Rahbarlik psixologiyasining fundamental asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101053
1   2   3   4   5
rahbarlik-psixologiyasining-fundamental-asoslari (1)

2022 
№4
463 
kelmoqda. Boshqaruvning spesifik jihatga egaligi haqidagi fikrni davom ettirish psixologiya
xususan, boshqaruv psixologiyasining predmetli sohasini aniqlab olish imkonini beradi. Qator 
tahlillar asosida shunday xulosaga kelamizki, boshqaruvdagi psixologik hodisalarni uch asosiy 
guruhga kiritish mumkin: 

Boshqaruv subyekti – rahbar. 

Boshqaruv obyekti – xodim. 

Boshqaruv subyekti va ob’ekti o‘rtasidagi munosabatlar. 
Boshqaruvga oid psixologik hodisalarning bunday guruhlanishi shartli bo‘lib, ularning har 
birini tadqiq etish muqarrar tarzda qolgan ikkitasini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Xususan, 
rahbar shaxsi boshqaruv sub’ekti sifatida ko‘pchilik tadqiqotlarning asosiy mavzusiga aylanar 
ekan, uning har bir harakatida xodim nazarda tutiladi, va albatta, muayyan munosabat doirasida 
talqin etiladi. Hatto rahbarning o‘z shaxsini mukammalashtirishi yo‘lidagi faolligi ham ichki 
psixologik munosabat, o‘z –o‘ziga bo‘lgan munosabat sifatida ta’riflanadi. Boshqaruv mavzusini 
bunday cheklash, bir tomondan, psixologiya fani uchun o‘z predmetini aniqlash imkonini bersa, 
ikkinchi tomondan, boshqaruv ilmiga tamoman yangi qarashlarning shakllanishi bilan 
ifodalanadi. Xususan, boshqaruv va rahbar faoliyatiga fenomenologik yondashuv tarafdorlari 
taklif etgan g‘oya va fikrlar, darhaqiqat, psixologiya fanining nafaqat izlanish sohasi va 
yo‘nalishi, balki “nuqtasini” ifodalab bera oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Zamonaviy rahbar hayotiga bunday texnik vositalarning kirib kelishi boshqaruv 
professionalizmini takomillashtirishni texnologizatsiyalash masalasiga yangicha mazmun 
bag‘ishlaydi. Nazarimizda, har qanday soha kabi boshqaruvni professonallashtirish va rahbarlar 
professionalizmini yuksaltirish masalasi bundan keyin ham turli ilmiy yo‘nalishlar integratsiyasi 
va faolligi asosidagina hal etilishi mumkin bo‘lgan masaladir. 
XULOSA
Xulosa qilib aytganda boshqaruv muammosi psixologiya sohasidasida juda keng 
o‘rganilgan bo‘lib, ularda turlicha nazariyalar, konsepsiyalar, yondashishlar, pozitsiyalar
yo‘nalishlarga asoslangan holda tadqiq qilingan. Shu bilan birga, oliy ta’lim tizimi rahbar va 
lider bir shaxsda ifodalanishi ayni muddao hisoblanadi hamda rasmiy rahbar iloji boricha 
tashkilot maqsadlarini xodimlar manfaati bilan uyg‘unlashtirgan holda boshqaruv jarayonini 
tashkil etishi lozim. Aynan shu omil, ayniqsa, kasb sohasidagi yuqori malaka rahbarni liderlik 
darajasiga ko‘tarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə