Reja: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari. So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi. So‘z birikmasining tuzilishi va grammatik ma’nolari



Yüklə 218,91 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü218,91 Kb.
#151035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
so\'z birikmasi sintaksisi

.

  • Ot kesim. Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va b.) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalanadigan kesim ot kesim deb ataladi.
  • 1) kesimning ot bilan ifodalanishi. Ot kesim vazifasida ko‘pincha bosh kelishikdagi ot, ba’zan esa o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklardagi ot yoki ko‘makchi bilan qo‘llangan ot kelishi mumkin: Yoshning hurmati - qarz, qarining hurmati – farz. (Maqol). So‘zning ko‘rki - maqol. (Maqol). O‘sha kuni Norboy ota dalada edi. (P. Q.). Safaviylar ham o‘zimizning turkiy ulusdan. (P.Q)
  • Ot bilan ifodalangan kesim nafaqat bosh kelishik shaklida, ba’zan jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklar shaklida bo‘lishi mumkin, hatto ko‘makchi orqali shakllangan bo‘lishi mumkin. Masalan: Ilmu hunar yerga emas, elga. (Maqol). Haqiqat kuchda emas, kuch haqiqatda. (V.Kataev). Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol).
  • 2) kesimning sifat bilan ifodalanishi: O‘rmon ichi sersoya, salqin.(P.Qodirov) Uning bo‘yi baland edi. (P.Qodirov)
  • 3) kesimning son bilan ifodalanishi: Besh karra besh - yigirma besh. Qayiq kattagina, eshkagi to‘rtta edi. (P.Qodirov) So‘zimiz, va’damiz, ahdimiz bitta, do‘stlikda yaratgan baxtimiz bitta.(Maqol). 4) kesimning olmoshbilan ifodalanishi : Endi navbat sizniki. (P.Qodirov) Sen uning kimi bo‘lasan? (Ch.Aytmatov) Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol) 5) kesimning harakat nomi bilan ifodalanishi: Bir ko‘rgan bilish, ikki ko‘rgan tanish. (Maqol)
  • 6) kesimning ravish bilan ifodalanishi: Podshoni kuyov qilishga havasmandlar ko‘p edi.(P.Qodirov). 7) kesimning modal so‘z bilan ifodalanishi: Oy tunda kerak, aql kunda kerak. (Maqol) Tengdoshlari ichida undan tez chopadigani, chillak otishda undan ustasi yo‘q.(P.Qodirov). 8) kesimning undov so‘z bilan ifodalanishi: Ellarni qutqazgan mardlarga balli! 

Yüklə 218,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə