15
ega mansabdorlar xizmat qilgan, «buyuk satrap», «oddiy satrap», «chegara
boshliqlari» kabi unvonlar bo‘lgan, shaharlar podshohning
noiblari tomonidan
boshqarilgan. Kushon podsholigi, Rim imperiyasi va Sosoniylar davlati o‘rtasidagi
munosabatlarning beqarorligi kuchlar nisbatining Sosoniylar foydasiga hal
bo‘lishiga olib keldi. IV asrning 70–80-yillarida Kushon podsholigining g‘arbiy
qismi Sosoniylar tomonidan bosib olinadi va Shimoliy Hindistondagi Kushan Gupta
davlati tarkibiga qo‘shib olindi. O‘rta Osiyo hududida kichik-kichik davlatlar tashkil
topdi. Bular Panjakentdan Karmanagacha bo‘lgan hududdagi So‘g‘d davlati,
Zarafshon vodiysining g‘arbidagi Buxoro boshchiligidagi shahar davlatlar ittifoqi,
Samarqand yaqinidagi Maymurg‘, Ishtixon va Kushaniya davlatlari, Farg‘onadagi
shahar-davlatlar ittifoqi edi. Bu davlatlarda butun hokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plagan
podsho boshchilik qilgan.
Podshohning shaxsi ilohiylashtirilgan bo‘lib, hokimiyat unga xudo tomonidan
ato etilgan degan tasavvur keng tarqalgan. Podshoh huzurida oqsoqollar kengashi
bo‘lgan. Shahar-davlatlari boshliqlari o‘z tanga pulini zarb etish huquqiga ega
bo‘lgan. Shahar davlatlar otliq qo‘shin va qullardan tashkil topgan qurolli
bo‘linmalarga ega bo‘lgan. Aytish kerakki, Kushon podsholigi O‘rta
Osiyo xalqlari
tarixida o‘chmas iz qoldirgan davlatlardan biri bo‘lib, tarixning ochilmagan bu
qirrasi o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Gap shundaki, qariyb 400 yil umr ko‘rgan,
ulkan hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan Kushon podsholigi o‘z davri uchun
mukammal, kuchli markazlashgan davlat organlari tizimi, huquq manbalariga ega
bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Chunki ulkan hududni boshqarish, o‘sha davrdagi
murakkab jarayonlardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solish tegishli siyosiy-
huquqiy institutlarsiz amri mahol edi.
IV asrning oxiri va V asr boshlarida orol bo‘yida istiqomat qiluvchi
ko‘chmanchi massagetlar o‘zlarining Eftalitlar davlati
Dostları ilə paylaş: