Referat Psixologiya fanidan Mavzu : Temperament va uning tiplari Bajardi: Ergashev J. Tekshirdi


Temperament haqidagi tarixiy qarashlar



Yüklə 188,05 Kb.
səhifə2/3
tarix17.05.2022
ölçüsü188,05 Kb.
#87205
növüReferat
1   2   3
Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari

2.Temperament haqidagi tarixiy qarashlar.

Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning

temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi,

ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t ѐki safro (yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis ѐki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas «qora», chole «o‘t»), balg‘am (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:

1. O‘tning xususiyati - quruqlikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida

quruqlikni saqlab turish ѐki badanni quruq tutishdir.

2. Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib

turishdir.

3. Qora o‘tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan

namligini saqlab turishdir.

4. Balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning

vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora o‘t ustun bo‘lishi ta’kidlanadi. Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda.

Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o‘z hissasini qo‘shgan

olimlardan biri rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) hisoblanadi.

I.P.Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual

xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin,

degan xulosa chiqaradi. I.P.Pavlov ta’limoti bo‘yicha, shartli reflekslar

paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘ѐbga chiqishining sabablari

nerv sistemasini xususiyatlari mohiyatidandir. Unga ko‘ra quyidagi 3 ta

xususiyatni ajratib ko‘rsatadi:

1) qo‘zg‘alish va tormozlanish jaraѐnlarining kuchi;

2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlilik

darajasi;

3) qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi ѐki nerv

jaraѐnlarining harakatchanligi.

I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari

bilan temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o‘zaro

qo‘shiluvini nerv sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga

ajratadi. Ular quyidagilardan iborat.

1. Kuchli, muvozanatli, epchil;

2. Kuchli, muvozanatsiz, epchil;

3. Kuchli, muvozanatli, sust;

4. Kuchli, muvozanatsiz sust.

Yirik rus psixologlaridan biri B.M.Teplov (1896 - 1965) va uning

shogirdlari, maslakdoshlari I.P.Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jaraѐnlari xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular nerv-fiziologik jaraѐnlarning nozik hirralarini o‘rganishga maxsus moslamalar ѐrdami bilan o‘zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar. SHuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoѐndalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning osil bo‘lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta’riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo‘zg‘alish jaraѐni to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik deb atay boshlaganlar. SHuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo

Nerv sistemasining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza

yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta’limotini eslash maqsadga

muvofiqdir, chunonchi irsiyat yo‘li bilan shartlangan tip-bu genotip demakdir. Hozirgi davrda nerv sistemasining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog‘liq kanligi haqidagi ma’lumotlar, juda ko‘p bo‘lib, ular qiѐsiy jihatdan hayvonlarni o‘rganish natijasida topilgandir.

Temperamentning tipologiyasi mobodo insonlar temperamentlari

bo‘yicha qiѐslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o‘zaro o‘xshash

shaxslarning guruhi mavjudligi namoѐn bo‘ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to‘g‘risida materiallar to‘plangan. I.P. Pavlov ta’limoti bo‘yicha nerv sistemasi tiplarining va Gippokrat ta’limoti bo‘yicha temperamentning o‘zaro munosabatlari

Temperament tiplari Nerv sistemasining kuchi Nerv tizimining

Muvozanati Nerv tizimining ildamligi Xolerik Kuchli jo‘shqin Muvozanatsiz qizg‘in Serharakat Sangvinik Kuchli serharakat Muvozanatli Serharakat

Flegmatik Kuchli vazmin Muvozanatli Inert (sust) Melanxolik Kuchsiz Muvozanatsiz

Tormozli Serharakat ѐki inert Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig‘indisi (majmuasi) tushuniladi. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi quyidagicha aks etishi mumkin.

Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter

xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari ro‘y beradi. Temperament tiplariga mos xususiyatlarni muhimlari quyidagi jadvalda aks ettiriladi. Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga ѐki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va ѐrug‘lik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda qayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan o‘zoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z issiѐtlarining namoѐn bo‘lishini va o‘zining ixtiѐrsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiѐtlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. o‘tgan va kelajak haѐt haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashq taassurotlarga javob beradi.


Yüklə 188,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə