Reja: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari. So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi. So‘z birikmasining tuzilishi va grammatik ma’nolari


Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi



Yüklə 218,91 Kb.
səhifə8/9
tarix19.12.2023
ölçüsü218,91 Kb.
#151035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
so\'z birikmasi sintaksisi

Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

  • 1) sodda kesim yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda bog‘lamasiz kelgan ot kesimlardir. Sodda kesim ifoda materialiga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim. a) sodda fe’l kesim tuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Qodirov) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch.Aytmatov) b) sodda ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘z, modal so‘z, shuningdek, fe’lning harakat nomi bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Yolg‘onchi kishi har kim qoshida beobro‘dir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») Keng-keng ko‘chalari bor-u, lekin markazi tiqilinch. (P.Qodirov) Soyda tosh ko‘p, terib chiqaraverasan. (P.Qodirov)
  • 2) tarkibli kesim ikki va undan ortiq so‘z shakllarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan kesimdir. U doim yetakchi va yordamchi qismlardan tashkil topib, yetakchi qism asosiy ma’noni, yordamchi qism qo‘shimcha ma’noni ifodalaydi.
  • Bu yumshoq, mulohazali odamga yotoqdoshlarning mehri oshib qolgan edi.

Ot kesim bog’lamalari

  • O‘zbek tilida bog‘lamani qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
  • 1. So‘z bog‘lamalari: bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, ko‘rinmoq, tuyulmoq, edi, ekan kabilar.
  • 2. Affiks bog‘lama-dir.
  • Affiks bog‘lama sodda ot kesim tarkibida qo‘llanib, doimiy sintaktik zamonni ifodalaydi. Masalan: Agar yolg‘iz esang hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir,. (Abdurahmon Jomiy)
  • Ko‘pincha mazkur bog‘lama qo‘llanmasligi mumkin, nol shaklida ishlatilishi mumkin: Aqlning o‘lchovi – idrok Ø. (Maqol). Dono durdan a’lo Ø. (Maqol).
  • So‘z bog‘lama tarkibli ot kesimni shakllantiradi va turli mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: Yomonga bosh bo‘lguncha, yaxshiga yo‘ldosh bo‘l. (Maqol). Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. (Maqol). Shirboz qo‘zining tandir kabobi juda yaxshi bo‘ladi-da. (P.Qodirov). Avazning akasi Ortiq shu edi (P.Qodirov).
  • Tarkibli ot kesim harakat nomi + kerak, lozim, mumkin, shart, darkor kabi so‘zlar shaklida ham kelishi mumkin. Masalan: Endi jiyan panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. (P.Qodirov). Bu vatanni tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga qat’iy zarba berilmog‘i lozim. (P.Qodirov).
  •  

Yüklə 218,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə