Reja: Protokol. Protokollar steki. Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlash modeli osi. Osi modelining sathlari va bosqich protokollarining bajarilish ketma-ketligi



Yüklə 33,8 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü33,8 Kb.
#157309
1   2
1. 1 va 2 bosqich protokollaruning bajarilish ketma ketligi

Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini taminlaydi. Ularning ko‘p ishlatiladigan va taniqliligi quyidagilardir:
· FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga ega bo‘lish OSI protokoli;
· X.400 – elektron pochtalarni xalqaro almashish uchun CCITT protokoli;
· X.500 – bir necha sistemada fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
· SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;
· FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;
· SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qisimlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
· Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
· Microsoft SMBs (Server Message Blocks, bloki soobsheniye servera, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig‘i yoki Microsoft redirektorlari;
· NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig‘i yoki Novell redirktorlari.
Tarmoq protokollari – manzillash, yo‘naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so‘rovlarini boshqaradi. Ularni ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilar:
· IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/IP – protokoli;
· IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan Net Ware firma protokoli;
· NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
· Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, protokollarni loyixalashtiruvchilar yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarga xar doim xam rioya qilmaydilar. Masalan, bazi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning bazi vazifalarini bajaradi. Bu xol turli firma protokollarini ko‘pincha o‘zaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar o‘zi tuzgan protokol to‘plamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu xolda tugallangan gurux vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq operatsion sistmasini «firma» qilish mumkin, ya’ni ochiq standart OSI modeli bilan o‘zaro mos tushmaslikka olib keladi.
Misol tariqasida 2.1, 2.2 va 2.3 – rasmlarda protokollarning nisbati sxematik ravishda keltirilgan. Unda standart OSI modeli bosqichlari bilan taniqli va ishlatiladigan firma tarmoq operatsion sistemalarining mosligi taqqoslangan, chizmalardan ko‘rinib turibdiki amalda xech bir bosqich bilan ideal model bosqichlarining aniq mos tushishi kuzatilmaydi.
Yüklə 33,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə