Reja: Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Quruq qurilish qorishmalari va klassifikatsiyasi


Quruq qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun materiallar



Yüklə 199 Kb.
səhifə2/9
tarix29.11.2023
ölçüsü199 Kb.
#143276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-AMALIY

1.2. Quruq qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun materiallar

Bog‘lovchi moddalar deb, qayta ishlovning ma’lum bosqichida yopishqoq – plastik xususiyatga egabo‘lib, sochiluvchan massalar (mineral kukunlar, mayda va yirik donli materiallar – qum, shag‘al, toshlar va x.k.)ni bir-biriga bog‘lab, sekin-asta qattiq xolatga o‘tuvchi materiallarga aytiladi.


Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • noorganik (mineral) bog‘lovchi moddalar (gips, qurilish oxagi, portlandsement va boshqalar);

  • organik bog‘lovchi moddalar (bitum, degotь, polimer bog‘lovchilar).

SHtukaturka qorishmalarini olish uchun noorganik bog‘lovchi moddalar ishlatiladi: portlandsement va shlakoportlandsement, ularning markasi qorishma markasidan 3 – 4 marta ko‘proqdir.
Xavosimon ohak ohaksimon xamir yoki kukun xolida ishlatilishi mumkin, kamdan-kam xollarda maydalangan so‘ndirilmagan oxak ishlatiladi. Bundan tashqari, gipsli bog‘lovchili qorishmalar ham ishlatiladi. Ular mexanik chidamliligi bo‘yicha sementli qorishmalarga yaqinlashadi.
Portlandsement va uning turlari markasi 25 va undan yuqori bo‘lgan qorishma uchun tavsiya qilinadi. Ohakli va uning asosidagi aralash bog‘lovchilar markasi 10 va undan yuqori markali qorishmalar uchun ishlatiladi. Qorishma markasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sementlar 60% dan ko‘p namlikda ishlatishga mo‘ljallangan qorishmalar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi.
Gips: tarkibi, xususiyati, qo‘llanilishi. Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gipsli bog‘lovchilar QMQ 125 – 79 talablariga mos ravishda tayyorlanishi kerak.
Gipsli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom – ashyo bu tarkibida mineral-gips bo‘lgan tog‘ jinslaridir.
Gips –mineral tog‘ jinsi ,ikkisuvli kalьtsiy sulьfati: CaSO4•2H2O.
Toza ikkisuvli gipsning kimyoviy tarkibi quyidagi 1.1 – jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval
Gipsning kimyoviy tarkibi

Komponent nomi

% massa bo‘yicha

SaO

32,6

SO3

46,5

N2O

20,9

Gipsli toshning texnik tavsifi 1.2 – jadvalda berilgan.


1.2– jadval
Gips toshining tavsifi

Zichligi, kg/m3

2200 – 2400

To‘kma zichligi, kg/m3

1300 – 1600

Namligi, %

3 – 5

Moos shkalasi bo‘yicha qattiqligi

2

CaSO4 hisobida gipsning suvda eruvchanligi, g\l,
18°S
40°S
100°S da

0.2
0,21


0,17

16 – 46 °S intervalda issiqlik o‘tkazuvchanlik Vt\ (m x k)

0,43

Gipsli tosh tarkibidagi CaSO4•2H2O ning miqdori, % navlvr bo‘yicha
I
II
III
IV

Kam emas

95
90


80
70

Gipsli bog‘lovchi moddalarni shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi:

  • Qurilish gipsi;

  • SHlakli gips;

  • Yuqori chidamli gips;

Qurilish gipsi – ikkisuvli maydalangan gipsning kuydirib olingan mahsulotidir. Ayrim zavodlarda kuydirilgandan so‘ng gips yana bir bora maydalanadi.
Bu gips maydakristalli gips turiga kirib, qotish davrida qurilish gipsining suv talabchanligi oshadi. Qotgandan so‘ng mustahkamligi yuqori emas,2-16 MPa ni tashkil etadi.
SHakllanadigan gips ham yarimgidratli kalьtsiy sulьfatidan tashkil topgan. Qurilish gipsidan farqi uning o‘ta maydaligidadir.
Yuqori mustahkamli gips α – yarimgidratning o‘ta maydalangan mahsuloti bo‘lib, issiq ishlovi sharoiti (bu sharoitda suv gipsdan tomchili-suyuq xolda ajraladi) natijasida olingan. Bunday sharoit 0.15 – 0.3 MPa bosimda to‘yingan bug‘ muhitida, avtoklavda bo‘lishi mumkin.
Gipsli bog‘lovchi moddalarning ko‘rib chiqilgan turlari turli maqsadlar uchun ishlatiladi. Qurilish va shakllanadigan gipslardan quyidagilarni ishlab – chiqarishda keng foydalaniladi:

  • KNAUF – listlar (gipsakarton list);

  • KNAUF – superlist (gipstolali list);

  • quruq qurilish qorishmalari;

  • gipsli qovurg‘asimon plitalar;

  • gipsolit detallar;

  • ventilyatsion korobkalar;

  • olovga chidamli va tovush yutuvchi mahsulotlar.

Bu materiallarning hammasi havoning nisbiy namligi 60% dan oshmagan xonalarda ishlatilishi kerak, chunki gipsli mahsulotlarning namlanishi doim uning chidamliligini pasaytiradi va plastik deformatsiyalarni ko‘paytiradi. Gipsli mahsulotlar namlikka chidamliligini, masalan: sintetik smolalar qo‘shish, gidrofob moddalar bilan to‘yintirish, uzluksiz zichlash yo‘llari bilan oshirish mumkin. Suvga chidamlilikni oshirishning ayniqsa eng samarador usuli bu - gips asosli aralash bog‘lovchi moddalarga o‘tishdir.
Ishlab chiqarishda gipsli bog‘lovchilarning ikki xar xil usuli qo‘llaniladi: nam va quruq.
Havoda qotadigan ohak. Havoi qurilish oxagi – bog‘lovchi modda bo‘lib, karbonat kalьtsiy (SaSO3) bo‘lgan tog‘ jinslarini bir tekis va uzluksiz kuydirish yo‘li bilan olinadi.SHundaylardan mel, oxaktosh sanaladi.
Havoyda qotadigan ohak olish uchun, asosan xom ashyo tarkibiga ko‘ra, 900 - 1200°Sdarajadagi temperaturada kuydirish talab qilinadi. Kuydirish quyidagi tenglamaga ko‘ra, uglekislыy gazni to‘liq yo‘qotguncha amalga oshiriladi:

Yüklə 199 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə