Reja: Kirish bob. Davlat funksiyalari tushunchasi va tasnifi


Huquq tartibot funksiyasini amalga oshirish uchun



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#138612
1   2   3   4   5   6   7   8
davlat tomonidan bajariladigan funksiyalar

Huquq tartibot funksiyasini amalga oshirish uchun:
а) yangi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
b) qonunlar ijrosi ustidan anik nazoratni urnatish,
s) insonning ishonchli konstitutsiyaviy va yuridik huquqlari, ijtimoiy
kafolatlarini, aholining ijtimoiy himoyalanishi va kullab—kuvvatlanishini ta’minlovchi qonunchilikni shakllantirish;) qonunchilik va huquq —tartibotni mustahkamlash singari vazifalar kundalang kuyilgan edi. Ushbu vazifalarga ogishmay amal qilinsa va bu boradagi mavjud muammolar o‘z yechimini topsa maqsadga muvofik bo‘lardi.
Tabiatni muxofaza qilish funksiyasi ham O‘zbekiston Respublikasining ichki funksiyasining muhim ko‘rinishini tashkil etadi. yakin utmishda aholi extiyejlarining usib borishi bilan jamiyat tabiiy boyliklaridan tobora ko‘prok foydalan borishi kerak degan fikr hamma yerda xukmronlik qilgani ko‘pchilikninng yedida. Bunda atrof — muxitning bo‘zilishi, ekologik makonning o‘zgarib ketishi Odamlar istikomat qiladigan joylar hayot uchun xavfli falokat mintakalariga aylanib ketishi extimoli xech kimni usha paytda tashvishga solmasdi.
Shu tarika mingyilliklar mobaynida tabiat, inson va ishlab chiqarish o‘rtasida tarkib topgan muvozanat barham toptirilgan edi. Shu jumladan, O‘zbekiston hududida ham sovetlar davridagi tabiatga bo‘lgan vaxshiyona munosabat bir qancha ekologik inkirozlarni vujudga keltirgan edi. Bundan keyin ham ana shunday okibatlarga yo‘l kuymaslik uchun xozirgi davrda davlatimizning tabitani muxofaza qilish funksiyasi:
• tabiiy zahiralardan vaxshiylarcha foydalanish, atrof — muxitga zarar yetkazish va respublikada ekologik axvolning yemonlashuviga yo‘l kuymaslik;
• boshka davlatlar ishtirokida Orolni qutqarish, Orol buyida ekologik sharoitlarni sog‘lomlashtirish buyicha ta’sirchan chora — tadbirlarni amalga oshirish, mazkur mintaka iqtisodiyoti va ijtimoiy soxalardagi xalokatli okibatlarni barham toptirishdan iborat, deya tula asos bilan aytamiz.
Mustaqillik yillari mobaynida davlatimiz tashqi siyosatini barpo etishning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va izchil hayotga tatbik etib kelinmokda. Ular, eng avvalo, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshka mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillari asosida kurishga intilishidan kelib chikadi
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy hamkorlimkning ko‘p tomonlama xalqaro mexanizmlariga kushilib ketdi. Nufo‘zli xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirib, ularda faol siyosat olib bormokda. Bu tashkilotlar orasida BMT va uning tuzilmalari, Jaxon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro Moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy tarakkiyetga kumaklashish tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jaxon soglikni saklash tashkiloti va boshka tashkilotlar bor O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy funksiyalarini kuyidagicha izoxlash mumkin:
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish buyicha bir maqsadga yo‘naltirilgan siyosatni olib borish;
respublika iqtisodiyotiga kapital mablaglarni tugridan — tutri keng jalb etishni ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy — iqtisodiy va boshka sharoitlarni yanada takomillashtirish;
respublikamizga jaxon andozalari darajasidagi texnologiyalarni yetkazib beruvchi, xalq xujaligini zamonaviy tarkibini yaratishga kumaklashuvchi xorijiy investorlarga nisbatan ochik eshiklar siyosatini ogishmay olib borish, suveren Markaziy Osiyo davlatlari bilan dustlik, kardoshlik alokalarini mustahkamlash, ular bilan ijtimoiy — iqtisodiy munosabatlarni chukurlashtirish va yanada rivojlantirish, ilmiy va madaniy ayirboshlashni kengaytirish — O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishidir.
Musulmon davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarni, shu jumladan ko‘p tomonlama asosdagi munosabatlarnii yanada chukurlashtirish, Janubiy — sharkiy Osiyoning yangi sanoat mamlakatlari bilan teng huquqli munosabatlarni yo‘lga kuyish;
Iqtisodiy tarakkiy etgan — AKSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshka mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli, mustahkam alokalarni urnatish;
Butun tashqi iqtisodiy faoliyatimizni tashqid etishni yanada islox qilib borish.
Ushbu funksiyalarni hayotga joriy etish «O‘zbekiston iqtisodiyotini jaxon iqtisodiy hamjamiyatiga keng kulamda uygunlashtirish uchun iqtisodiy hamda tashkiliy huquqiy shart —sharoitlarni yaratish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasining mamlakat mudofaasi funksiyasi faoliyatining muhim yo‘nalishini tashkil etadi. davlatchilik tarakkiyetining barcha boskichlarida uning ahamiyati goyat katta bo‘lib kelgan. Zero, hamisha mamlakat ozodligi va mustaqilligini tashqi boskinchilardan himoya qilishning obyektiv zarurati mavjud bo‘lib kelganligi ma’lum.
Mamlakat mudofaasi funksiyalari iqtisodiy — siyosiy, diplomatik va xarbiy vositalar bilan amalga oshiriladi.
Xozirgi zamon davlatlarining aksariyati o‘z mudofaa doktrinasiga ega. Buning ahamiyati boshka davlat yoki bir gurux davlatlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan agressiyaning oldini olish uchun eng makbo‘l darajada yetarli kuch va vositalarni vujudga keltirishda o‘z ifodasini topadi. Shu munosabat bilan Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning 1 — sessiyasida so‘zdagan nutkida shunday ta’kidlagan edi: «Armiyamiz, kurollik kuchlarimiz, xarbiy doktrinamiz davlatimiz xavfsizligining muhim kaoflatidir».
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasida: «O‘zbekiston Qurollik kuchlari O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholi tinch hayotini va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi» — deb yezib kuyilgan.
Davlatning mudofaa funksiyasi uning xarbiy doktrinasiga boglik bo‘lib, ular asosiy 5 yo‘nalishni tashkil etadi:
• mamlakat mudofaa kudratini mustahkamlash — mamlakat mudofaa kobiliyatini ta’minlash uchun eng avvalo mamlakat mudofaa kuvvatini mustahkamlash yo‘lida zarur bo‘ladigan hamma narsani yetkazib bera oladigan tarakkiy etgan iqtisodiyot kerak bo‘ladi
Kurollik kuchlarni, ularning jangovar kudrati va jangovar tayyergarligini doimiy takomillashtirib borish — shu maqsadda O‘zbekistonda «armiyani texnik jixatdan mustahkamlash chora tadbirlari kurildi. Iqtisodiy kiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin ham xarbiy saloxiyatni ta’minlash uchun zarurmablag ajratish davom etaveradi. Bizning xarbiy doktrinamiz mudofaa va xavfning oldini olish xarakteriga ega».
• Davlat chegaralarini mudofaa qilish — ushbu maqsad I. A. Karimovning Oliy Majlisning birinchi sessiyasida so‘zlagan nutkida yaxshi ifodalangan: «Atrofimizdagi notinch duneda dustlarimiz bor, lekin O‘zbekistonni o‘z ta’sir doirasiga kirtishni xoxlaydiganlar ham yuk emas. buning uchun ular barcha nayranglardan, kolaversa xarbiy kuchdan ham foydalanishlari mumkin. Shu sababli bizning yaxshi tayyerlangan va kurolangan istiklolimiz va chegaralarimizni himoya qilisha kodir armiyamiz bo‘lishi kerak».
• Qurollik kuchlarning xarbiy ta’limi — shu maqsadda davlat xarbiy xisobida turgan shaxslarni vakti —vakti bilan harbiy qayta tayrgarlikdan utkazib turadi. Bu armiyani jangovar tayyergarlik xolatida ushlab turish imkonini beradi. Oliy va o‘rta ukuv yurtlarida olib boriladigan kushindan tashkari xarbiy tayyergarlik ham muhim ahamiyatga ega. Prezident I.Karimovning ta’kidlashicha: «Sunggi paytlarda O‘zbekistonda kurolli kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyerlashga muljallangan bir qancha xarbiy ukuv yurtlari tashkil etildi.
• Fuqarolarning mudofaasini tashkil etish — ushbu tadbir dushman ommaviy kirgina kurollari bilan zarba beradigan yashash joylaridan aholini evakuatsiya qilishni nazarda tutadi Shu maqsadda himoya kurilmalari, shuningdek kutkaruv va mudofaa ishlarini utkazish uchun aholi va maxsus bo‘linmalarni tayyerlash ham ko‘zda tutiladi.
Davlat funksiyalari haqida gapirganda uning maqsadi va vazifalariga ham alohida to'xtalib o'tish lozim. Chunki davlat funksiyalari davlat maqsadi va vazifalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, davlat o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishishi uchun ma'lum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu esa tyegishli funksiyalarni amalga oshirish bilan bog'liqdir. Shuni qayd etish lozimki, “maqsad”, “vazifa”, “funksiya” tushunchalari bir-biridan ajralmas bo'lib, ular davlatning mohiyatiga mos ravishda shakllanadi.
Maqsad bu muayyan davlatning taraqqiyotidagi kyeyingi bosqichda erishmoqchi bo'lgan holati bo'lsa (masalan: fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy dyemokratik davlat barpo etish), vazifa esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo'lgan masalalar, funksiya – vazifalar yechimiga yo'naltirilgan faoliyat yo'nalishidir.
Davlat maqsadining quyidagi xususiyatlarini ko'rsatib o'tish mumkin:
 davlat faoliyatini yo'naltiruvchi va tartibga soluvchi, uning bajarishi lozim bo'lgan vazifalari kyetma-kyetligi va xaraktyerini byelgilab byeruvchi byevosita motivi bo'lib maydonga chiqadi;
 muayyan vazifalarni bajargandan kyeyin kyelajakda yuzaga kyelishi mumkin bo'lgan davlatning obrazi va modyeli sifatida namoyon bo'ladi;
 davlat faoliyatini ryejalashtirish va taraqqiyotning muqobil yo'nalishlarini tanlash imkonini byeradi;
 davlat faoliyatini mantiqiylik va tizimlilik asosida amalga oshishini ta'minlaydi;
 maqsadga erishish amaldagi hayotiy vaziyat va maqsad o'rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish jarayoni hisoblanadi. Davlatning vazifalari quyidagi xususiyatlarga ega:
 funksiyaning mavjud bo'lishi (amalga oshishi)ni taqozo etadi;
 uning amalga oshishidan oldin yuzaga kyeladi;
 funksiyaga nisbatan ob'yektiv xaraktyerga ega;
 funksiyaning mazmunini byelgilab byeradi;
 funksiyaning shakl va myetodlariga ta'sir qiladi;
 funksiyasiz davlatning birorta ham vazifasi hal etilmaydi;
 bitta funksiya orqali davlatning bir qator vazifalari bajarilishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Davlat va jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida ular oldiga ma'lum bir vazifalarning qo'yilishi tyegishli funksiyalarni amalga oshirish zaruratini kyeltirib chiqaradi, chunki davlatning funksiyalari amalga oshirilmagan taqdirda uning vazifalari ham amalga oshmay qoladi. Vazifa bir tomondan ma'lum xususiyatga ega bo'lmagan biror-bir maqsadga erishish zaruratini, ikkinchi tomondan esa ma'lum faoliyat turini amalga oshirish zaruratini taqozo etadi. Vazifa va funksiyalarning o'zaro nisbatida funksiyalar emas, balki vazifalar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Vazifa bir tomondan biror-bir maqsadga erishish, ikkinchi tomondan esa ma'lum faoliyat turini amalga oshirish zaruratini o'z ichiga oladi. Davlatning funksiyalari uning vazifalariga bog'liq bo'ladi, chunki vazifalar funksiyalarning mavjudligini va ularning mazmunini byelgilaydi, ularni amalga oshirish shakl va usullariga ta'sir ko'rsatadi. Funksiyalar mazmuni davlatning qanday faoliyat olib borayotganligi, shu muhitda boshqaruv harakatlarini qay yo'sinda yuritayotganligi, uning tyegishli organlari nima bilan shug'ullanayotganligini ko'rsatadi.
Davlat o'z funksiyalarini amalga oshirishda muayyan shakl va usullardan foydalanadi. Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllarining huquqiy va huquqiy xaraktyerga ega bo'lmagan turlari mavjud.
Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari bo'yicha quyidagilarga bo'lish mumkin:
 huquq ijodkorligi;
 ijro etish;
 huquqni muhofaza qilish.
Huquq ijodkorligi bu normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish bo'lib, mazkur faoliyatsiz davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirib bo'lmaydi. Huquqni ijro etish funksiyasi normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo'yilgan qoidalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Bunda qonunchilikda byelgilangan talablarni kundalik hayotda bajarishga va boshqaruv xaraktyeriga ega bo'lgan turli xil masalalarni hal qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi. Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga huquq-tartibotni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha chora ko'rish, yuridik ishlarni ko'rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish kabilarni kiritish mumkin.
Bundan tashqari, dalat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy bo'lmagan shakllari ham mavjud. Davlat funksiyalarini amalga oshirishning ushbu shakllariga quyidagilar kiradi: 1) tashkiliy-tartibga soluvchi – davlat organlarining hujjatlar loyihalarini tayyorlash, saylovlarni tashkil etish, ryejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat bilan bog'liq faoliyat; 2) tashkiliy-xo'jalik – kryeditlash, ta'minot, statistika, buxgaltyerlik hisobi bilan bog'liq bo'lgan tyezkor-tyexnik va xo'jalik ishlari; 3) tashkiliy-mafkuraviy – yangi qabul qilingan normativhuquqiy hujjatlarni tushuntirish, ijtimoiy fikrni shakllantirish, aholiga murojaat qilish kabi davlat organlarining turli funksiyalarini mafkuraviy jihatdan ta'minlash bilan bog'liq faoliyat.
Davlat funksiyalari muayyan usullarni qo'llash orqali amalga oshiriladi. Ushbu usullar sifatida ishontirish va majburlov, tavsiya va rag'batlantirishlarni ko'rsatib o'tish mumkin1.
Ishontirish sub'yektlarni ularning irodasiga mos ravishda tanlash erkinligini ta'minlagan holda muayyan faoliyat yuritishga undashdir. Ishontirish sub'yektiv huquq, qonuniy manfaatlar, imtiyozlar va boshqa ijobiy yuridik vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Davlat asosiy usul sifatida, avvalo, ishontirish usulidan maksimal tarzda foydalanishi lozim. Ishontirish manfaatdorlikka, qonuniylikning isbotlanishiga va huquq normalariga mos keladigan ongli yurish-turishning maqsadga muvofiqliligiga asoslanadi. Majburlash – kishilarni tanlov huquqini cheklagan holda kuch ishlatish orqali muayyan faoliyat yuritishga undashni nazarda tutadi. Majburlov to'xtatib qo'yish, jazolash, mahrum qilish kabi yuridik vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Rag'batlantirish – kishilarni rag'batlantirish tizimi orqali jamiyat va davlat manfaatdor bo'lgan ijtimoiy foydali faoliyat yuritishga undashdir. Tavsiya qilish – kishilarni jamiyat va davlat nuqtai nazaridan istalgan va ijobiy xatti-harakatni amalga oshirishga yo'naltirishdir.
Yuqoridagilar bilan birga boshqa huquqiy adabiyotlarda davlat funksiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy va ma'muriy usullari haqida ham aytib o'tiladi. Iqtisodiy usullar sifatida davlat boshqaruvini amalga oshirishda quyidagi iqtisodiy vositalardan foydalanish nazarda tutiladi: muayyan tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar uchun soliqlarni kamaytirish; iqtisodiyotning u yoki bu tarmog'iga invyestisiya kiritish va boshqalar. Ma'muriy usullar davlat organlarining qonuniy ko'rsatmalarini bajarish majburiyati bilan bog'liqdir. Bunday usullar qatoriga davlat rag'batlantiruvi va man etish usullarini kiritish mumkin. Davlat tomonidan rag'batlantirishga, masalan, chyet el invyestisiyalarini rag'batlantirish maqsadida chyet el kapitali bilan faoliyat yuritadigan korxonalarni bir nyecha yilga soliqlardan ozod qilishni ko'rsatib o'tish mumkin. Man etishga qaratilgan usulni qo'llash orqali davlat u yoki bu faoliyat yuritishga o'zining salbiy munosabatini bildiradi. Bunda davlat jamiyat manfaatlari uchun zararli va mos kyelmaydigan faoliyat olib borilishiga to'sqinlik qiladi.


Xulosa
Mudofaa funksiyalarining mustaqil mavjud bo‘lmasligini ta’kidlash joiz. Ular iqtisodiy, ijtimoiy jamoat tartibini saklash, ekologik funksiyalar bilan chambarchas boglik bo‘ladi. Prezident nutkida aynan shu xususiyat kayd etilgan: «Xozirgi duneda davlat barkarorligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy — ruxiy, ma’naviy va axlokiy, moddiy va tarixiy ildizlariga tayanadi.
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa funksiyasiga yana xozirgi kunda o‘ta dolzarb va jiddiy masala xisoblangan diniy ekstremizm va terrorizmga karshi kurash ham kiradi. Chunki nafakat bizning respublikamizga balki butun dunega xavf solayetgan ushbu illatlarga bir davlatning kuchi aslo yetmaydi. Shuning uchun jaxon hamjamiyati bilan bu illatlarga karshi kurashish zarur Shu sababdan birinchi Prezidentimiz I Karimov nufo‘zli tashkilotlar minbarlaridan turib butun dune mamlakatlarini diniy ekstremizm va terrorizmga karshi birgalikda kurashishga chorlab kelmokda. Kachonki Yer yuzida ana shunday salbiy illatlar yukolsa insonlar tinch — totuv, bexavotir yashashlari mumkin.



Yüklə 135,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə