktab yoshi shaxsini rivojlanishi.



Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning
atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan boladigan
munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3—4 sinflarga borib bola
uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati
ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida
foydalanishlari mumkin. I—IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘simliklar
ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha
ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va
malakalarni hosil qiladilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha
barqarorligi, anglanganligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning
hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bilan
oladi, ancha chuqur va kuchli bolib qoladi. Kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik,
ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi. Darslarda va
tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlarda ular quvnoq va tetik boladilar.
Bunday holat esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional
hayotida norma bolib hisoblanadi.



52.Kichik maktab yoshida ijtimoiy hayot: o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan muloqot.



0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir.
0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o‘qish, muloqot hamda
mehnat faoliyatidir. 0 ‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi
— bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash
va egallashdir. 0 ‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan
iboratki, u tola o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. 0 ‘smirlarni
o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga
egadir.
0 ‘smir uchun tengdoshlari bilan bolgan muloqot u mustaqil
harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga
ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya
qiladi va aynan shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bolgan
munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning
xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.
0 ‘smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi
faoliyatga intilish yaqqol namoyon boladi. Jamoa hayoti bilan
yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bolish xohishi — do‘stlar tomonidan
qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bolishdek
kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi.
0 ‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida
o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi.
0 ‘zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari
va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. 0 ‘smirlar uchun uy
vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda
tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. 0 ‘z sirlarini
bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi.
0 ‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shaxsini
erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u
katta bo‘lish huquqi deb anglaydi. 0 ‘smirning o‘z tengdoshlari bilan
muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi
bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim
kichik-kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirishga
katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari
orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning
(ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va ≪tarbiyasi qiyin≫ bolgan
o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan
≪tushib qolishlariga≫ yo‘l qo‘ymaydilar.

53. O‘smirlik davriga umumpsixologik tavsifnoma.



0 ‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat —
voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bolishi alohida ahamiyatga
ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda,
qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z
ifodasini topadi. 0 ‘smirlik yoshiga xos bolgan psixologik xususiyatlarni
o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib,
kamolotga erishish yollarini va unga ta’sir etadigan biologik va
ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy
yetilish o‘smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita
sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik
o‘smir psixologik ≪mexanizmi≫ sxematik ravishda quyidagicha
baholanadi. Endokrin garmonlarining paydo bolishi va ularning
markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bogliq bolgan jinsiy
yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik
imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kattalardek
his etish, mustaqil bolish tuyg‘ularini tuyushlari uchun
qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning
bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga tola
tayyor bolmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik
maktab yoshidan o‘rta maktabga olish, ya’ni yakka o‘qituvchi
rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga olish va muloqotdagi
o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish,
mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga
bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga
nisbatan kichik o‘smirlarda paydo boladigan kelisha olmaslikni
ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar,
oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-
ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan boglash zarur.

54. O‘smirlikda “kattalik” va “bolalik” dialektikasi.



0 ‘smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonalashish
ro‘y beradi. Haqiqatan ham o‘zini kattalarga qarshi qo‘yish,
mustaqil subyekt sifatida o‘zinikini, o‘z fikrini ajratish yaqqol
namoyon boladi. 0 ‘smirning kattalarga munosabati murakkabdir.
0 ‘smir bir tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini
prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi tomondan katta-
laming yordamiga, qoMlab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosiga
ehtiyoj sezadi. Kattalar o‘smir uchun muhim, o‘smirda ham kattalarga
nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning ≪bolalarcha
≫ shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g‘amxo‘rlik
qilishlariga qarshi chiqadi.
Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar,
o‘qituvchilar bilan nizolashishlar — o‘smirlik davri uchun odatiy
hoi bo‘lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi
kattalarning unga bolgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga,
o‘smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolish
ko‘nikmasiga bogliq. 0 ‘smir va kattalar orasida qulay munosabatlarni
o‘rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan
ular hayotida umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini kengaytirish,
mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o‘zaro yordam
va ishonch muhitini yaratishdan iborat1.
0 ‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta
ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatishi,
tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat
bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi
bolish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar
kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim
bolganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar.
Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni tola tushungan holda
va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar,
lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday
holda ular tola qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha
salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi
mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda
boluvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan
o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilishlari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o‘z zimmalariga
olishlari birmuncha qiyin kechadi.

55.O‘smirlik inqirozi.



0 ‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning
strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy
13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan
keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar
tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi
psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning
o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya
taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari,
yangi qobiliyatlariga bogliq ravishda munosabatlarni
o‘zgartirishiga bogliq.
Soglom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depressiv
kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0 ‘smirlarda ko‘p
uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuchli
reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining
yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bogliq.
0 ‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq
ravishda o'smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratishadi1.
0 ‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarishlarga
qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi.
Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishiga
qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan illyuziya
paydo bo‘ladi. ≪Xayoldagi auditoriya≫ fenomeni egotsentrizm
komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi,
u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. 0 ‘smirlik egotsentrizmining
boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afsona
— bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat
kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm
cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda tengdoshlari
bilan o‘z hissiyotlarini bolishish, ular bilan yaqin ishonchli
munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin.
Men konsepsiyasi — o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida
katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi.
0 ‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi
haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini,
o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini,
o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0 ‘smirlarning
o‘zi bilan bogliq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu
o‘smirning o‘ziga ≪tashqaridan≫ qarashiga, kattalarning bahosi va
tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bogliq.
Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchiliklarining
uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu
o‘smirning o‘ziga ≪tashqaridan≫ qarashiga bogliq, kattalarning
salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsatiladigan
tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi.



56.Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot.



0 ‘smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonalashish
ro‘y beradi. Haqiqatan ham o‘zini kattalarga qarshi qo‘yish,
mustaqil subyekt sifatida o‘zinikini, o‘z fikrini ajratish yaqqol
namoyon boladi. 0 ‘smirning kattalarga munosabati murakkabdir.
0 ‘smir bir tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini
prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi tomondan kattalarning yordamiga, qollab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosiga
ehtiyoj sezadi. Kattalar o‘smir uchun muhim, o‘smirda ham kattalarga
nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning ≪bolalarcha
≫ shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g‘amxo‘rlik
qilishlariga qarshi chiqadi.
Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar,
o‘qituvchilar bilan nizolashishlar — o‘smirlik davri uchun odatiy
hoi bo‘lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi
kattalarning unga bolgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga,
o‘smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolish
ko‘nikmasiga bogliq. 0 ‘smir va kattalar orasida qulay munosabatlarni
o‘rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan
ular hayotida umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini kengaytirish,
mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o‘zaro yordam
va ishonch muhitini yaratishdan iborat1.
0 ‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta
ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatishi,
tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat
bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi
bolish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar
kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim
bolganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar.
Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni tola tushungan holda
va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar,
lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday
holda ular tola qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha
salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi
mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda
boluvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan
o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilishlari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o‘z zimmalariga
olishlari birmuncha qiyin kechadi.
Ular ko‘pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham
qiyinchilik bilan yengadilar. 0 ‘smirlik davrida bolalarning atrofdagi
odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlaridagi
mavqei o'zgaradi. Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga
kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan
shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana
boshlaydi.



57.Intellektual qiziqishlar va nazariy tafakkur elementlarini shakllanishi.

0 ‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada
rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak
boladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina
boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira
darajasiga kolariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur
esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida
rivojlanadi. 0 ‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga
o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va
maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
0 ‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar
xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bogliq
turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan 0‘smirlarning
intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy
muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari
ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik kabi
muammolar muhokamasida infantillik (yosh bolalarga xos jismoniy
va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.
0 ‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga
asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va
boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin. 0 ‘smirlik davrida
o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar
shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakllana
boshlaydi. 0 ‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy,
o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan,
o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat
qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga
ham katta e’tibor beradilar.
10—15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar
amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga
salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning
o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga,
ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da
namoyon bo‘la boshlaydi.



58. O‘smir shaxsining xususiyati.



Kelajakka intilish ilk 0‘spirinlarning psixologik xususiyati hisoblanadi.
Ilk o‘spirinlik davrida shaxs rivojlanishining muhim
omili hayotiy rejalar qurish, hayotiy istiqbollarni anglash hisoblanadi.
Hayotiy reja keng tushuncha bo‘lib, shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashning
barcha sohasini qamrab oladi. Kelajakka hayotiy rejalar
qurish, kasbiy o‘z-o‘zini belgilash — o‘spirinlik davridagi markaziy
psixologik yangilikdir.
G‘arb psixologiyasida o‘z-o‘zini belgilash jarayoni identiklikning
shakllanish jarayoni ham deb ataladi. Erikson shaxsiy identiklikni
izlashni kattalik davrida markaziy vazifa sifatida qaragan.
Eriksonning ta’kidlashicha, identiklik inqirozi bir necha qarama-
qarshiliklarni o‘z ichiga oladi:
— vaqtinchalik istiqbol;
— o'ziga ishonish yoki tortinchoqlik;
— turli rollarni sinab ko'rish yoki bir rolda qotib qolish;
— shogird tushish;
— lider munosabati (avtoritetning noaniqligi yoki davomchisi);
— g‘oyaviy e’tiqod yoki qadriyatlar tizimining aralashib ketishi. Shunday qilib, hayotiy rejalarni tuzish o‘tmish, kelajak va
hozirgi ≪Men≫ning qulay birikuvi asosida quriladi. 0 ‘spirinlik
davrida shakllangan ijobiy ≪Men≫ konsepsiyasi, o‘z-o‘zini hurmat
qilish, o‘z-o‘zini qadrlash hissi istiqbol maqsadlarni qurishga va
ularga erishish uchun faol intilishga undaydi.
O'spirinlarda qadriyatlar shakllanadi, dunyoga umumlashtirilgan
qarashlar tizimi sifatida dunyoqarash shakllanadi, hayotga
anglangan umumlashgan munosabat inson hayotining mazmuni
shakllanadi. Ilk o'spirin shaxsga, umuman uning barcha xususiyatlarini
hisobga olgan holda baho bera bilsa, o'smir o'zining shaxsiga
ayrim ishlar, xatti-harakatlarga qarab baho beradi va bu bahoni
umuman shaxsga tatbiq etadi.
Ilk o'spirinda o'zi, o'z shaxsi to'g'risida to'g'ri, obyektiv tasavvur
hosil bo'lishi uchun unga ko'p o'ylab, ustalik bilan yordam
ko'rsatish kerak. O'spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining
roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabbuskorlik,
mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o'z harakatlarini
tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat
kasb etib boradi. O'spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol
ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon
bo'ladi. O'zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o'zini nimaga
hurmat qilishini aniqlashga intiladilar.



59.Kichik maktab yosh davrining psixologik tavsifi.



Kichik maktab davri 6—7 yoshdan 9—10 yoshgacha davom etadi.
Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri,
unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z
mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan
ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga,
shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish
javoniga ega bolish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi
yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuningdek,
uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va
psixologik jihatdan tayyor boladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra,
7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada
rivojlangan boladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psixik
faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab
shakllariga javob beradigan maxsus bolimlari hali toliq
shakllanib bolmagan boladi (miyaning bu qismlari 12 yoshda
rivojlanib boladi). Miyaning boshqaruv funksiyalarini toliq
shakllanib bolmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning
xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida
yaqqol namoyon boladi.
Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga
tayyor bolmay turib, maktab ostonasiga qadam qo'yishadi.
Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil
kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar
paydo boladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining
va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun
toliq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik
motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining
pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining
ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi,
xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir
so‘z bilan aytganda hali ≪0 ‘quvchi ichki pozitsiya≫sining shakllanmaganligi
maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning
muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.



60.Kichik maktab yosh davrida jismoniy rivojlanish xususiyatlari.



Jismoniy faollik — soglom organizmning harakat
qilishga bolgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy
ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat boladilar.
Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan
qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham
bogliqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bogliqdir.
Chunki, psixik soglom bola harakatchan boladi, charchagan, siqilgan
bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik
— bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni,
insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik
faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham
tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchi-
liklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga
bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang'ich sinf o‘quvchisi
uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O'qituvchilar
o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin
kam harakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars
jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi.
Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola yengishi
kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchiliklar:
maktab hayotini o'zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish
va unga moslashish, u uchun yangi bolgan sinf jamoasiga
qo'shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish,
o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni
qabul qilish va h.k. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni
ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur.



61. Kichik maktab yosh davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi.



Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga
qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi.
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik mak-
tab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga
qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab
davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular
eng oddiy shaklda — bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va
qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yuzaga
keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial
bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi
sabablarini chuqur anglashga, «o‘zi uchun» o‘qish mazmunini
anglab yetishga tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter
kasb etishiga sababchi bo'ladi. Bu yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar
o‘qituvchining qo‘llab-quwatlashini olishga nisbatan bo'lgan
ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon
baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy va unga ishonch bildirishi
saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida
mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta-sekinlik
bilan o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo'ladi.
0 ‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bol



62. Kichik maktab yosh davrida shaxs rivojlanishi.



Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning
atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan boladigan
munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3—4 sinflarga borib bola
uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati
ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida
foydalanishlari mumkin. I—IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘simliklar
ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha
ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va
malakalarni hosil qiladilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha
barqarorligi, anglanganligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning
hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bilan
oladi, ancha chuqur va kuchli bolib qoladi. Kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik,
ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi. Darslarda va
tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlarda ular quvnoq va tetik boladilar.
Bunday holat esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional
hayotida norma bolib hisoblanadi.



63. Kichik maktab yosh davrida o`qish faoliyati xususiyatlari.



Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga
bogliq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli
bolsa, unda asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik
xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani erta mustaqillikka
undash, unda ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi
mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan,
kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Mustaqillikni
shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni
ko‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir.
Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki,
unda bolaga biron-bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish,
bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini tengdoshlari, kattalar
va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada
mustaqil bolishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7—11 yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay
boshlaydilar. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi
va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining
ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning
ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qilinishiga
harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi kolinishi va gavda
tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahamiyati
juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar,
ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz tuzilishlariga alohida e’tibor bera
boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyati
jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan
muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga
kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga
hamda bilim olish jarayoniga bolgan qiziqishining qaror topishiga
yordam beradi, o‘quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham
o‘zgaradi.



64. Birinchi sinf o`quvchilarida uchraydigan qiyinchiliklar.



Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi
va o'z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina
bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi,
o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit
yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o'qituvchi tomonidan
qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar,
shuningdek, ularning qoidalariga to'la amal qilishga harakat
qiladilar.
Maktabga qabul qilingan bolalarning hayoti birmuncha qiyinlashib
boradi. Birinchi kunlardan boshlab o‘quvchi bir qancha
qiyinchiliklarni boshdan kechiradi: yangi maktab muhitiga
moslashish; yangi kun tartibini ishlab chiqish; yangi tengdoshlari
jamoasiga kirishish; xulq-atvorda ko'pgina cheklov va ustanovkalarni
qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabat o'rnatish,
oilaviy vaziyatlarda yangi munosabatlarning uyg‘unligini ta’minlash.
Shu bilan birga o‘quvchi yangi huquqlarga ham ega bo'ladi:
kattalar uning o‘quv topshiriqlariga, dars qiladigan joyiga va
o'quv qurollariga hurmat bilan munosabatda bo'ladi.
Qulay sharoitlarda o‘quv vaziyatlarini qabul qilish, egallash
ikki oy (ba’zan bir yilgacha) davom etadi. Sevikli va g‘amxo‘r
ota-onalar farzandining ≪o‘quvchi bo‘lish≫ imkoniyatini qadrlab,
o‘quv faoliyati talablari majmuasini egallashga yordamlashmoqlari
darkor.
Bunday qiyin vaziyatda bolani o‘zi mustaqil eplaydi deb, o‘z
holiga tashlab qo‘yish mumkin emas, lekin bunda boladagi tashabbuskorlik
cheklanishi mumkin.



65. Kichik maktab yosh davrida o`quv motivlari va ularning shakllanishi.



Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emotsional
motivatsion yo‘nalish bo'yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi.
U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha
bolgan bosqichlarni olaydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning
turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirishi va erkin harakatga
keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik,
lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi.
Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi.
Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlarida,
texnik va badiiy ijodlarida namoyon boladi. Bu davrda maxsus
layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana
boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq
umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili
sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bi-
lish jarayonlarining sintezi bolaning o‘z ona tilini toliq egallashi
asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana
boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq
me’yorlari va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bola
axloqini boshqaradi. 6—7 yoshli maktabga tayyor bolada ≪Men shuni xohlayman≫
motividan ≪Men shuni bajarishim kerak≫ motivi ustunlik qila
boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida
psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida,
balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum darajada
qo‘rquvning kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon
boladi.
Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal
o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi
o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va
o‘z ichki imkoniyatlaridan toliq foydalanish zaruriyatini taqozo
etadi. Maktabga tayyor bolgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy
oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli
moslashuviga yordam beradi.



66.O`smirlik davrida jismoniy rivojlanish.



0 ‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bolgan
davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan
jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka
ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish
oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda 0‘smirlik
yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. ≪Endi o‘smir
bola emas, biroq katta ham emas≫ ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining
muhim xarakterini bildiradi. 0 ‘smirlik — bolalikdan kattalikka
o‘tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga
xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning
jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli nar-
salarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi,
ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. 0 ‘smirlik balog‘
atga yetish davri bolib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga
taalluqli chigal masalalarning paydo bolishi bilan ham xarakterlanadi.
Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera
boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarishlardir.
Bo‘yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o'ssalar,
o‘g‘il bolalar 5—10 sm o'sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon
ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi
hisobiga ro‘y beradi. Oglz bo‘shlig‘i va halqumdagi o'zgarishlar oqibatida tovush
tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan
ko'proq darajada sodir boladi. O'g'il bolalarning tovushi vazminroq
bolib qoladi, do'rillaydi.
Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o'ssa ham,
mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo'l suyaklarining
o'sish sur’ati orqada qoladi. O'smirlarda bu xususiyat ularning
beso'naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo'pollikka,
katta-katta odim tashlashlariga sabab boladi.



67.O`smirlik davrida yuzaga keladigan yangi psixologik tuzilmalar.



0 ‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat —
voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bolishi alohida ahamiyatga
ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda,
qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z
ifodasini topadi. 0 ‘smirlik yoshiga xos bolgan psixologik xususiyatlarni
o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib,
kamolotga erishish yollarini va unga ta’sir etadigan biologik va
ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy
yetilish o‘smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita
sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik
o‘smir psixologik ≪mexanizmi≫ sxematik ravishda quyidagicha
baholanadi. Endokrin garmonlarining paydo bolishi va ularning
markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bogliq bolgan jinsiy
yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik
imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kattalardek
his etish, mustaqil bolish tuyg‘ularini tuyushlari uchun
qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning
bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga tola
tayyor bolmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik
maktab yoshidan o‘rta maktabga olish, ya’ni yakka o‘qituvchi
rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga olish va muloqotdagi
o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish,
mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga
bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga
nisbatan kichik o‘smirlarda paydo boladigan kelisha olmaslikni
ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar,
oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-
ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan boglash zarur.
Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni
o'zgartirish yoli bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan
to‘g‘ri ta’sir kolsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklarini
tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin.
Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar
hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. 0 ‘smir
o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab
hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati
yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga
yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra
kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni
yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, atayin
qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik
bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi.
Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini
namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlaydilar.
0 ‘smir xulqidagi bunday o'zgarishlar o‘qituvchi va ota-onalarni
qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish
uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi.
Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik
va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab
emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish
uni ≪katta bo‘lib qolganlik≫ tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta
odam qanday bolishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini
anglatishi zarur.
Kichik o'smir davrida bilish faolligi, bilishga bolgan qiziqish
kuchayadi (11—12 yosh). 0 ‘smirlik davrida tafakkur, tushunchalarni
hosil qilish funksiyasi shakllanadi. Fan asoslarini, umumlashtirilgan
bilimlarni o‘zlashtirish hisobiga psixik funksiyalar
ixtiyoriy boshqariladigan jarayonlarga qayta quriladi. Kognitiv
sohadagi o‘zgarishlar o‘smirning tevarak-atrofga munosabatini,
umuman shaxs sifatida shakllanishini o'zgartiradi. Idrok
tanlovchan, maqsadga yo‘naltirilgan analitik-sintetik faoliyatga
aylanadi. Xotira mantiqiy operatsiyalar bilan ichdan bogliq bola-
di. Nazariy diskursiv tafakkur tushunchalarga tayanilgan holda,
ular o‘zaro taqqoslanadi, bir fikrdan boshqa bir fikrga olish ro‘y
beradi.
0 ‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan
o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid boladi. 0 ‘smir avval
bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi:
uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda,
yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda,
jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va
fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa boladi va norozilik
bildiradi. 0 £smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo boladi va u
o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin
bolmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar
bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti-harakatlarini
o‘z vaqtida to‘g‘ri yolga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchilar
kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik,
o‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima
bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib,
noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda
fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi
omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniyatidan
ortiq darajada baholashidir. 0 ‘z imkoniyatlarini ortiqcha
baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari oltasida
tafovut paydo boladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysunmaslik,
maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik bu
mazkur sharoitga yetarli darajada baho bera olmaslikning yagona
reaksiyasi bolibgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning
shaxsi nuqtayi nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yoli sifatida
ham xizmat qiladi. Bu yo‘1 orqali bola o‘z shaxsining ahamiyatini,
uning ta’sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilarga
qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga
erishmoqchi boladi.
Demak, bu o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun
zarur bolgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan
348
bogliq salbiy ishlarning psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i
va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha
ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi
kerak.
0 ‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtiradi,
ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga
harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa
kengaytiradi, kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat
qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga
da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va
ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
0 ‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini
anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat
o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida
irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida
o'smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi
rivojining magistral chizig‘i bolib hisoblanadi.
0 ‘z-o‘zini anglash hissining tarkib topishi, o‘ziga nisbatan
go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga
kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan temperament
tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. 0 ‘smir
o‘gll-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida
o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar
bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo boladi. Bular
esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga
munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk 0‘smirlik
davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika
beradilar. Katta bolgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan
bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda
o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bola
boshlaydi.



68.O`smirlik davrida shaxsning rivojlanishi.



0 ‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini
anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr
hisoblanadi. 0 ‘smir ulg‘aygan sari unda ≪Ideal Men≫, ≪Axloqiy
Men≫ va ≪Haqiqiy Men≫ singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash,
e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi
tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
0 ‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy
nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0 ‘smir shaxsini
tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga,
kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar
o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi
qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi
ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning
turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror
e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida
axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning ≪men≫i qaytadan
shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘zigabo‘lgan
munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.
0 ‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi
kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga
ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir
shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki
men endi ≪katta bolib qoldim≫ deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham
psixologlar ≪katta bolib qolganlik tuyg‘usi≫ni shaxsning 0‘smirlik
yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.

69. O`smirlik davrida faoliyatning etakchi turi.



0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir.
0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o‘qish, muloqot hamda
mehnat faoliyatidir. 0 ‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi
— bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash
va egallashdir. 0 ‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan
iboratki, u tola o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. 0 ‘smirlarni
o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga
egadir. 0 ‘smirlar do‘stlik, o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashuvni
hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro munosabatlar,
o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda
o‘smirlar va ilk yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlariga
do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta
kuchliroq ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki,
o‘smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-atrofdagi
kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. 0 ‘smir bolaga
uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yordam
beradigan do‘st kerak. 0 ‘smirning do‘stlari bilan muloqoti
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prinsipial
tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda
alohida qiziqish boladi. Bu hoi o‘smirda yuzaga keladigan shaxsiy
kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan
muloqotda bolish tengdoshlari bilan bolgan muloqotning o‘rnini
bosa olmaydi.
0 ‘smir uchun tengdoshlari bilan bolgan muloqot u mustaqil
harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga
ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya
qiladi va aynan shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bolgan
munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning
xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.

70. O`smirlar bilan kattalar o`rtasidagi munosabatlar xususiyatlari.

O‘smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonalashish
ro‘y beradi. Haqiqatan ham o‘zini kattalarga qarshi qo‘yish,
mustaqil subyekt sifatida o‘zinikini, o‘z fikrini ajratish yaqqol
namoyon boladi. 0 ‘smirning kattalarga munosabati murakkabdir.
0 ‘smir bir tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini
prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi tomondan kattalaming yordamiga, qoMlab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosiga
ehtiyoj sezadi. Kattalar o‘smir uchun muhim, o‘smirda ham kattalarga
nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning ≪bolalarcha
≫ shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g‘amxo‘rlik
qilishlariga qarshi chiqadi.
Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar,
o‘qituvchilar bilan nizolashishlar — o‘smirlik davri uchun odatiy
hoi bo‘lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi
kattalarning unga bolgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga,
o‘smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolish
ko‘nikmasiga bogliq. 0 ‘smir va kattalar orasida qulay munosabatlarni
o‘rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan
ular hayotida umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini kengaytirish,
mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o‘zaro yordam
va ishonch muhitini yaratishdan iborat
0 ‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta
ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatishi,
tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat
bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi
bolish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar
kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim
bolganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar.
Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni tola tushungan holda
va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar,
lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday
holda ular tola qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha
salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi
mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda
boluvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan
o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilishlari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o‘z zimmalariga
olishlari birmuncha qiyin kechadi.

71.Rivojlanish psixologiyasida metodlarni qo`llashning o`ziga xos xususiyatlari.


Rus psixologi B.G. Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga
bo‘linadi:
I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks
metodlari kiradi. Taqqoslash — umumiy psixologiya, ijtimoiy
psixologiya, pato-psixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi.
Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning
dinamikasini aniqlash uchun qollaniladi. Longityud
— (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi.
Kompleks — psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida
o‘tkaziladi (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy
taraqqiyoti aniqlanadi).
II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental
psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya,
intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya
metodlari.
III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika)
va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
IV. Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Genetik
metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari
ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa
shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi ≪gorizontal≫ aloqalar
aniqlanadi.

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə