Reja: Skanerlar haqida


Planshetli skanerlarning konstruksiyasi



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə5/9
tarix11.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#145563
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Skanerlar va ularning xarakteristikalari

Planshetli skanerlarning konstruksiyasi. Planshetli skanerlarni ishlash tamoyilini ko‘rib chiqamiz. Skanerlanuvchi obyekt oyna ustiga skanerlanuvchi yuzani pastga qaratgan holda qo‘yiladi. Oyna tagida harakati qadamli divigatel tomonidan boshqariladigan surilma lampa joylashgan (8-rasm).
Skanerlanayotgan obyekt

Mahkamlangan
ta’sirchan
CCD matritsasi
8-rasm. Skaner ishlashining sxematik ko‘rinishi
Obyektdan qaytgan nur ko‘zgu tizimi orqali o‘ta ta’sirchan matritsaga tushadi (CCD – Couple-Charged Device), so‘ngra ARO‘ga va kompyuterga uzatiladi. Dvigatelning har bir qadamida obyektning bir qismi skanerlanadi, so‘ngra dasturiy ta’minot yordamida umumiy tasvir ko‘rinishiga keltiriladi.
Ofis uchun mo‘ljallangan zamonaviy skanerlarning ko‘pchiligi ikki turdagi matritsalarga: CCD (Charge Coupled Device)ga yoki CIS (Contact Image Sensor)ga asoslangan bo‘ladi. CIS-skanerining g‘ilofi
CCD – apparatiga qaraganda yassi bo‘ladi (uning balandligi, odatda, 40–50 mm atrofida bo‘ladi). Ushbu skanerlar asosiy afzalliklari va kamchiliklari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
CCD- va CIS-skanerlarining afzalliklari va kamchiliklari




Afzalliklari

Kamchiliklari

CCD

Yuqori ruxsat etish xususiyati (CCD-skaneri 2400 dpi ruxsat berish xususiyatiga ega);
Lampalarning uzoq muddat hizmat qilishi;
Skanerlash sifatining yuqoriligi.

CIS-skanerlariga qaraganda narxining balandligi;
Skanerlashdan oldin lampaning uzoq muddat qizishi;
Qo‘shimcha ta’minot manbayiga bo‘lgan extiyoj.

CIS

O‘lchamining unchalik katta emasligi; tez ishga tushishi; narxining yuqori emasligi; Elektr energiyasini kam iste’mol qilishi (ko‘p CIS-skanerlar elektr energiyasini USB orqali oladi).

Ruxsat berish xususiyatining cheklanganligi (1200 dpi gacha); skanerlash sifatining nisbatan pastligi.


a) b)
9-rasm. Oynali tizim: CCD-skaner (a), CIS-skaner (b).
CCD-skaneri CIS-skanerga qaraganda yuqori tiniqlikka ega. Bunga 9-rasmda tasvirlanganidek, uning konstruksiyasida qo‘llanilgan obyektiv va ko‘zgular tizimi hisobiga erishiladi. 9-b rasmda faqat gina bitta ko‘zgu ko‘rsatilgan, aslida bunday tipdagi skanerlarda ko‘zgular uchtadan kam emas.
CCD-matritsali skanerlar nisbatan keng tarqalgan. Ulardan faqatgina qog‘ozdagi matnli hujjatlarni raqamlashtirishda emas, balki fotosuratlarni va rangli tasvirlarni skanerlashda ham foydalaniladi.
10-rasmda CIS-matritsa skanerlanayotgan original yuzas ini yorituvchi yorug‘lik diodli qatordan, o‘zi fokuslanuvchi mikrol inzadan va bevosita sensorlarning o‘zidan tashkil topgan. Ofis uchun mo‘ljallangan CCD-skanerlarning ayrim modellari 3200 dpi gacha
Planshetdagi original

10-rasm. CIS-sensorning sxematik ko‘rinishi.

11-rasm. CCD-matritsaning ko‘rinishi.
optik ruxsat berishga ega, CIS-apparatlarining esa optik ruxsat berishi 1200 dpi gacha yetadi.
CIS-matritsali skanerlar kitobni emas, balki varaqli originallarni skanerlash talab etilgan joylarda qo‘llaniladi. Bu skanerlar elektr energiyani butunlay USB shinadan oladi, bu esa portativ kompyuter sohiblariga anchagina qulaylik yaratadi.
11-rasmda oyna derazachali mikrosxema ko‘rinishidagi CCDmatritsa berilgan. Bu yerga originaldan qaytgan nur fokuslanadi. Barcha skanerlar o‘zi ulangan shaxsiy kompyuterlar tomonidan boshqariladi, skanerlashdan oldin kerak bo‘lgan sozlashlar esa boshqaruvchi dasturning muloqat oynasida kiritiladi.
Skanerlar ko‘pi bir nechta «tez skanerlash» tugmalari bilan jihozlangan. Tez ishga tushirishning tipik funksiyalari, odatda, printer orqali bosmaga chiqarish bilan skanerlashning standart operatsiyasini ishga tushirish, keyinchalik elektron pochta, faks orqali jo‘natish kabi funksiyalarni anglatadi.

12-rasm. Skanerning asosiy bog‘lamalarining joylashishi.

13-rasm. Tez skanerlash tugmalari.
14-rasm. Interfeysli plata

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə