Reja: Etnogenez va etnik tarix



Yüklə 491,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix12.06.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#116730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 3 (1)

xalq og`zaki 
ijodi
nahmunalari ham muhim manba hisoblanadi. Xalq og`zaki ijodiyoti 
madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bo`lib, uning ildizi insoniyatning eng 
qadimgi tarixiga borib taqaladi. Og`zaki adabiyotning ayrim nahmunalari qadimgi 
yunon tarixchilari va Tabariy, Mahsudiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn al-Asir kabi 
Sharqiy olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Qayumars, Jamshid va 
Siyovush haqidagi afsonalar, To`maris va Shiroq haqidagi qissalar ham shular 
jumlasidandir. An’anaviy urug`-jamoaviy munosabatlar, xo`jalik munosabatlarini, 
umuman olganda, turkiy xalqlarga xos milliy-etnik qadriyatlarni tadqiq qilishda 
«Go’ro`g`li», «Alpomish» kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, rivoyatlar, 
marosim qo`shiqlari, matal va topishmoqlarning o’rni benihoyat kattadir. Yozma 
adabiyotdan avval paydo bo`lgan bu xalq durdonalari turli ijtimoiy qatlam vakillari 


hisoblangan kishilarning turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, urf-odatlari, ayniqsa, 
uzoq o`tmish davrlardagi ijtimoiy munosabatlar to`g`risida qimmatli ma’lumotlar 
beradi. Qolaversa, etnologik tadqiqotlar jarayonida o`tkazilgan tajriba qo`ni-qo`shni 
bo`lib yashagan xalqlarda ham ayrim hollarda tarixiy tafakkurning shakllanishi 
tubdan boshqa-boshqa bo`lishi mumkinligidan dalolat beradi. Ajdodlari 
ko`chmanchi yoki yarimko`chmanchilikda chorvachilik bilan shug`ullangan xalqlar 
hatto hozirgi kungacha o`zlarining ajdodlari shajarasini yaxshi bilishlari bilan birga 
ularning qaysi uruqqa va shu urug`ning qaysi shaxobchasiga mansubligi, ajdodlari 
qayerdan kelganligidan tortib ularning an’anaviy mashg`ulot turlarigacha biladilar. 
Bunday qimmatli manbalar ko`pincha og`zaki ijod orqali ajdodlardan avlodlarga 
o`tib saqlanib keladi. Xalq og`zaki ijodiga oid materiallar bugungi ulkan 
globallashuv va zamonaviy etnik jarayonlar ta’sirida jadal sur’atlar bilan yo`qolib 
bormoqda. Hatto yaqin kelajakda bunday manbalarning ayrimlari butkul yo`qolib 
ketish xavfi mavjud.
“Etnologiya”da tarix va etnomadaniyatni tadqiq qilishda 

Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə