Reja: Yosh er-xotin munosabatlari

Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/4
tarix04.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#88728
1   2   3   4
8-taqdimot

Biroq hayotda, ayniqsa, oilaviy hayotda hamma narsa ham odam kutganidayin bo‘lavermaydi. Oilaviy hayotning o‘ziga yarasha notekisliklari, past-balandliklari, murakkabliklari, muammolari bo‘ladi. Shunday murakkabliklardan biri yosh erxotinning yangi ijtimoiy statusga, mavqega: er, kuyov, uylangan, oilali yigit, xotin, kelin, turmushga chiqqan ayol rollariga, o‘zlari uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy muhitga, yangi oilaga moslashish jarayoni bilan bog‘liq.

Xo‘sh bu yangi sharoitlarga moslashish jarayoni kimda qanday kechadi? Albatta, bu jarayon erkaklarda ayollarga nisbatan yengilroq kechadi. Chunki ular, o‘zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aksariyat hollarda erning uyida, uning otaonasi va boshqa qarindoshlari bilan yashaydi. Ya’ni yigit uylanganidan keyin ham o‘z oilasida, o‘z yaqinlari va o‘zi uchun oldindan odat bo‘lib qolgan oilaviy, shaxslararo munosabatlar

tizimida qoladi.

Ayol kishining esa nikohdan keyingi holati, oldingisidan keskin farq qiladi. Birinchidan, u o‘zi uchun deyarli yangi bo‘lgan, oldingisidan tubdan farq qiladigan muhitga tushadi. U o‘ziga xos shaxslararo munosabatlar tizimi, rollar taqsimoti, o‘ziga xos «xulqqa» ega bo‘lgan o‘zining qizlik oilasidan, boshqa bir oilaga, boshqacha bir shaxslararo munosabatlar tizimiga ega bo‘lgan yangi oilaviy muhitga tushadi. Undagi mavjud turmush tarzi oldingisiga mos tushmaydi, bundagi oilaviy rollar taqsimoti ham oldingisiga o‘xshamaydi, u yerdagi ma’lum bir ishni bajarish tartibi, u yoki bu ishga qo‘yiladigan talablar ham oldingisiga o‘xshamaydi. Buning ustiga yosh oilada yosh kelin zimmasiga yuklatiladigan vazifalar ham uni qizlik vaqtida bajaradigan ishlaridan ham miqdor, ham mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. Yangi ijtimoiy sharoitga moslashish jarayonining o‘zbek oilalarida ayol kishi uchun qiyin kechishining asosiy sabablaridan yana biri unda yosh kelin yuqorida aytib o‘tilgan vaziyatlarga tushishi bilan birga ularda bu yangi oilada kelin o‘zini «begona» deb his etishidir, ya’ni undagi «begonalik effekti»ning mavjudligidir.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə