Respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo’limi jismoniy



Yüklə 58,09 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü58,09 Kb.
#180714
1   2   3
Sport tashkilotining menejeri

Boshqaruvchi-menejer. Menejerningbu xususiyati ungaazaldan xos bo‘lgan an’anaviy funksiya hisoblanadi. Boshqaruvchilik vazifasini ado etar ekan, menejer hokimlikka ega shaxs bo‘lib qoladi. Hozirgi sharoitda hokimiyat tanho bir kishiga tegishli bo‘lmay qolishi uchun hokimiyatni qo'lda tutuvchi kishidan bu- gungi kunda ham qat’iyat, ham ma’lum darajada muloyimlik ko‘rsatish talab etiladi. Boshqaruvchi — bu menejer xolos, o‘z lafzida turadigan, yuksak kasb mahoratiga ega, ish yuzasidan mezoni o‘zlashtirilgan, notiq, maslahatchi, pedagog va psixolog mahoratiga erishgan bo‘lishi kerak.
Diplomat-menejer. So‘nggi o‘n yilliklar davomida, ayniqsa, keng yoyilgan menejerlik malakalari va ko‘nikmalari orasida bularning, awalo, muzokaralar olib borish bilan bog‘liq xillari- ni tilga olib o‘tish lozim. 0‘rta va oliy darajadagi bugungi menejerlar hozirgi kunda o‘zlarining ish vaqtlarini asosan odam- lar bilan aloqalar bog‘lash va bu aloqalarni kengaytirishga, ish sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, shartnomalar, bitimlar tuzish, hukumat bilan o‘rnatiladigan munosabatlarni yo'lga qo‘- yishga sarflaydilar. Har xil vositachilik ishlarida menejerlarning ishtirok etishi tobora ko‘proq zarur bo'lib qoldi. Mana shu- larning hammasi uchun kishida alohida, ya’ni diplomatlarga xos qobiliyatlar bo'lishi kerak.
Yetakchi-menejer. Zamonaviy menejer, menejerlik ishlaridan tashqari yetakchilik ishlarini ham olib boradi. Menejment xususidagi Amerika nashriyotchilari “har bir menejer yetakchi bo‘lishi lozim”, degan ishorani allaqachon o‘rtaga tashlashgan. Menejerlik vazifasi bir ma’noni anglatmaydi. Bizda menejerlik vazifasi deganda, ko‘pincha biznesning moddiy tizimi faoliyatini quwatlab borish uchun zarur bo'lgan professional harakatlar tushuniladi, bu albatta, o‘tmishdan qolgan tushunchadir. Biznes­ning insonga xos bo‘lgan boshqa avlod tizimi, ya’ni boshqarishinng asosiy obyekti bu urinda go‘yo chetda qolib ketgandek. Lekin bu vazifani yaxshi uddalash uchun menejer odamlarni o‘ziga ergashtirib borish qobiliyatiga ega, ya’ni u yetakchi bo‘lishi lozim. Zamonaviy nuqtayi nazarga muvofiq yetakchilik funksiyalari ikki qismdan: professional — texnokratik va emotsional — shaxsga oid qismlardan tarkib topgan.
Murabbiy-menejer. Ishlab chiqarish jarayonlari murakkbla- shib borgani sayin xodimlarga qo‘yiladigan talablar ortadi. Bir tomondan xodimlarning texnologik bilimlarini oshirish ehti- yoji paydo bo'lsa, ikkinchi tomondan ular hayot faoliyatining ma’naviy tomonlarini kamolotga yetkazish zaruriyati tug‘iladi.
Murakkablashib borayotgan texnika texnologiya mutaxas- sislarga uzluksiz kasb ta’limi berib borish zaruriyatini tug‘dirishi hech kimda shubha uygotmaydi. Bu ravshan, shunga ko‘ra biz, ko‘p surishtirmasdan bu ishga talaygina mablag'larni sarflaymiz. Lekin xodimlarni ma’naviy tomondan kamolotga yetkazish borasida biz sustkashlik qilmoqdamiz va shuning uchun ishlab chiqarishda zarar ham ko‘ramiz. Vaholanki, xodimlarning yaxshi tarbiya ko‘r- ganligi, yuksak ma’naviy axloqqa ega ekanligi taraqqiyot cho‘q- qisiga chiqqan iqtisodiyotning mintaqadan mintaqaga o‘tib bori- shi uchun hal qiluvchi shart bo‘lib hisoblanadi.
Muvaffaqiyat qozonishni mo‘ljallaydigan menejer xodimlarni odob-axloq, his-hayajon tomonidan tarbiyalab borish barcha menejerlik ishlarining muhim tomonidir, degan tegishli xulosaga kelish lozim.
Innovator-menejer. Fan va texnika taraqqiyotining informa- tsion yuksalish sharoitlarida (birinchi yuksalish qishloq xo‘jalik ekinlarini joriy etish bilan, ikkinchi sanoatning tubdan o‘zgarishi bilan boglangan). Menejerlik ishining eng muhim tomonlaridan biri innovatsiyalar bo‘yicha faoliyat olib borishdir. Shiddat bilan davom etayotgan fan-texnika inqilobi sharoitlarida innovatsiyalar xususida kimki sustkashlik qiladigan bo‘lsa, u tez orada orqaga o‘tib qoladi. Innnovatsiyalarning zarurligini tushuntirish juda oson. Eskirib qolgan asbob-uskunalarni tiklash, yangiliklarni joriy etishdan mablag1 tejab qolishdan ko‘ra yangi texnika va texnologiya bazasida ehnat unumdorligi va mahsulot sifatini ko‘tarish ancha oson va tezroq bo‘ladi.
Menejer avvalo insondir. Menejer tashqi energiya manbalari- dan ishlaydigan mashina emas. Shuning uchun ham insonga xos bo'igan xususiyatlardan hech biri unga begona emas. Menejer tor bilim natijasida yetishtirilgan ijtimoiy sifatlarining murakkab bir tizimi, ya’ni shaxsiyatli kishidir. Har bir menejerning o‘z xulq-atvori bilan belgilanadigan o‘z tabiati bor. Lekin odam tabiatining har qaysi tomoni ham menejerlik vazifalarini ado etishga yordam beravermaydi. Yaponiyada firmaning menejerlari ishchilar mehnatining samarasini oshirish va ularni mahsulot sifatini tinmay takomilalshtirib borishga undash uchun quyidagi qoidaga amal qilib borishadi: Bizning tamoyillarimiz — jamiyati- mizni rivojlantirish va farovonligini oshirish borasida o‘z mas’- uliyatlarini anglab yetish. Jahon madaniyatini chindan taraqqiy ettirishga o‘z-o‘zini bag'ishlash. Bizning kredo-madaniyat taraq- qiyoti mavhum bir narsa emas. Bizning hammamiz birgalikda harakat qilib, madaniyat taraqqiyotiga o‘z ulushimizni qo‘shib boramiz. Bizning har birimiz buni doimo yodda tutmog‘imiz kerak. Har ishda firmaga sadoqatli bo‘lish muvoffaqiyat kel- tiradi.
Ma’naviy qadriyatlarimiz:

  1. ishlab chiqarishni takomillashtirish yo'li bilan millatga xizmat qilish;

  2. halollik;

  3. uyg'unlik va hamkorlik;

  4. sifat uchun kurash;

  5. o‘z qadrini bilish va bo'ysunish;

  6. firma bilan payvasta bo‘lib yashash; h) firmaga minnatdorchilik.

Boshqaruv sikli to'rtta vazifani ado etadi, bular — rejalashti- rish, tashkil etish, motivatsiya va nazoratidir. Bu vazifalar mod- diy boyliklar yaratish, mablag1 bilan ta’minlash, marketing va boshqalarga doir boshqaruv faoliyatining hamma turlarini o‘z ichiga oladi.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Menejerlar turlari qanday?

  2. Sport menejeri kim?

  3. Sport tashkilotlari menejerlari vazifalari.

  4. Menejerning ishiga munosabati qanday?

  5. Menejer sport tashkilotining a’zosimi?

  6. Menejerlar mutaxassislar tashkilot maqsadini qanday aniq- laydi?

  7. Menejerlarning insonlar maqsad zanjiridagi o‘rni.

  8. Menejerlar jamoadagi insonlarga rahbarmi?

  9. Menejerlar ishining ijodiy rang-barangliligi.

  10. Menejer amalga oshirishi lozim bo'lgan vazifalar.

  11. Menejerning 10 roli.




Yüklə 58,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə