Reja: Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya. Oliy nerv faoliyatining shikastlanishlari nevrozlar. Nevroz,psixonevroz,nevrotik Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya



Yüklə 1,15 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#137104
Ashurov sherzod 2 mus ishi


Oliy nerv faoliyatining tiplari. Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish. Uyqu, tush korish va gipnoz, uyqu gigiyenasi..
Reja: 1.Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya.
2.Oliy nerv faoliyatining shikastlanishlari nevrozlar.
3. Nevroz,psixonevroz,nevrotik
Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya Tashqi olamning ob`ektiv realligini ongda aks ettiradigan fiziologik mexanizmlarni ochib berish fiziologiyaning vazifasidir. Voqelikni aks ettirish formalari taraqqiyotning turli bosqichlarida turlichadir. Sezgilar, idroklar, tasavvurlarda o`z ifodasini topadigan konkret hissiy in`ikos soddaroqdir. Tashqi olamning abstrakid-umumlashtirilgan in`ikosi beqiyos murakkab bo`lib, logik tafakkurda, ya`ni odam miyasining abstraklovchi ishi asosida vujudga keladigan tushuncha, muhokama xulosalarda o`z ifodasini topadi.
Oliy nerv faoliyatini o`rganish tashqi olamning miyada aks etishiga yordamidagina ko`pgina fiziologik mexanizmlarni bylib olish imkoniyatini tugdiradi. Tashqi olam va organizmning holati birinchi signal sistemasi tufayli konkret -hissiyotni in`ikos etadi, ya`ni sezgilar, idroklar, tasavvurlar hosil bo`ladi. Nerv sistemasi bo`lgan hayvonlarda retseptorlarning qo`zg`alishi nerv markazlariga nerv impulslarini o`tishi nerv markazlarining qo`zg`olishi sezgalarning fiziologik negizi hisoblanadi. Ayni vaqtda organizm retseptorlariga ta`sir etuvchi buyum va hodisalarning ayrim xosalari o`g`risida signallar olib turadi.
Nerv sistemasining rivojlanishi jarayonida sezgilarning mexanizmi murakkablashadi, sezgilar murakkab nozik va aniq bo`lib qoladi. Voqelikni aks ettirishning boshqa hamma formalari, jumladan idrok va tasavvurlar sezgilar asosida kelib chiqadi. Sezgilarga qarama - qarshi o`laroq idrok butun buyumni xossalarining yig`indisi sifatida aks ettirishdan iborat. Narsa yaxlit, bir butun va shu bilan birga bir qadar bo`lishgan holda idrok etiladi.
Bu katta yarim sharlar yustlog`ining analitik sintetik faoliyatiga bog`liq. Buyum va xodisalarning turli xossalari idrok etganda miya po`stlog`ining ko`p markazlari bir yo`la qo`zg`aladi. Ana shu nuqtalari orasida vaqtinchalik bog`lanishlar vujudga keladi. Vaqtinchalik aloqa -eng muhim fiziologik hodisa shu bilan birga psixik xodisa hamdir ya`ni assotsiativ bog`lanish psixik hodisaning o`zginasidir. Bir buyum yoki hodisaning o`zidan ko`p marta signallar olish asosida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Miya po`stlog`ida qo`zg`olishning yoyilishi tufayli narsa hodisa tushuniladi. Keyingi idroklar protsessida buyumning ayrim xossalari differentsiallanadi- bir biridan ajratiladi.
Nevroz,psixonevroz,nevrotik buzilish,nevroz kasalligi (qadimgi yunon. νε ρον «asab» dan yangi lot. neurosis) uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, ornashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan tariflanadi.
Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə