R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə22/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Davlat ramzlarining qabul qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida
ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida
8 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda
berilgan.
1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 12 moddadan iborat
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Har bir mustaqil davlatning asosiy belgilaridan biri – milliy valyutasidir.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini ko‘lga
kiritib o‘zining milliy valyutani muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq bu jarayon uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O‘zbekiston 1991- 1993- yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham Shunga mos ravishda tushib bordi.
O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m – kupon nusxalari tayyorlanadi. Nihoyat, 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan
«O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 1994- yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valyutasi- so‘m muomalaga chiqarilgan.
Muomalaga 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik, 1997- yil 1-martdan
200 so‘mlik, 2000 yil 1 iyuldan 500 so‘mlik, 2001 yil 1 sentyabrdan 1000 so‘mlik
banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə