Reja: Skanerlar haqida



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#145563
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Skanerlar va ularning xarakteristikalari

Skanerlash tezligi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha bitta sahifani skanerlashga ketgan sekundlar bilan aniqlanadi. Ba’zan bitta chiziqni skanerlash tezligi millisekundlarda ko‘rsatiladi.

  • Razryadligi yoki rang chuqurligi. Tasvirning skanerlangan nuqtasidagi axborotni batafsil tekshirish darajasini ko‘rsatadi. SSD matritsasining sifati esa ARO‘ (analog – raqamli o‘zgartirgich) ning razryadi bilan aniqlanadi.

    Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir. Oq-qora skanerlar ingichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish imkonini beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni qabul qilish xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusxalar bilan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256 dan 65536 sathgacha tebranadi.
    Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold) skanerl ari va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tark ibida bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi qurilmalar (oqimli printer, faks-modem, nusxa ko‘chirish apparati) imkoniyatini mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida axborotni kiritish, chiqarish va uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.

    yorug‘lik diodli lazerli proyeksion
    5-rasm. Qo‘l skanerlarining turlari.
    Zamonaviy skaner turlarini ko‘rib chiqamiz.
    Qo‘l skaneri yorug‘lik manbayi va yorug‘lik diodidan tashkil topgan chizg‘ichdan iborat. Bu qurilma yordamida qandaydir hujjatni kompyuterga kiritish uchun skanerlovchi moslamani mos keluvchi tasvir ustidan keskin harakatlarsiz o‘tkazish kerak. Odatda, kiritiladigan tasvir kengligi qo‘l skanerlari uchun 4 dyuym (10 sm) dan oshmaydi. Zamonaviy qo‘l skanerlari kiritilayotgan tasvirlarni avtomatik «yopishtirish»ni ta’minlaydi, ya’ni alohida kiritilgan qismlardan butun tasvirni shakllantiradi.
    Odatda, qo‘l skanerlari kichik o‘lchamli va narxi arzon bo‘ladi. Skanerlash tezligi 5–50 mm/s ni tashkil etadi.
    S tol usti skanerlarini sahifali, planshetli, xatto avtoskanerlar deb ham ataydilar. Bunday skanerlar 8,5 ga 11 dyuymli yoki 8,5 ga 14 dyuymli o‘lchamdagi tasvirlarni kiritish imkonini beradi. Stol usti skanerlarining 3 xil turi mavjud: planshetli (flatbed), rulonli (sheet-fed) va proeksion (overhead).
    Planshetli skanerlarning asosiy farqi shundaki, skanerlovchi moslama qog‘ozga nisbatan qadam dvigiteli 6-rasm. Planshetli skanerning yordamida harakat qiladi. ko‘rinishi. Tasvirni skanerlash uchun

    barabanli skaner ofislar uchun skaner
    7-rasm. Rulonli (o‘rama) skaner turlari.
    skaner qopqog‘ini ochib, skanerlanayotgan varaqdag i tasvirni pastga qarat gan holda shisha plastinaga qo‘yiladi, so‘ngra qopqoq yopiladi. Barcha keyingi skanerlash jarayonini boshqarish bu skaner bilan birga taqdim etiluvchi maxsus dasturda ishlash bilan kompyuter klaviaturasi yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi skanerlarning ommaviylashgan turiga Hewlett Packard firmasi ishlab chiqargan model kiradi. Rulonli skanerlarni ishlash tartibi oddiy faksmashinasining ishlash usulini eslatadi. Hujjatlarning alohida varaqlari shunday qurilma orqali tortiladi, shu bilan birga ularni skanerlash amalga oshiriladi. Shunday qilib, skanerlash moslamasi o‘z joyida turadi, qog‘oz esa unga nisbatan harakat qiladi.
    Stol usti skanerlarining uchinchi turi – proeksion skanerlar bo‘lib, ular ko‘proq o‘ziga xos bo‘lgan proeksiyalash apparatini (yoki foto kattalashtirgichni) eslatadi. Kiritilayotgan hujjat tasviri yuqoriga qaragan holda qo‘yiladi, bunda skanerlash bloki ham yuqorida joylashgan bo‘ladi. Faqat skanerlovchi qurilma harakatda bo‘ladi. Ushbu skanerlarning asosiy xususiyati uch o‘lchamli proeksiyalarni skanerlash imkoniyatining mavjudligidir.

    Yüklə 4,41 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə