Reja: Nutq tovushlarining tasnifi



Yüklə 106,63 Kb.
səhifə6/9
tarix23.12.2023
ölçüsü106,63 Kb.
#157201
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O`zbek tilining unli tovushlar tizimi va ularning tasniflari

V fonemasilab-lab va lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangli undosh fonemasi. So‘zning boshida (vazifa, vafo), o‘rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o‘tov, birov) kela oladi. Sof o‘zbekcha so‘zlarda bu fonema so‘z boshida deyarli qo‘llanmaydi.
M fonemasi - lab-lab, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (mehr, mo‘ylov, mulk), o‘rtasida (omon, umr) va oxirida (tom, bodom, qadam) kela oladi.
P fonemasi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (pilla, po‘choq, parda), o‘rtasida (opa, qipiq, to‘piq) va oxirida (cho‘p, top, sop) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxirida bu fonema deyarli uchramaydi.

F fonemasi - lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, faqat o‘zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning boshida (faqir, oftob, fabrika), o‘rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba’zi so‘zlarda talaffuzda p fonemasi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida. Bunday o‘zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.

2.Til undoshlari
T fonemasi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (to‘ti, tuxum), o‘rtasi (katta, vatan) va oxirida (savat, qavat, harakat) kela oladi. O‘zbek milliy tilining o‘g‘uz lahjasiga mansub shevalarda t ba’zan d ga o‘tadi: tuz > duz, o‘t > o‘d kabi. Bu o‘tishlar adabiy orfografiyada ifodalanmaydi.
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o‘zlashtirigan so‘zlardagi qo‘sh undoshlar tarkibidagi t fonemasi talaffuzda ko‘pincha tushib qoladi: g‘isht > g‘ish, pastqam > pasqam, taksist > taksis kabi. Bu o‘zgarish yozma imloda aks etmaydi.

D fonemasi til oldi, portlovchi, jarangli undosh fonema bo‘lib, so‘zning boshida (devor, do‘kon, dala), o‘rtasida (shabada, sodda, to‘da) va oxirida (qasd, hudud, gard ) kela oladi. So‘z oxirida kelgan d fonemasi talaffuzda hamma vaqt jarangsizlashadi va t fonemasiga o‘tadi: Asad>Asat, Samarqand>Samarqant, Xo‘jand>Xo‘jant kabi. Bu fonema ham o‘zlashma so‘zlar tarkibidagi qo‘sh undoshlar ichida kelganda tushib qolishi mumkin: farzand>farzan, baland>balan.


Yüklə 106,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə