Reja I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 374,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix29.03.2023
ölçüsü374,97 Kb.
#103607
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'rta osiyodagi qadimgi davlatlar

 
podsholigi tashkil topgan. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, 
Parkana (Farg‘ona) kirgan. Yunon-Baqtriya davridagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum 
haqida manbalarda batafsil ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Jumladan, jamiyatda 
quldorlar, erkin jamoatchi dehqonlar, qaram kishilarning turli tabaqalari hamda 
qullar bo‘lganligi, shaharlar sonining o‘sib borganligi, siyosiy va iqtisodiy markazlar 
kengayib, hunarmandchilik rivojlanganligi haqida ma’lumotlargina mavjud.
Yunon-Baqtriya podsholigining davlat apparati unchalik katta, murakkab va 
markazlashgan emas edi. Butun hokimiyat podsho qo‘lida to‘plangan bo‘lib, 
ko‘pchilik hollarda uning o‘g‘li ham podsho hisoblangan. Butun mamlakat 
satrapliklarga bo‘lingan edi.
«Milinda-Panxa» (II asr) asarida ko‘rsatilishicha Yunon-Baqtriya davlatining 
Hindiston qismida yuqori harbiy boshliq, birinchi vazir, bosh sudya, xazina 
boshlig‘i, tantanali soyabon va qilichni ko‘tarib yuruvchilar haqida ma’lumot bor. 
Mazkur asarda «qishloq hokimi»ning vakolatlari haqida ma’siy va iqtisodiy 
markazlarning kengayishi, hunarmandchilikning jadal rivojlanganligi, qishloq 
hokimi qishloq ahlini jarchilar orqali o‘z huzuriga chaqirib turishi va uning 
chaqirig‘iga xonadon egasi yoki oila boshlig‘i yetib kelishi shartligi, cho‘rilar, 
qullar, xizmatkorlar, dehqonlar kelmasligi haqida ma’lumotlar bor.
Parfyanlar podsholigining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi va 
rivojlanishida Arshakiylar sulolasi vakillari hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ushbu 
podsholikda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, davlat boshlig‘i albatta arshakiylar 
xonadonidan bo‘lishi shart hisoblangan. Shu bilan birga davlat boshqaruvida ikki 
kengash: qabila zodagonlari va kohinlar kengashlarining o‘rni katta bo‘lgan. 
Chunonchi, yangi hukmdor xuddi shu ikki kengash ishtirokida saylangan. Albatta, 
1
N. A. Abdurahimova, M. Isakova, Z. M. Suleymonova – Davlat muassasalari tarixi. Toshkent. 2007. 74-b 



bunda marhum hukmdorning vasiyati e’tiborga olingan. Boshqacha aytganda, taxtga 
vorislik bir sulola ichida kechsada, ammo muayyan tartib bo‘lmagan, ya’ni o‘tgan 
hukmdor o‘rnini uning o‘g‘li yo ukasi, yo bo‘lmasa Arshakiylar sulolasining 
bironbir namoyandasi egallashi mumkin bo‘lgan. Aftidan, bu masalada 
kengashlarning mavqei kuchli bo‘lib kelgan. Buni shundan ham bilib olish 
mumkinki, tarixiy hujjatlarga ko‘ra mazkur ikki kengash oliy hukmdorni taxtdan 
chetlatishga qodir hisoblangan. Arshakiylar saltanatni mulklarga (satrapiyalarga) 
bo‘lib idora etganlar. Shu bilan birga, barcha mulklar mavqei bir xilda bo‘lmaganini 
ta’kidlash lozim. Chunonchi, Girkaniya, Seyiston (Sakiston) yarim mustaqil mulk 
sifatida o‘z pullarini zarb etib kelganlar.
Miloddan avvalgi II asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari tarixida siyosiy 
beqarorlik davri boshlanadi. Bu asrda Yunon-Baqtriya podsholigidan So‘g‘diyona 
ajralib chiqdi. Marg‘iyona parfyanlar tomonidan bosib olindi. Keyinchalik O‘rta 
Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati 
tashkil topdi. Bu davlat ham keyinchalik kichik-kichik podsholiklarga bo‘linib ketdi. 
O‘sha vaqtlarda Xorazm davlati takribiga Xorazm, So‘g‘diyona va Choch 
(Toshkent) kirardi.
Toxariston davlati
 
tuzilishi va uni boshqarish shakli va ushbu davlatning 
markaziy va mahalliy organlari haqidagi ma’lumotlar bizgacha to‘lig‘icha yetib 
kelmaganligi sababli Azamat Ziyoning bu haqdagi fikr- mulohazalari bilan 
cheklanishimizga to‘g‘ri keladi. U shunday deb yozadi: «Toxariston boshqaruvi 
masalasiga kelsak, shimoldan kirib kelgan toharlar (yuechjilar) hamda mahalliy 
mavqedor doiralar faoliyati beshta siyosiy xonadon nomi bilan bog‘liq ekanligini 
ta’kidlab o‘tmoq kerak». Xitoylik mualliflarning fikricha, ular quyidagilardan iborat 
bo‘lgan: «Xyumi, Shuanmi, Guyshuan (Kushon), Xeytun, Gaofu. Ularning har biri 
ustidan turuvchi sardor yabg‘u (jabg‘u) unvoniga ega bo‘lib, har bir yabg‘u o‘z 
qarorgohida o‘tirgan. Masalan, Hyumi sardori (hokimi) Homo shahrida, Shuanmi 
hokimi Shuanmida, Guyshuan hokimi Xotzoda, Xeytun hokimi Gaofuda turgan. 
Aftidan, biron-bir xonadon ikkinchisining ustidan hukmronlik qilish imkoniga ega 
bo‘lmagan.
Chjan Syanning «Daxya (Baqtriya) aslida oliy hukmdorga ega emas, har bir 
shaharning o‘z hokimi bor» qabilidagi guvohliklari shu xulosaga olib keladi. 
Fikrimizcha, Xitoy manabalarida tilga olingan «har bir shahar» mavjud besh siyosiy 
sulola boshliqlarining qarorgohlarini anglatishi kerak. Shu bilan birga, bu besh mulk 
(sulola) yuechjilarga qaram, yuechjilarning poytaxti esa Amudaryoning o‘ng 
qirg‘og‘ida joylashgan kabi ta’kidlarni ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. 
Fikrimizcha, yuechjilar (toxarlar) keyingi davrdagi eftaliylar, chingiziylarga o‘xshab 
o‘lkani chetdan turib boshqarganlar. Buni tasdiqlovchi ma’lumotlarni xitoy 
manbalarida ham uchratish mumkin. Jumladan, katta yuechji aslida ko‘chmanchi 
davlat. Aholi mol-holi bilan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuradi, urf-odatlari 
xunlarnikiga o‘xshash bo‘lganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.


10 
Xitoy manbalarida Parkana davlati

Yüklə 374,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə