Materiallar tayyorlash



Yüklə 23,78 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü23,78 Kb.
#110535
mumtoz asarlar


MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH”GA OID DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH

Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarning gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari bilan tanishtirish bo‘yicha va mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlashga oid didaktik materiallar tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
1 – topshiriq.
Alisher Navoiyning “Ko`zung ne balo qaro bo`lubtur” g`azali.
Ko`zung ne balo qaro bo`lubtur,

Kim jong`a qaro balo bo`lubtur.
Majmu`i davoni dard qildi

Dardingki, mango davo bo`lubtur.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,

Har jonki sango fido bo`lubtur.
Begona bo`lubtur oshnodin,

Begonag`o oshno bo`lubtur.
To qildi yuzung havosi jonim,

Yuz sori ango havo bo`lubtur.
Boqiy topar ulki bo`ldi foniy,

Rahravg`a fano baqo bo`lubtur.
To tuzdi Navoiy oyati ishq,

Ishq ahli aro navo bo`lubtur.
Savollar:
1. Ushbu g`azalning birinchi baytida qanday badiiy san`at qo`llanilgan?
2. Tardi aks badiiy san`ati qaysi baytda uchramaydi?
3. Qaysi baytda “rahrav” obrazi mavjud?
4. “Navo” so`zining ma`nolari?
5. Qaysi baytda iyhom san`ati qo`llanilgan?
6. Solikning maqsadi nima?
7. 2-baytda “dard” so`zi qanday ma`noda qo`llanilgan?
8. G`azalda qo`llanilgan notanish so`zlar qaysilar?
9. G`azal qaysi bahrda yozilgan?
10. So`ngi misrani sharhlang?


Topshiriqlar:
1. G`azalni ifodali o`qib, baytlarini sharhlang.


2.G'azalni yod oling.


2.topshiriq.
Quyidagi rasm asosida og`zaki matn tuzing: Mumtoz asarlarimizni aruz vaznisiz, she’riy san’atlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aruz bahrlari, badiiy parchadan tashbeh-u tazod kabi badiiy vositalarni topishda o‘quvchi qiynaladi, chunki ba’zi adabiyot muallimlarining mumtoz badiiy asarlarga “tishi o‘tmaydi”. Shu bois adabiyot darslarida o‘qituv­chiga yordam, o‘quvchiga tushuncha, tasavvur bera oladigan nazariy ma’lumotlarni ko‘proq berib borish lozim. Masalan, she’riy vaznlar haqida 5-sinf adabiyot darsligida umumiy ma’lumot berib o‘tiladi. Endigina boshlang‘ich sinfdan yuqori sinfga ko‘tarilgan yosh bola vazn nimaligini qanday tushunsin? Bizningcha, 7-sinfdan boshlab aruz janri va badiiy san’atlar haqida izchil ma’lumotlar berilishi kerak.

Ma’lumki, g‘azallar tahlilida ikki tahlil usuli muhim sanaladi: tashqi va ichki tahlil. Tashqi tah­lilda mumtoz she’rlarning hajmi, vazni, qofiyadosh so‘zlari, radifi, mavzusi, tushunarsiz so‘zlar lug‘ati kabilar aniqlanadi. Ichki tahlilda esa asarning g‘oyasi, mazmuni, muallifning maqsadi she’riy san’atlar orqali o‘rganiladi. Demak, o‘quvchi o‘qiyotgan ijod namunasini tushunib, anglashi uchun adabiy

bilimlardan to‘la xabardor bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, lug‘at boyligi yuqori bo‘lsa, foydadan xoli emas, buning uchun klassik asarlar izohli lug‘atlari adadi­ni oshirish hamda ommalashtirish shart, bizningcha. Chunki ko‘pchilik o‘quvchi ma’naviy buyuk durdona­larimizni murakkab tili tufayli o‘qishni, mumtoz qo‘shiqlarimizni tinglashni u qadar ma’qul ko‘rmaydi. Umumta’lim maktablarining 8-sinflari uchun ona tili darsligi yangi nashrida “Mumtoz matn va lug‘atlar ustida ishlash” mavzulari qo‘shilgan. Asosan, hazrat Navoiyning “Lison ut-tayr” asaridan parchalar keltirilib, turli topshiriqlar berilgan:

“Olingga kel\sa agar pi\li damon,

Ko‘rgosen pash\sha hamon-u\ pil hamon…

75-mashq: berilgan matndagi ajratilgan so‘zlar­ning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga yozing va yodlang: 1) mast, 2) yo‘lbars 3) cho‘loq chumoli kabi…

76- mashq: she’riy parchani nasriy bayon qilishga harakat qilib ko‘ring”.

Bizningcha, bu kabi topshiriqlarni ona tili emas, adabiyot darslarida bajargan ma’qulroq. Negaki, o‘quvchi shundog‘am adabiyot darslarida ko‘pincha mumtoz asarlarni o‘rganishga kirisholmaydi.

9-sinf adabiyot fani ish rejasida Hazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodi, “Farhod va Shirin” asarini o‘tish uchun o‘n soat vaqt ajratilgan. Ammo o‘qituvchi mavzuni, asar mazmunini tushun­tirib bermas ekan, o‘quvchi dostonni o‘zlashtirishga qiynaladi. Voqealar rivoji, sujetdan xabardor bo‘lgach esa o‘quvchida mustaqil o‘qishga uyg‘ongan ehtiyoj asar tilining qiyinligi, nazariy ma’lumotlarning kamligi sabab yo‘qoladi. Natijada keyingi — dostonni tahlil qilish soatlari biroz zerikarli bo‘ladi. Ana shu noqulayliklarni bartaraf etish uchun asar asosida amaliy mashg‘ulot darslari olib borilsa, o‘quvchida mustaqil ishlash ko‘nikmalari shakllanardi. Misol uchun, muallif haqida darslikdan emas, boshqa manbalardan, ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumot topib, referatlar tayyorlagan holda, o‘z ishini himoya

qilish, asarning badiiy unsurlarini o‘zi izlab, tahlil qilib, mazmunini tushuntirish, lug‘atdan foydalani­sh orqali asar matnini o‘qish, ta’sirli o‘rinlarini yod olishni osonlashtiradi.

O‘g‘il-qizlar ulg‘aygach, oddiy quruvchi bo‘lganda ham Alisher Navoiydan o‘qilgan ikki misra bayt, Mavlono Rumiy “Masnaviy”si xazinasidan kichik bir hikoyat ma’nosini anglab, kerak bo‘lganda, bolasiga, oilasidagilarga izohlab berolsa, adabiyot fani oz bo‘lsada maqsadiga erishgan bo‘ladi. Rauf Parfi o‘zining “Eng uzoq yozilgan tarjimayi hol”ida shunday yozadi:

“Otam — bog‘bon. Savodsiz, bizningcha, Mashrabni o‘qirdi eski yozuvda.

Onam — pillakor. Savodsiz, bizningcha, Hazrat Navoiyga tishi o‘tardi...”.

Ko‘rinib turibdiki, badiiy adabiyotni tushunish, unga ko‘ngil bog‘lash uchun aynan adabiyotshunos bo‘lish shart emas. Shuningdek, badiiy asarlar, mumtoz so‘z g‘aznasining javohirlari — kishi ruhiyati­ning poklovchisi sifatida hamisha kitobxonlar e’tiborida bo‘lmog‘i shart. O‘quvchiga ana shu durdona olam sinoatlarini ochmoq uchun ustozlar kamarbasta bo‘lib, eng yaxshi, eng samarali usullarni maqola, tezis yoki boshqa ommaviy shakllarda targ‘ibot qilsalar, ishonamanki, men kabi tajribasi kamroq o‘qituv­chilarga ko‘mak, dunyoni lol etgan adabiyotimiz namunalarining keyingi avlodlar uchun sevimli asarlar bo‘lib qolishida yo‘lboshchi bo‘lar edi. Yurtimizning ilg‘or metod markazlari, oliy o‘quv yurtlari aynan mumtoz adabiyotimizning kelajagi uchun sodda va qulay, yangi va interfaol dars metodlarini tavsiya etib borsalar, biz yosh muallimlarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardilar.
Yüklə 23,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə