Reja: Kirish Asosiy qism Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat Chaqaloqlik davrida ijtimoiylashuv moslashuv. Go‘daklik davrida ijtimoiy moslashuvning o ‘ziga xosliklari


Gnoseologik (bilishga qaratilgan)



Yüklə 84,24 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü84,24 Kb.
#180969
1   2   3   4
pedogogika

Gnoseologik (bilishga qaratilgan) yondaShuv o’qitish jarayoni mohiyatini bilish jarayonidan olib chiqishga yordam berib, tabiiy vujudga kelgan bilish faoliyatining o’zgargan ko’rinishi – modifikatsiyasidir. O’qitish ijtimoiy qonuniyatlarga bo’ysunib, inson individual rivojlanishining tezlashuviga yordam beradi. Shunday qilib, u inson individual rivojlanish qonuniyatlari bilan bir qatorda inson ongining ijtimoiy tarixiy rivojlanishiga bog’liq. Ta’lim bilishning ijtimoiy va individual shakllarini, individual faoliyatni ijtimoiy bilish tuzilishiga yaqinlashtirib, bolani o’qitishgacha bo’lgan shaxsiy tajribasi bilan ta’lim jarayonida paydo bo’lgan anglash o’rtasida qarama-qarshilikni tug’diradi.
Gnoseologik yondaShuvda ta’lim mohiyati – o’quvchida individuallashtirish jarayonini amalga oshirish va o’qitish jarayonini tatbiq etish.
Psixologik yondaShuv. Unga o’qitish jarayoni mohiyatini bilimlarni egallash va inson rivojlanishining psixologiya nazariyalaridan ajratib olish xarakterlidir.
Aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasiga (P.YA.Galperin, N.F.Talizina) asosan ta’lim birinchi moddiylashgan bosqichdan tashqi nutqiy harakatga tayangan holda ikkinchisiga o’tish asosida ro’y beradi. Bundan so’ng, uchinchi bosqichda xatti-harakatlar to’laligicha ichki rejada bajariladigan oliy darajaga o’tadi. Bunday yondashuvda ta’lim mazmuni bilimlarni egallash bosqichlariga bog’liq holda aqliy xatti-harakatlar shakllanish bosqichlariga muvofiqlikdan iborat. Mazkur yondaShuvda ta’lim o’quvchining shaxsiga yo’naltirilib, rivojlanuvchi funksiyani amalga oishradi. Akmeologik yondaShuv ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning mohiyati Shundaki, ta’lim shaxs hayotiy olami, pedagog va bolaning mazmuniy reallik yuzasiga o’tadi. Ta’lim pedagog va bolaning nafaqat fikr va munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta’sir sub’ektining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitishga, ya’ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat qiladi. Bunda ta’lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta’limni ideal shaklga olib kelish uchun ta’lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning real hayotiy pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta’limning yakuniy natijasiga erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
Fan va jamiyat tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bugungi kunda ta’limda barcha yondaShuvlardan birgalikda foydalanish ma’qul. Chunki, ularning har biri alohida bitta funksiyani, ta’limning bitta maqsadini amalga oshiradi.
Ta’lim islohoti texnologiyasini didaktika va metodika pozitsiyasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish zarur. Maktabgacha yosh davrida bolaning nutqiy rivojlanish uslubiyati asosiy ahamiyatga ega (nutqiy faoliyatning rivojlanishi). Bolaning nutqiy hulqi asosida “uning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlash mumkin. Binobarin, gap bolaning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uslubiyati haqida borishi kerak.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining didaktik modeli Shunday omillarni qamrab olishi kerakki, pedagog ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni amalga oshirishi, ta’lim shartiga bog’liq ravishda o’z qoidalarini ishlab chiqishi mumkin bo’lsin. Bular quyidagicha: pedagog va bola o’zaro ta’sirining didaktik tamoyillari, vositalari, bosqichlari, turi va yo’llari
Didaktik tamoyillar:

  • faollik tamoyili bola xususiyatlarini bilish faoliyati sub’ekti sifatida hisobga olishga asoslanadi;


  • ko’rgazmalilik tamoyili bolalar tomonidan tevarak olamni idrok etish xususiyatlariga asoslanadi;


  • tuShunarlilik tamoyili bolalar bilish faoliyatining rivojlanish qonuniyatlari bilan bog’liq;


  • amalga oshiriluvchi tamoyil ta’lim jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olishni taxmin qiladi;


  • tizimlilik tamoyili bolaning tevarak-atrofni anglashi orqali muloqot darajasini hisobga olish bilan bog’liq.


Ta’lim vositalari: nutqiy, faoliyatli, moddiy, texnik. Bosqichlari: tanishtiruvchi, differensiatsiya, integratsiya.


O’zaro ta’sir turlari:
I-tur – emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifasi - emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi bilan almashish, kelgusi birgalikdagi faoliyat uchun emotsional kayfiyat va motivatsiyani yaratish.
II-tur – ijodiy faoliyat tajribasini o’zgartirish. O’zaro ta’sirning mazkur turi ta’limning bilish jihatini, ta’lim maqsadini amalga oshirib, bolani individuallashtirishga qaratilgan.
III-tur – o’quv vazifalarini yechish mumkin bo’lgan vositalarni mustahkamlash uchun faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasi bilan almashish. O’zaro ta’sirning bu turi ta’limning psixologik jihatiga asoslanib, rivojlanuvchi maqsadni amalga oshiradi va bola shaxsi shakllanishiga yordam beradi.
IV-tur – ta’limning akmeologik jihatini amalga oshirish. Pedagog notanish sharoitlarda yo’nalish olishni yaratadi. O’zaro ta’sir mazkur turining vazifasi – mazmun va munosabatlarni anglash jarayonida bola tomonidan tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsi fikrlash sohasida “olam obrazi”ning, ya’ni “olamni bolalarcha ko’rish”ning shakllanishidan iborat.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasini amalga oshiruvchi o’zaro ta’sirning 4 ta turi faqatgina pedagog va bolalarning hamkorlikdagi faoliyat vositasi va xarakterini aniqlabgina qolmasdan, balki bolalar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni ham belgilaydi. Bu esa shaxsiy faoliyat metodida asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta’lim jarayonining yaxlit sub’ekti sifatida pedagog va bolalar fikrlarini shakllantirish va munosabatlarini boshqarishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Uslubiy model uslubiy tamoyillarni, vositalar, bosqichlar, metod va yo’llarini o’z ichiga oladi.

Yüklə 84,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə