Rahbarlik psixologiyasining fundamental asoslari


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix18.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101053
1   2   3   4   5
rahbarlik-psixologiyasining-fundamental-asoslari (1)

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Bunday qobiliyat va malakani esa maxsus ta’lim tadbirlari orqaligina rivojlantirish 
mumkin. Shu munosabat bilan, bugungi kunda boshqaruv sohasi, rahbar kadrlarni tayyorlash 
sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish o‘ta muhim masala sifatida o‘z natijasini kutmoqda. 
Ushbu sohadagi konkret natijalarga yo‘nalgan tadbirlar esa aynan pedagogika va psixologiya 
fani oldiga dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, turli boshqaruv sohalarida lavozimlarga 
rahbar kadrlarni tayinlashda munosib nomzodlarni tanlash, ularning boshqaruv salohiyati va 
qobiliyatini adolatli baholash zarurati doimo dolzarb masala bo‘lib kelgan. Aniqlangan qobiliyat 
va shaxs imkoniyatlarini rivojlantirish esa, yana bir muhim pedagogik va psixologik tadbir 
sifatida o‘z ahamiyatiga ko‘ra avvalgisidan qolishmaydi. Zamonaviy rahbarlarga xos bo‘lgan 
professional va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishda shaxsning xislat va fazilatlarini, uning 
tajribasi, mavjud bilim va malakasi hamda qobiliyatini integratsiyalash zarurati tug‘iladi. Axir 
pirovard maqsad – yaxlit, bir butun va o‘zaro muvofiqlashgan ichki tizimga ega bo‘lgan rahbar 
shaxsini shakllantirishdan iboratdir. 
TADQIQOT NATIJALARI 
Umuman olganda, boshqaruv tarixini boshqaruv sub’ekti va ob’ekti o‘zaro raqobatining 
rivojlanishi sifatida tasavvur etish mumkin. Bu raqobatda ob’ekt, ya’ni xodim doimo rahbardan 
o‘zishga intiladi, uning murakkab faoliyatini o‘zlashtirgisi va o‘z pozitsiyasini kengaytirib borish 
niyatida bo‘ladi. Rahbar esa, xodimni o‘z itoatida ushlash uchun boshqaruvning yangidan –yangi 
va murakkab uslublarini “o‘ylab” topadi va avvalambor, ilm hamda qonuniy vakolatlar asosida 
o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga intiladi. Bunday “bellashuvda” rahbar nafaqat g‘olib bo‘lishi, 
balki yutqazib qo‘ymasligi eng muhim boshqaruv shartidir. Buning uchun esa rahbar boshqaruv 
sohasida yuksak mahoratga erishishi, professionalizmning yuqori darajasiga chiqishi lozim. 
Boshqaruvni raqobat sifatida qabul qilish albatta boshqaruv mohiyatidan chetlashish bo‘lardi. 
Har holda boshqaruvning asosiy maqsadi tashkilot maqsadlariga xodimlar yordamida erishish 
ekan, raqobatdan ko‘ra hamjihatlik va hamkorlikka suyanish anchagina o‘rinli. Demak, bunda 
“raqobat” tushunchasidan ham murakkabroq hodisa, ya’ni xodimga ta’sir ko‘rsatish, unda 
xayrixohlik uyg‘otish va uni hamkorlikka chorlash masalasi yetakchi o‘ringa chiqadi. 
MUHOKAMA 
Nazarimizda, rahbar faoliyatini tahlil etuvchi ilmiy psixologik izlanishlarning aksariyat 
qismi aynan shu mavzuga tegishli. Bunda rahbarni eng mukammal shaxs sifatida namoyon 
bo‘lishi uchun yordam beruvchi kouching texnologiyalardan tortib, jamoani ahil komandaga 
aylantirish treninglarigacha to‘xtalib o‘tish mumkin. Zamonaviy boshqaruvga e’tibor berilsa, 
bugungi tashkilotda eng ishonchli va itoatkor boshqaruv ob’ekti sifatida faqatgina ofisdagi 
moslama va uskunalarni sanab o‘tish qoldi. Bevosita boshqaruv ob’ekti sifatida tushuniluvchi 
xodimlar esa murakkab boshqaruv jarayonining “ehtimoliy” elementiga aylangan. Mana shu 
“element” bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lish, doimo uni maqsad sari undash va bir og‘iz so‘z bilan 
aytganda, bugungi boshqaruv samarasi, asosan, rahbarning psixologik uquviga bog‘liq. 
Boshqaruvni yanada mukammallashtirish borasidagi izlanishlarning ko‘lami shunchalik kengki, 
ular bir qaraganda faqat bir mavzu atrofida jamlanib, o‘ta birikib ketgan ko‘rinsa-da, lekin 
ularning rang-barangligi boshqaruv ilmida o‘zaro ziddiyatli g‘oyalarning paydo bo‘lishiga olib 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə