Reja: Yosh er-xotin munosabatlari

Yüklə 0,8 Mb.
səhifə4/4
tarix04.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#88728
1   2   3   4
8-taqdimot

Ayol kishining esa nikohdan keyingi holati, oldingisidan keskin farq qiladi. Birinchidan, u o‘zi uchun deyarli yangi bo‘lgan, oldingisidan tubdan farq qiladigan muhitga tushadi. U o‘ziga xos shaxslararo munosabatlar tizimi, rollar taqsimoti, o‘ziga xos «xulqqa» ega bo‘lgan o‘zining qizlik oilasidan, boshqa bir oilaga, boshqacha bir shaxslararo munosabatlar tizimiga ega bo‘lgan yangi oilaviy muhitga tushadi. Undagi mavjud turmush tarzi oldingisiga mos tushmaydi, bundagi oilaviy rollar taqsimoti ham oldingisiga o‘xshamaydi, u yerdagi ma’lum bir ishni bajarish tartibi, u yoki bu ishga qo‘yiladigan talablar ham oldingisiga o‘xshamaydi. Buning ustiga yosh oilada yosh kelin zimmasiga yuklatiladigan vazifalar ham uni qizlik vaqtida bajaradigan ishlaridan ham miqdor, ham mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. Yangi ijtimoiy sharoitga moslashish jarayonining o‘zbek oilalarida ayol kishi uchun qiyin kechishining asosiy sabablaridan yana biri unda yosh kelin yuqorida aytib o‘tilgan vaziyatlarga tushishi bilan birga ularda bu yangi oilada kelin o‘zini «begona» deb his etishidir, ya’ni undagi «begonalik effekti»ning mavjudligidir.

Yuqorida keltirib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, yosh oila yuzaga kelganidan so‘ng unda er-xotin munosabatlarining «kutilganidek» rivojlanishiga xalaqit qiladigan ko‘plab ijtimoiy psixologik, etnik, hududiy, jinsiy omillar borki, yoshlarimiz bularning barchasi haqida oldindan xabardor bo‘lishligi va ularning salbiy ta’sirlarini yumshatib, ijobiy jihatlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.

Shunday qilib, eng ezgu niyatlar bilan oila qurgan yoshlarda er-xotinning shaxsiy munosabatlari baxtga qarshi yaxshidan yomonga qarab rivojlana boshlaydi. Chunki nikohning boshida kuzatiladigan er-xotin o‘rtasidagi ko‘tarinki emotsional yaqinlik asta-sekinlik bilan pasayib, ular hissiyotlarining o‘tmaslashuvi ro‘y beradi. Bu holatlar albatta har qanday oilada shaxslararo munosabatlar rivojlanishining o‘ziga xos dinamikasini tashkil qiladi. Bu holatdan voqif bo‘lish va uning o‘zgarishlariga tayyor turish yosh oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim ko‘ngilsizliklarning oldini olishga asos bo‘ladi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə